Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish


Download 1.86 Mb.
bet231/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish – davlat tomonidan xorijdan va ichki mablag‘ni jalb qilish, respublika byudjeti mablag‘larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va qonunga muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat byudjeti mablag‘larini byudjetlar o‘rtasida qayta taqsimlash – 1) quyi byudjetlarga yuqori byudjetlardan byudjet subventsiyalari va dotatsiyalari berish; 2) byudjet ijrosi jarayonida paydo bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larni yuqori byudjetdan quyi byudjetga, shuningdek, quyi byudjetdan yuqori byudjetga yo‘naltirish; 3) byudjet ssudalarini ajratish bilan qayta taqsimlanadi. Respublika byudjetidan byudjet subventsiyalari va dotatsiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlariga tasdiqlangan Davlat byudjeti doirasida ajratiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlaridan byudjet subventsiyalari va dotatsiyalari tumanlar hamda shaharlar byudjetlariga tegishli tasdiqlangan byudjetlar doirasida ajratilishi mumkin. ko‘rinishlari bozori. Birlamchi moliyaviy bozorda yangi qimmatli qog‘ozlar chiqariladi, ikkilamchi moliyaviy bozorda esa, oldin chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning qayta sotilishi sodir etiladi.
Moliyaviy nazorat - moliyaviy boshqaruv tizimining elementlaridan biri, barcha iqtisodiy subyektlarning (davlat, hududiy-ma’muriy bo‘linmalar, korxona va tashkilotlar) moliyaviy faoliyati moliyaviy-xo‘jalik qonunchiligiga rioya etilishi, amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqli, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining iqtisodiy samaradorligi ustidan amalga oshiriladigan qiymatiy nazoratning alohida sohasi.
Moliyaviy mexanizm – moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning davlat tomonidan o‘rnatilgan shakllari, turlari va metodlari tizimi. Davlat tomonidan tartibga solishning darajasiga bog‘liq ravishda ikkiga bo‘linadi: direktiv moliyaviy mexanizm va tartibga soluvchi moliyaviy mexanizm. Direktiv moliyaviy mexanizm davlat bevosita ishtirok etadigan munosabatlar (soliqlar, davlat krediti, byudjet jarayoni va boshqalar) bilan bog‘langan. Tartibga soluvchi moliyaviy mexanizm esa, davlatning manfaatlariga to‘g‘rida-to‘g‘ri ta’sir etmaydigan moliyaviy munosabatlardan (masalan, korxona ichki-xo‘jalik faoliyatini tashkil etish) foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab (aniqlab) beradi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling