Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Rentabellik va uni oshirish yo‘llari
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo‘yicha
12.3. Rentabellik va uni oshirish yo‘llari
XYuSning foydalilik darajasini aniqlash uchun rentabellik ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ular olingan foyda summasining sarf qilingan mablag‘larga yoki sotilgan mahsulotning hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning quyidagi ko‘rsatkichlaridan tez-tez foydalaniladi: sotuv (sotish) rentabelligi; bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bo‘yicha; • yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra; qo‘llanilish tartibiga muvofiq. Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo‘yicha baholar quyidagicha farqlanadi: ulgurji baholar; chakana baholar; sotib olish baholari; smeta qiymati; tariflar. XYuSlar tovarlarning yirik partiyasini sanoat, qishloq xo‘jaligi yoki boshqa XYuSlarga yoki ta’minot tashkilotlariga sotadigan bahosi ulgurji baho deyiladi. Savdo tashkilotlari tomonidan aholining shaxsiy iste’moli uchun kichik miqdorlarda sotiladigan ne’matlarga o‘rnatilgan baho chakana baho deb ataladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘z mahsulotlarini davlatga sotish sotib olish (yoki xarid) baholarida amalga oshiriladi. Smeta qiymatida qurilish mahsulotlari (binolar, inshootlar va b.)ning bahosi to‘lanadi. Yuklarni tashish, elektroenergiya, issiqlik, suv, sog‘liqni saqlash xizmatlari, mehmonxona, sayyohlik va boshqa xizmatlarning bahosi tariflar orqali ifodalanadi. O‘rnatilishi (belgilanishi)ga qarab baholarning quyidagi turlari mavjud: qat’iy baholar; joriy baholar; o‘zgaruvchan (harakatlanuvchan) baholar; almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar. Shartnomada qayd etiladigan va shu shartnomaga muvofiq ravishda mahsulotni yetkazib berishning barcha muddatlari davomida o‘zgarmaydigan baholar qat’iy baholar deyiladi. Joriy baho deyilganda shu davrda mahsulotni yetkazib berish amalga oshirilgan baho tushuniladi. Bunday baholar bir shartnoma doirasida o‘zgarishi mumkin va ular bozorning holatini o‘zida aks ettiradi. 285 muhim omili hisoblanadi, tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif o‘rtasidagi ma’lum bir nisbatning o‘rnatilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va shuning uchun ham u talab va taklifni muvozanatlashtirish (balanslashtirish) funksiyasi bilan uzviy bog‘langan. Baho funksiyalarining bunchalik ko‘pligi, ba’zan alohida olingan unga tegishli bo‘lgan funksiyalar maqsadlari va vazifalarining o‘zaro qarama-qarshiligi shunga olib keladiki, bahoning barcha funksiyalarini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin bo‘lmay qoladi. Ratsional va hatto, optimal baholar xususida gapirib turib, odatda uning bir funksiyasi yoki funksiyalarning shunday hamkorligini nazarda tutish kerakki, ular ma’lum darajada amalga oshgan bo‘lsin. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotida bahoning ayrim funksiyalari kamroq yoki ko‘proq yuklama bilan “ishlaydi”. Masalan, mahsulotni qiymat ifodasida ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni rejalashtirishda foydalaniladigan bahoning funksiyalari aralash iqtisodiyotda davlat sektoridagidek emas, balki unga nisbatan kamroq faollikda namoyon bo‘ladi. Shu munosabat bilan bu yerda baho barcha funksiyalarining bir-biri bilan o‘zaro bog‘langanligi va o‘zaro ta’sirchanligini, real hayot (amal)da bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan dinamik tizim sifatida namoyon bo‘layotganligini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling