Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag‘lar; davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish chog‘ida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag‘lar; Jamg‘armaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar. Jamg‘armaning mablag‘lari uning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida xorijiy valyutada shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Jamg‘arma hisobvaraqlariga tushgan mablag‘larni ular tushgan kuni amalda bo‘lgan Markaziy bankning almashuv kursi bo‘yicha chet el valyutasiga konvertatsiya qiladi va Jamg‘armaning valyuta hisobvarag‘iga o‘tkazadi. Soliq va to‘lovlarning ayrim turlari bo‘yicha mablag‘larni Jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jamg‘arma mablag‘lari tushumi manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari har yili belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritiladi va Jamg‘arma balansida aks ettiriladi. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi: avvalo yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik, rangli metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa 523
yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritadi (korxona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda); O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo‘yicha va Iqtisodiyot vazirligi buyurtmanomalariga binoan ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grantlar hamda foizsiz kreditlar beradi, ajratilgan kreditlar miqdori keyinchalik loyihaning umumiy qiymatiga va loyiha Jamg‘arma kreditini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshirilgan taqdirda, ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qo‘shiladi; yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bo‘yicha imtiyozli kreditlar beradi; moliyalashtirish shartlari va Jamg‘arma mablag‘larini qaytarish mexanizmi to‘g‘risida imzolanadigan bosh bitimlar asosida, har bir tijorat banki uchun har yili belgilanadigan limitlar doirasida tijorat banklarini moliyalashtirishni amalga oshiradi; Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi va tijorat banklariga berilgan mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan doimiy ravishda monitoring olib boradi hamda kelib tushish manbalari va ulardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘larining hisobini yuritadi; tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan operatsiyalar to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotni olish huquqiga ega bo‘lgan holda, tijorat banklari va qarz oluvchi korxonalar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini o‘rganadi. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshiradi; Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘radi yoki belgilangan tartibda takliflar kiritadi; 522
Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling