Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
XYuSning boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalaniladigan resurslarning pul qiymati XYuSning xarajatlari deyiladi
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
XYuSning boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalaniladigan resurslarning pul qiymati XYuSning xarajatlari deyiladi.
“Xarajatlar” tushunchasi “tannarx” tushunchasiga nisbatan kengroq hisoblanadi. Chunki tannarx umumiy xarajatlarning bir qismini (oddiy takror ishlab chiqarish xarajatlarini) o‘zida aks ettiradi. Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi mahsulot (ish va xizmat)ni ishlab chiqarish (ko‘rsatish) jarayonida foydalaniladigan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish boshqa xarajatlarining qiymatiy bahosidan iborat. Amaliyotda “mahsulotning umumiy tannarxi” va “mahsulot birligining tannarxi” tushunchalari mavjud. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, umumiy ovqatlanish, qurilish va b.) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi tarkibiga xarajatlarni aks ettirish (kiritish)ning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Tannarxga kiritiladigan xarajatlarning tarkibi, bir tomondan, hayotga tatbiq etilayotgan soliq siyosatiga va ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning ahvoli (holati) va tarkibiy tuzilishiga bog‘liq. XYuS faoliyatining shart-sharoitlari va yo‘nalishlariga bog‘liq ravishda xarajatlar quyidagi ikki yirik guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlar; sotishdan tashqari xarajatlar; Ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar tarkibiga, odatda, quyidagilar kiritiladi: mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish, tovar (ish, xizmat, mulkiy huquq)larni sotib olish va sotish xarajatlari; 266
Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi nimalarni oldindan aniqlab (belgilab) beradi? Aylanma kapital nimani o‘zida ifodalaydi va u XYuS balansining qanday nomlangan bo‘limida aks ettiriladi? Aylanma kapital qanday guruhlarga bo‘linadi? Aylanma kapital qanday funksiyalarni bajaradi va ularni qanday shakllarda amalga oshiradi? Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funksional jihatdan qanday ikki tashkil etuvchi belgilab (aniqlab) beradi? Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum shakllariga nimalar kiradi? Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi muomala fondlarining tarkibini aytib bering. Aylanma mablag‘lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirish manbalari nimalardan iborat? Aylanma mablag‘lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirishning o‘z manbalari tarkibiga nimalar kiradi? O‘z mablag‘lariga tenglashtirilgan manbalarni aytib bering. Qarz mablag‘lar tarkibiga nimalar kiradi? Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini xarakterlovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar nimalardan iborat va ular qanday aniqlanadi? Sof aylanma kapitalni qanday aniqlash mumkin? Sof aylanma kapitalni boshqarishning natijaliligini nima xarakterlab beradi va u qanday aniqlanadi? Aylanma mablag‘larni boshqarishda ularni likvidlik darajasi bo‘yicha strukturizatsiya qilish maqsadlari uchun likvidlilikning qanday ko‘rsatkichidan faol foydalaniladi va ularni aniqlash tartibi qanday? Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning samaradorligi qanday omillarga bog‘liq? Aylanma kapitalni norma (me’yor)lashtirish deyilganda nimalar tushuniladi va unga ko‘ra aylanma mablag‘lar qanday guruhlarga bo‘linadi? Norma (me’yor)lashtiriladigan aylanma mablag‘larning tarkibiga nimalar kiradi? Norma (me’yor)lashtirilmaydigan aylanma mablag‘larning tarkibi nimalardan iborat? Moddiy aylanma mablag‘larni rejalashtirishning asosini nima tashkil etadi? Aylanma mablag‘larni norma (me’yor)lashtirish jarayoni qanday bosqichlardan iborat? Ishlab chiqarish zaxiralarining me’yori(normasi) nimalardan iborat va u, eng avvalo, nimalarga bog‘liq? Me’yor nimalarga nisbatan o‘rnatiladi (belgilanadi)? Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslashtiriladigan aylanma mablag‘lar normativining formulasi qanday ko‘rinishga ega? Xususiy normativlar qanday omillarning hisoblanishi natijasida vujudga keladi? Yig‘ma (jamlangan) normativ qanday hosil bo‘ladi? Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha zaxiralarning kunlik (kundagi) normasi qanday zaxiralar summalarini inobatga olib o‘rnatiladi (belgilanadi)? Transport zaxirasining mazmunini tushuntirib bering. Tayyorlov zaxirasi nimalarga bog‘liq? Texnologik zaxira nima va u qanday normalar asosida hisoblanadi? Zaxiraning kunlardagi normasi qanday summalarning yig‘indisidan iborat? Tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish qanday ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshiriladi va u qanday formula yordamida aniqlanadi? Ishlab chiqarish siklining davomiyligi (uzoqligi) nimalar bilan belgilanadi? Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling