Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy ko‘rinishi
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
XYuSlar moliyaviy resurslarining mazmuni va shakllarini tushuntirib bering. XYuS vositalarining “pul shakli” va “pul qiymati” tushunchalari o‘rtasida qanday farqlar mavjud? XYuSning kapitali deganda nima tushuniladi? Kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari nimalardan iborat? Takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo‘lishi mumkinmi? Tijorat XYuSlarning moliyaviy resurslari dastlab nimalar hisobidan shakllantiriladi? Tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom etttirishni ta’minlovchi qanday pul mablag‘lari fondlariga bo‘linadi? Amortizatsiya ajratmalari fondi XYuSlar moliyaviy resurslarining tarkibiy tuzilmasida qanday rol o‘ynaydi? XYuS moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foydaning o‘rni qanday?
Tijorat XYuSlarning moliyaviy resurslari qanday manbalardan tashkil topadi?
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini formula orqali qanday tasavvur etish mumkin? Pul (P*) go‘yo to‘g‘ridan-to‘g‘ri puldan (P) hosil qilinganda moliyaviy samaradorlikni aniqlash formulasi qanday ko‘rinishni oladi? Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYuS tomonidan olingan daromad tarkibiga nimalar kiradi? Real sektor XYuSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga qanday ko‘rsatkich javob beradi? XYuSning iqtisodiy rentabelligi yoki biznesning rentabelligi qanday aniqlanadi? XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilishda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi? Sof moliyaviy ko‘rsatkichlar qatoriga qanday koeffitsiyentlarni kiritish va ular yordamida XYuSning qobiliyatini qanday baholash mumkin? Absolyut likvidlik, muddatli likvidlik va joriy likvidlik koeffitsiyentlari qanday aniqlanadi? 240 kreditorlik qarzlari ko‘rinishlarida jalb qilingan qarz kapitaldan foydalanish ular jalb qilingunga qadar erishilgan rentabellik darajasidan ko‘ra yuqoriroq bo‘lgan rentabellik darajasiga erishishni ta’minlasagina samarali bo‘lishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, XYuSdan qarz mablag‘larni yanada samaraliroq foydalanish imkonini beruvchi biznes-loyihalarni ishlab chiqishni talab qiladi. Faqat shu holdagina moliyaviy leverij yoki moliyaviy dastak samarasi vujudga kelishi mumkin. Rentabellikning yangi darajasi XYuS kreditdan foydalanganligi uchun bank kreditining foizini va qaytarilish muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlari uchun to‘lov (penya)larni to‘lashni yyetarli darajada (hatto ancha oshgan holda) qoplashi kerak. Qarz mablag‘lardan foydalanish XYuSning maksimal qo‘shimcha foyda olishini ta’minlamog‘i lozim. Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy ko‘rinishi quyidagi chizmada keltirilgan: 9.3.2-chizma. Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy ko‘rinishi Biznesni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida kapitalni to‘ldirishning barcha manbalaridan (kreditlar va kreditorlik qarzlaridan) maksimal foydalanishga moliyaviy faoliyatni yo‘naltiribgina qolmasdan, moliyaviy menejment makrodarajada ham moliyaning asosiy, ya’ni kompaniyaning barcha xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatini pul mablag‘lari bilan ta’minlash funksiyasini aniq bajarishi ham kerak. Agar ana shu prinsip amalga oshirilsa va moliyaviy xizmat hisob-kitob hisobvarag‘iga pullarning doimiy ravishda tushib turishini ta’minlasa, to‘lash muddati kelgan talabnomalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirsa, to‘lovlarning uzoq muddatli uzaytirilishiga yo‘l qo‘ymasa, bu XYuSning mustahkam moliyaviy ahvoli (holati) va sog‘lom to‘lovga qobilligining asosiy belgisidir. XYuSning to‘lov qobiliyati darajasini oshirish uchun debitorlik qarzlarini qisqartirish, moliyaviy resurslarning aylanishini tezlashtirish, ta’sirchan marketing strategiyasi va baho siyosatidan foydalanish, mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qisqartirish, ishlab chiqarishni boshqarishda yuqori samarali va innovatsion texnologiyalar hamda boshqaruvning zamonaviy samarali tizimlarini joriy etish bo‘yicha choralarning kompleks tizimi ishlab chiqilishi kerak. To‘lovga qobillik koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling