Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet81/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Hisob-kitobli baholar individual buyurtmalar bo‘yicha noandazaviy asbob-uskunalarning shartnomalarida, bitimlarida qo‘llaniladigan baholardir. Bunday baholar mol yetkazib beruvchi tomonidan har bir aniq buyurtma uchun uning texnikaviy va tijorat shart-sharoitlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilinadi va asoslanadi.
Bozor turi (ko‘rinishi)ga bog‘liq ravishda baholarning quyidagi turlari mavjud:
    • auksion baholar;


    • birja baholari ( birja kotirovkalari);


    • savdolar baholari.


Sotib oluvchi tomonidan oldindan ko‘rib chiqilgan tovarlar partiyasi (loti)ga maksimal taklif qilingan daraja bo‘yicha ommaviy sotish bahosi auksion baholar deyiladi. Bunday baholar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi natijasida belgilanadi.


Birja orqali sotiladigan standartlashtirilgan (andozalashtirilgan) bir xil (toifa)dagi tovarlarning (shu jumladan, qimmatli qog‘ozlarning ham) bahosi birja baholari (birja kotirovkalari) deb ataladi.
Savdolar baholari ixtisoslashtirilgan savdo alohida shakllarining bahosidan iborat. Savdoning bu shakli maxsus hujjat (tender)da oldindan e’lon qilingan shartlarga ko‘ra tovarlarni yetkazishga buyurtmalar berish yoki ma’lum bir ishlarni amalga oshirish uchun pudratlarni olishga asoslangan bo‘ladi.
Hududiy bozorlarga bog‘liqligini nazarda tutib baholarning turlari quyidagicha farqlanadi:


Yagona (yaxlit) baholar mamlakatning barcha hududlarida amal qiladi. Ular davlat tomonidan o‘rnatiladi (belgilanadi) va tartibga solinadi.
Mintaqaviy baholar mamlakatning ayrim hududlarida shakllanadi. Bunday baholarning tarkibiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xomashyo, gaz, elektroenergiyaning baholarini kiritish mumkin.
287
O‘zgaruvchan (“harakatchan”) baholar shartnomada ma’lum bir shart asosida, masalan, shartnomani ijro etish payti (vaqti)da bozor bahosi o‘zgaradigan bo‘lsa (ko‘tarilsa yoki pasaysa), o‘zgartirilishi (qayta ko‘rib chiqilishi) mumkin deb qayd etilgan baholardan iborat.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling