Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING BAHO SIYOSATI VA BAHOLARNI
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
13-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING BAHO SIYOSATI VA BAHOLARNI
SHAKLLANTIRISH ASOSLARI, MARKETING STRATEGIYASINING MOLIYAVIY JIHATLARI 13.1. Baholarni shakllantirishning obyektiv asoslari Baho mohiyat jihatidan qiymatning puldagi ifodasi hisoblanadi. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida tovarning individual qiymati uning ijtimoiy qiymatiga aylanadi va uning miqdori mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari darajasi bilan aniqlanadi. Bozor qiymati, ijtimoiy qiymatdan farqli o‘laroq, faqatgina tovarni ishlab chiqarish darajasi bilan emas, balki uni sotish shartlari bilan ham belgilanadi. Bozor sharoitida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari va ijtimoiy foydalilik taqqoslanadi, ijtimoiy ishlab chiqarishning hajmi va tarkibiy tuzilmasining ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq (mos) kelishi aniqlanadi. Faqat ijtimoiy ehtiyoj va ijtimoiy foydalilik doirasidagina xarajatlar ijtimoiy zarur deb e’tirof etilishi mumkin. Shu munosabat bilan qiymat hosil bo‘lishining iqtisodiy chegaralarini shakllantirish ijtimoiy foydalilikning funksiyasiga aylanadi. Demak, bahoning asosi sifatida maydonga chiqadigan ijtimoiy zaruriy xarajatlar va qiymat murakkab jarayon natijasida vujudga keladi, o‘zlariga turli-tuman sharoit va jarayonlarning ta’sirini sinab ko‘radi. Shunga mos ravishda bahoning modeli ham oddiy yoki bir xil bo‘lishi mumkin emas. Tovarlar har doim qiymat va iste’mol qiymatining o‘zaro yaxlitligidan iborat. Tovarning iste’mol qiymatini tovarning qandaydir bir ehtiyojni qondirish qobiliyati sifatida tushunish qabul qilingan. Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib oluvchilarning talablarini qondirish maqsadida iste’mol va buning natijasida tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan foyda olish uchun amalga oshiriladi. Demak, past iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar past qiymatga ega bo‘ladi va aksincha, yuqori darajadagi iste’mol qiymati qiymatning ham yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham bahoni aniqlashda faqat tegishli ne’matni ishlab chiqarish xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, balki 281 O‘rnatilishi (belgilanishi)ga qarab baholarning qanday turlari mavjud? Qanday baholar qat’iy baholar deyiladi? Joriy baholar deyilganda nima tushuniladi? O‘zgaruvchan (“harakatchan”) baholar qanday baholardan iborat? Almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar qanday buyumlarga nisbatan o‘rnatiladi? Vaqt omiliga ko‘ra baholarning qanday tur (ko‘rinish)lari bo‘lishi mumkin? Qanday baholarga doimiy baholar deyiladi? Mavsumiy baholar qanday o‘rnatiladi? Qanday mahsulotlarning bahosi bosqichli baholarda belgilanadi? Baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq baholar qanday farqlanadi? Qanday baholarga ma’lumotnomaviy baholar deyiladi? Qayerlarda e’lon qilingan baholar preyskurant baholar deb ataladi? Qanday baholar hisob-kitobli baholardir? Bozor turi (ko‘rinishi)ga bog‘liq ravishda baholarning qanday turlari mavjud? Qanday baholarga auksion baholar deyiladi? Birja kotirovkalari deb nimaga aytiladi? Qanday baholar savdolar baholaridan iborat? Xududiy bozorlarga bog‘liqligini nazarda tutib baholarning turlari qanday farqlanadi? Yagona (yaxlit) baholar qayerlarda amal qiladi? Mintaqaviy baholar qayerlarda shakllanadi? Qanday baholar mahalliy baholar deyiladi? Bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bo‘yicha baholarning qanday turlari mavjud? Qanday baho bozor baholari deyiladi? Qat’iy baholar qanday baholardan iborat? Qanday baholar tartibga solinadigan baholar deb ataladi? Qanday buyumlarning bahosiga prestij (nufuzli) baholar deyiladi? 304
Amaliyotda ichki firmaviy (transfert) baholar degan tushuncha ham mavjud. Bunday baholar bir firmaning bo‘linmalari yoki bir assotsiatsiya tarkibida bo‘lgan bir necha firmalar o‘rtasida mahsulotlar sotilganda qo‘llaniladi. Baholarning yana bir turi bor. Ularning nomi tabaqalashtirilgan baholar deb yuritiladi. Bunday baholar tabiiy, hududiy va XYuSlarga bog‘liq bo‘lmagan boshqa mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlaridagi farqlar, shuningdek, mahsulotning sifatidagi farqlarga (navi, yangiligi va boshqa sifat belgilariga ko‘ra) bog‘liq ravishda bir xil mahsulotlarga o‘rnatiladigan turli ulgurji, sotib olish va chakana baholardan iborat bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar tabaqalashtirilgan baholardan iste’molchilarning turli guruhlari uchun foydalanadi. Bunda ishlab chiqaruvchi sotib oluvchilarning har bir guruhi uchun maksimal baholarni o‘rnatishga harakat qiladi. Bunday baho sotib oluvchining rezervlashtirilgan bahosi deyiladi. Rezervlashtirilgan bahoning sotib oluvchilar daromadlariga bog‘liq ravishda o‘rnatilishi bahoning ideal diversifikatsiyasi deb ataladi. Tabaqalashtirilgan baholar sotib olinayotgan tovarlarning miqdoriga bog‘liq ravishda ham o‘rnatilishi mumkin. Bunga muvofiq ravishda tovarlarning kichik partiyalari va bir martalik buyumlar uchun baholar yuqori, ular yirik partiyada sotib olinganda esa baholarning darajasi ancha pasaytirilishi mumkin. Baholarning har bir turi ularga tegishli bo‘lgan shakllantirish va foydalanish xususiyatlariga ega. Masalan, XYuSlarning ulgurji baholari sanoat tovarlarining turli guruhlariga tegishli bo‘lgan o‘ziga xos belgilar bilan xarakterlanadi. Energiya tashuvchilarning bahosi, o‘z navbatida, boshqalardan tashqari, resurslarni tejabtergash siyosatini amalga oshirishda muhim iqtisodiy richag bo‘lib hisoblanadi. Aniq baho o‘zida ma’lum bir elementlarni mujassam etadi. Ularning ahamiyati absolyut ifodalanishda bahoning tarkibi, birlikning qismi yoki foizlarda ifodalangan baho tarkibidagi har bir elementning salmog‘i esa bahoning tarkibiy tuzilmasi deb ataladi. Baholarning namunaviy tarkibiy tuzilmasi quyidagi formulada keltirilgan: Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling