R у = (BF : F аа ) x 100%
Bu yerda: R у – ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi; BF – balansdagi foyda (soliqqa tortilgunga qadar);
F аа – asosiy ishlab chiqarish fondlari va normalashtirilgan aylanma mablag‘- larning yillik o‘rtacha qiymati.
Fond qaytimi ko‘rsatkichi XYuS asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligining darajasini ifodalaydi va u quyidagicha aniqlanadi:
F к = (T : F аич ) x 100%
Bu yerda: F к – fond qaytimi;
T – sotishdan olingan sof tushum; F аич – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yillik o‘rtacha qiymati.
Fond sig‘imi fond qaytimiga nisbatan teskari ko‘rsatkich hisoblanadi va bir so‘mlik realizatsiya qilingan mahsulotga to‘g‘ri keluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymatini ko‘rsatadi.
Shuning uchun bu ko‘rsatkichni quyidagicha aniqlash mumkin:
F с = (F аич : T) x 100%
Bu yerda: F с – fond sig‘imi;
F аич – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yillik o‘rtacha qiymati;
T – realizatsiyadan olingan sof tushum.
Dastgohlar yoki asbob-uskunalar ishlashining smenalik koeffitsiyenti ulardan foydalanish va ularning yuklanganlik darajasini ifodalab, yil, chorak, oy va kun davomida har bir birlik dastgoh yoki asbob-uskunalarning necha smenada ishlaganligini ko‘rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi:
K с = H к : D у yoki K с = H c : Smax
Bu yerda: K с - smenalik koeffitsiyenti;
H к - kun davomida haqiqatda ishlagan dastgoh
(mashina)/soatlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |