Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Sug‘urta syurveyerlari, aktuariylari, adjasterlari va
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
24.4. Sug‘urta syurveyerlari, aktuariylari, adjasterlari va
assistanslari Sug‘urta bozorining jadal rivojlanishi, sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyojning yil sayin oshib borishi tufayli bozorning sug‘urtalovchilar hamda ularning mijozlari bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan sug‘urta syurveyerlari, aktuariylar kabi yangi muassasalarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Syurveyer inglizcha “surveyor” so‘zidan olingan bo‘lib, bu tushuncha O‘zbekiston sug‘urta bozorida 1997-yildan qo‘llanilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 618-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi Nizom”da sug‘urta syurveyerining vakolatlari, huquq va majburiyatlari o‘z ifodasini topdi. Shu yili O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi va unda sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari qatori sug‘urta syurveyerlari faoliyat yo‘nalishlarining huquqiy asoslari mustahkamlandi. Mazkur qonunning 96 va 97-moddalarida sug‘urta syurveyerining huquq va majburiyatlari aniq ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: Sug‘urta syurveyeri quyidagilar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, o‘z shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va malakaga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir: sug‘urta shartnomasi tuzilguniga qadar sug‘urta obyektini ko‘zdan kechirish va tekshirish; sug‘urta shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini aniqlash; tekshirilayotgan sug‘urta obyekti bo‘yicha xulosa tuzish. Sug‘urta ekspertizasini o‘tkazishga vakolatli mutaxassislarning (ekspertlarning) ish tartibi sug‘urta syurveyeri tomonidan belgilanadi. Sug‘urta syurveyeri o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi. Sug‘urta syurveyeri: sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari o‘tkazishga; sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga; sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas. Sug‘urta syurveyeri ishining natijalari bo‘yicha hisobot taqdim etiladi, sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi) bu hisobotdan sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzish chog‘ida foydalanishi mumkin. Sug‘urta syurveyerining hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Sug‘urta syurveyeri: xizmatlar ko‘rsatiladigan sug‘urtalovchini (sug‘urta qildiruvchini) erkin tanlashga; sug‘urta obyektini o‘rganish uchun sug‘urta qildiruvchidan (sug‘urtalovchidan) zarur axborotni so‘rash va olishga; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati sug‘urta obyektlariga daxldor bo‘lgan boshqa tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olishga haqli. Sug‘urta syurveyeri qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Sug‘urta syurveyeri: sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; sug‘urta ekspertizasi o‘tkazish uchun taraflar taqdim etgan hujjatlarning saqlanishini ta’minlashi; mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashi shart. Sug‘urta syurveyeri zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimiz sug‘urta bozorida bir nechta syurveyer tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. “Aktuar” atamasi “aktuariy” tushunchasi bilan uzviy bog‘langan va inglizcha «actuaru», lotincha «actuarmus» so‘zlaridan olingan bo‘lib, hisobchi, tez yozuvchi degan ma’nolarni anglatadi. Aktuariyning asosiy vazifalaridan biri u sug‘urta turlari bo‘yicha tarif stavkalarini hisoblash usullarini ilmiy jihatdan asoslab beradi. Ma’lumki, sug‘urta tariflari sug‘urtalovchilarning moliyaviy jihatdan barqaror faoliyat ko‘rsatishlarida muhim omil bo‘lib hisoblanadi. 617 Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i105
Hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha tarif stavkasi va sug‘urta summasini hisoblashda, sug‘urta hodisalari sodir bo‘lish ehtimolini aniqlashda hayotiylik jadvali muhim o‘rin tutadi. Ushbu jadval ilk marta angliyalik olim Galley tomonidan 1693-yilda yaratilgan va e’lon qilingan. Hayotiylik jadvali turli demografik ko‘rsatkichlar joylashgan ustunlardan iborat bo‘lib, aholi statistikasi ma’lumotlari asosida tuziladi. Hayotiylik jadvali ma’lumotlari asosida insonlarning qancha yoshgacha yashash ehtimolini aniqlash mumkin. Statistik qonuniyatlar o‘lim hodisasi ro‘y berish ehtimolini inson yoshiga bog‘liqligini tasdiqlaydi. Bola dunyoga kelgandan keyin uning dastlabki yillarida o‘lim hodisasi yuz berishi ko‘payishi, so‘ngra 640 kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etishi va sug‘urta shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sug‘urta polisi asosida sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) zarur yordam ko‘rsatishi; sug‘urta hodisalarini ko‘rib chiqish va tartibga solish chora- tadbirlarini ko‘rishi shart. Assistans zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda respublikamizda “Bovar Service”, “Global Assist”, “Insurance Assist Group”, “O‘zbekinvest Assistans” assistans xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling