Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Progressiv chegirmalar
Raqobat savdolari orqali bahoni aniqlash usuli XYuSlarning pudrat uchun kurashuvi sharoitida qo‘llaniladi. Bunda XYuS raqobatchilarning kutilayotgan baho takliflarini hisobga oladi. U o‘zining oldiga shartnomani qo‘lga kiritishni Yoppasiga (ommaviy) sotib olishlar bahosi va baholarni tovarning sifati bilan uzviy bog‘langanligi strategiyalari ham amaliyotda qo‘llaniladi.
Baholarning har qanday strategiyasida, raqobatchilarning baholarini tahlil qila borib, XYuS o‘zi tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan chegirmalar tizimiga jiddiy e’tibor bermog‘i lozim. Jahon amaliyotida baholardan qilinadigan chegirmalarning 20ga yaqin turi mavjud. Masalan, “skonto” chegirmasining “3/12, netto 30” tartibida ifodalanishida to‘lov 30 kun ichida amalga oshirilishi kerak, agar sotib oluvchi to‘lovni dastlabki 12 kun ichida amalga oshirsa, u 3% kam to‘laydi, degan ma’noni anglatadi. Aylanma uchun bonus chegirmalari ham qo‘llaniladi. Aylanma sotuviga bog‘liq ravishda u doimiy sotib oluvchilarga nisbatan qilinadi. Progressiv chegirmalar sotib olishning sifati, hajmi va davriyligiga bog‘liq ravishda sotib oluvchiga taqdim etiladi. Tovarlarning almashtirilishi yoki shu bilan bog‘liq bo‘lgan chegirma shu firmadan oldin sotib olingan eski tovarni qaytarganligi uchun taqdim qilinishi mumkin. Tovarlar xorijga sotilganda eksport chegirmalari qo‘llaniladi. Funksional chegirmalar yoki savdo sohasidagi chegirmalar tovarlarning harakatlanishini amalga oshiruvchi xizmatlarga ma’lum bir funksiyalarni bajarganligi uchun beriladi. Maxsus chegirmalar ishlab chiqaruvchi manfaatdor bo‘lgan sotib oluvchilarga sotuvchi tomonidan taqdim etiladi. Yashirin chegirmalar sotib oluvchilarga tekin namunalar ko‘rinishida berilishi mumkin. Chegirmalarning oxirgi turiga shartnomalarda qayd etilmaydigan va og‘zaki kelishuvlarga muvofiq amalga oshiriladigan konfidensial chegirmalar ham kiradi. Ustamalar baholarni shakllantirishda chegirmalarga nisbatan kamroq qo‘llaniladi. Ularning qo‘llanilishi tovarlar sifatining ortishi, tovarlarning kreditga sotilishi va shu kabi omillar bilan bog‘liq. Tovarlarga nisbatan baholarni asoslash va baholarni shakllantirish strategiyasini samarali amalga oshirish uchun XYuS o‘zi faoliyat ko‘rsatadigan maqsadli bozorlarini58 aniqlab olmog‘i, 301 qilinmaydigan omillar talablarini hisobga olgan holda nazorat qilinadigan omillarni boshqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amaliyotda baholarni shakllantirishning yuqorida ko‘rib o‘tilgan xususiyatlarini inobatga oluvchi yoki olmaydigan baholar strategiyasining butun bir tizimi mavjud. Quyida ularning eng muhimlarini bayon etamiz. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling