Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet230/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Davlat byudjeti daromadlari – davlat byudjetiga jalb qilinadigan soliqli va nosoliqli mablag‘lar; amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari. O‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: 1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar, shuningdek majburiy to‘lovlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa tushumlar; 2) davlatning moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotishga berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek xorijiy davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Davlat byudjeti xarajatlari – davlat pul mablag‘lari fondini taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar; davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari funksiyalari va vazifalarini moliyaviy jihatdan ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari. Tarkibi quyidagilardan iborat: 1) byudjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari; 2) joriy byudjet transfertlari; 3) kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, xorijiy mamlakatlarda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun erga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat zaxiralarini vujudga keltirish va boshqalar); 4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari; 5) rezident yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga beriladigan byudjet ssudalari; 6) davlat maqsadli fondlariga beriladigan byudjet ssudalari va dotatsiyalari; 7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar; 8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling