Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasi 2-bandida ish beruvchining qator majburiyatlari, shu jumladan, uning ushbu qonunga muvofiq o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash majburiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘laqonli amalda bo‘lishini 653 haqiga qo‘shimcha ravishda xodim olgan jarohat darajasiga qarab belgilangan oylik foiz, jarohat olishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, shuningdek, nafaqa ko‘rinishidagi bir marotabalik to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovdan iborat. Bir marotaba to‘lanadigan nafaqa hajmi jamoa shartnomasida, agar shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakolatli organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda jarohat olgan xodimga to‘lanadigan bir martalik nafaqa hajmi jarohatlangan shaxsning bir yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi, halok bo‘lgan xodimning oila a’zolariga beriladigan nafaqa hajmi esa halok bo‘lgan xodimning 6 yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak. Shu munosabat bilan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” Qonun barcha ish beruvchilarga ularning xodimlari xizmat burchini o‘tayotgan paytda hayoti yoki salomatligiga ziyon yetgan taqdirda majburiy tarzda sug‘urta himoyasini taqdim etishni nazarda tutadi. Qonun xodimlarning xizmat burchini o‘tayotgan paytda hayoti yoki salomatligiga ziyon yetishi yoki kasb kasalligiga uchrashi, halok bo‘lishi yoxud kasb kasalligi oqibatida vafot etishi bois ish beruvchining javobgarligi yuzaga kelgan hollarda sug‘urtalovchilar tomonidan davriy va bir martalik to‘lovlarni to‘lash uchun zarur mablag‘larni to‘lashni ta’minlovchi tizim uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Sug‘urtaning ushbu turining majburiyligi, birinchi navbatda, mamlakatning barcha ish beruvchilarini qamrab olish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida, sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha eng kam sug‘urta tariflarini qo‘llashga imkoniyat yaratadi. Mohiyatan, majburiy sug‘urtaning bu turi mamlakat ish beruvchilari o‘rtasidagi jabr ko‘rgan ish beruvchilar ko‘rgan zararlarni qoplash uchun mo‘ljallangan mablag‘larni qayta taqsimlash mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu mexanizm, birinchi navbatda, jabr ko‘rgan xodimlarga yetkazilgan zararlarni qonunda belgilangan sug‘urta summasi doirasida qoplash kafolatini ta’minlaydi. Ikkinchidan, majburiy sug‘urta ish beruvchi o‘zining jabr ko‘rgan xodimiga zarar qoplab berilganda ham moliyaviy barqarorligi saqlanib qolishi va ish beruvchining faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi eng maqbul usul bo‘lib qoladi. 652 qilish to‘g‘risida”gi Qonunida112 va Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 24-iyundagi 141son qarorida113da atroflicha qayd etib o‘tilgan. “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasida majburiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan: “transport vositalaridan foydalanilayotganda jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararning o‘rni ularga ushbu Qonun talablariga muvofiq kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish orqali kafolatli qoplanishini ta’minlash; ushbu Qonunga muvofiq sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlar olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning ayrim toifalarini qo‘llabquvvatlash tizimini mazkur siylovlarni kompensatsiya qilish orqali moliyaviy jihatdan ta’minlash; majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shu jumladan majburiy sug‘urta shartnomalari, sug‘urta hodisalari, sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar shaxsiga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek‚ mazkur ma’lumotlar sug‘urtalovchilar va To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan sug‘urta siri to‘g‘risidagi talablar ta’minlangan holda ayirboshlanishini tashkil etish; ushbu moddaga muvofiq To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha uning faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash”114. Jamg‘arma tashkil etilgan paytdan boshlab o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishi natijasida jabrlanuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqish va to‘lovlarni amalga oshirish tartibini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqdi. Mazkur hujjatlar jamg‘arma tomonidan tegishli arizalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish imkoniyatini berdi. Qonunga muvofiq, sug‘urtalovchiga nisbatan bankrotlik tartibtaomili qo‘llanilganda, jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxs noma’lum bo‘lganda va foydalanilayotganda zarar yetkazgan transport vositasining egasi o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini bajarmaganda jamg‘arma tomonidan kompensatsiya to‘lovlari amalga oshiriladi. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining asosiy vazifalaridan yana biri amaldagi qonunchilikka asosan sug‘urta mukofotlarini to‘lashda siylovlar berilishi belgilab qo‘yilgan shaxslar tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta mukofotlari summasining 50 foizini sug‘urtalovchilarga to‘lash hisoblanadi. “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga ko‘ra quyidagi shaxslar sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlar olish huquqiga quyidagilar ega118: -1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar; -1941-1945-yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari; -konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari; -harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi; -Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar; -pensionerlar; -nogironlar. Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urta qildiruvchi sug‘urta tashkiloti va uning joylardagi vakillariga majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ariza-anketani 118 “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008 yil 17-son. jarohat olgan, kasb kasalligi yoki xizmat burchini bajarayotgan vaqtida salomatligiga ziyon yetgan fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi hududida ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha tegishli ruxsatnomaga ega sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 177-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish Qoidalari”da o‘z ifodasini topgan. Majburiy sug‘urtalash qoidalari ushbu sug‘urtani amalga oshirish vakolatiga ega barcha sug‘urtalovchilar uchun bir xilda amal qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bugungi kunda xizmat burchini bajarayotgan paytida jarohat olgan xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ko‘zda tutadi. Mehnat kodeksi ish beruvchining xodimga yetkazilgan ziyon uchun javobgar ekanini belgilagan. Ma’lumki, Mehnat kodeksining 189-192 moddalariga binoan ish beruvchi olgan jarohati, kasb kasalligi yoki mehnat jarayoni bilan bog‘liq ravishda sog‘ligiga yetgan zararni, shuningdek, boquvchini yo‘qotganlik uchun yetgan zararni o‘rnatilgan tartibda to‘liq qoplashi shart. Ko‘rinib turibdiki, xizmat burchini bajarayotgan paytda jarohat olgan xodimlarni moddiy jihatdan himoyalash ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Xodimning xizmat burchini bajarayotgan paytda olgan jarohati uchun ish beruvchi javobgar hisoblanadi. Shu bilan birga, ish beruvchi qoplashi zarur bo‘lgan zarar hajmi ish beruvchining moliyaviy imkoniyatlariga doimo ham mos kelavermaydi yoki ish beruvchining moliyaviy holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki, ish beruvchi qoplashi kerak bo‘lgan zarar hajmiga bir vaqtda va har oyda to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlari ham kirishi mumkin. Masalan, Mehnat kodeksining 190-moddasiga binoan xodimning sog‘ligiga yetgan zarar uchun qoplanishi kerak bo‘lgan mablag‘ xodim jarohat olgan vaqtga qadar olgan o‘rtacha oylik ish 651 boshlangan sud muhokamasi to‘g‘risida darhol xabar qilishi, zarar yetkazilishi holatlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni va vakolatli organlardan olingan, sug‘urta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni sug‘urtalovchiga taqdim etishi; zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi kerak. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling