Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
O‘zbekistonning moliyaviy siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
2.3. O‘zbekistonning moliyaviy siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida davlat o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarning mazmuni va talablaridan kelib chiqqan holda moliyaviy siyosatning mazmuni va shakllari ham o‘zgarib boradi. Masalan, Sho‘rolar moliyaviy siyosati o‘zining mohiyati jihatidan tom ma’noda mustamlaka davlatining moliyaviy siyosati edi. Shu sabab sobiq SSSR davrida yuritilgan moliyaviy siyosati O‘zbekiston Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Sobiq Ittifoq moliyaviy siyosatning yana bir o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, u davrda mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda moliyaviy siyosatning roliga yetarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng avvalo, iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlarning roli buzib ko‘rsatildi. Moliya va moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat mamlakat oldida turgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Uzoq davrga mo‘ljallangan konsepsiyalarni ishlab chiqishda iqtisodiy samaradorlik o‘rniga ko‘proq siyosiy g‘oyalarning asos qilib olinishi, shu bois iqtisodiy jihatdan kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko‘zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasida ayni davrda amal qilayotgan moliyaviy siyosatning mazmunini yaxshiroq tushunib olish uchun sobiq sho‘rolar davri hamda mustamlakachilikdan qutulgan davlatlarda moliyaviy siyosatning ayrim jihatlari haqida qisqacha axborot berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Siyosiy mustaqillikka erishgan davlatning iqtisodiy mustaqil davlatga aylanib ketishi o‘z-o‘zidan amalga oshib ketaveradigan hodisa emas. Lekin davlat, iqtisodiy, ayniqsa, moliyaviy mustaqillikka erisha olmasa, uni tom ma’noda mustaqil davlat, deb bo‘lmaydi. Mustamlaka zulmidan qutulgan davlatni moliyaviy qaramlik iskanjasida saqlab qolishdan manfaatdor kuchlar hamisha topiladi. Birinchi navbatda sobiq mustamlakachi davlat va undagi mustamlaka yurt iqtisodiyotini o‘z foydasiga ishlatib yotgan turli guruhlarda shunday intilish bo‘ladi. Masalan, XX asr boshida va ikkinchi jahon urushidan so‘ng Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida o‘nlab davlatlar mustaqillikka erishdi. Lekin siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgan davlatlarning asosiy qismi moliyaviy jihatdan avvalgi mustamlakachi davlatlarga qaramligicha qolaverdi. Mustamlakachi davlatlar esa sobiq mustamlakalari iqtisodiyotida o‘z nufuzlarini saqlab qolish, ularda moliyaviy mustaqillikka erishish uchun qilinayotgan xatti-harakatlarga zimdan zarba berish, ilm-fan rivojiga to‘sqinlik qilib, ishlab chiqarishning fan yutuqlari va yuqori intellektni talab qiladigan sohalari taraqqiyotini cheklash, ularni arzon ishchi kuchi va xomashyo mintaqalari sifatida saqlab qolish uchun turli vositalar o‘ylab topishdi. Masalan, rivojlangan davlatlar va yirik transmilliy kompaniyalar mahsulot sotish va xizmat ko‘rsatish xalqaro bozorini o‘zaro taqsimlab olishdi. Ular bu sohada tartib - intizom o‘rnatishdek olijanob g‘oya ostida turli xalqaro savdo-iqtisodiy tashkilotlar tuzishdi. Yosh, rivojlanayotgan davlatlardan birida har taraflama sifatli, bejirim mahsulot ishlab chiqarildi, deb faraz qilaylik. Jahon bozorining “xo‘jayinlari” yangi mahsulot egasiga ular bilan kelishmasdan, ya’ni daromadning ma’lum qismini birgalikda baham ko‘rmasdan, xalqaro bozorga chiqishga imkon bermaslikka harakat qila boshlashdi. Ba’zan siyosiy mustaqil, iqtisodiy rivojlanish darajasi baland davlatlarning moliyaviy mustaqillikni qo‘ldan boy berib qo‘yish hollari ham uchraydi. Bunday hodisa turli sabablarga ko‘ra yuz berishi mumkin. Masalan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Gonkong, Argentina, Rossiya kabi davlatlar 1997-1998-yillarda moliyaviy inqiroz holatiga tushib qolishdi va bu hodisa mazkur davlatlar moliyaviy mustaqilligiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayrim davlatlar, xalqaro moliyaviy idoralardan o‘nlab milliard dollar miqdorida qarz olishga majbur bo‘ldi va shu qarzni to‘lab qutilgunlariga qadar amalda mustaqil moliyaviy siyosat o‘tkazish huquqini yo‘qotishdi. Bu ro‘yxatga tushib qolgan Janubiy Koreya tezda avvalgi mavqeini tiklab olishga muvaffaq bo‘ldi. Negaki, koreys millatida vatanparvarlik va Vatanning istiqboli uchun fidoiylik juda kuchli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Koreya Respublikasida mamlakatning 73 miqdoriy ko‘rsatkichlarning tahlili bu sektorning taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Notijorat soha holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling