Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
4.3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish
Korxonalarning jamg‘armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag‘larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo‘lgan moliyaviy resurslar fondlarining o‘lchamiga bog‘liq. Mamlakatning iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo‘lsa, uning o‘sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta bo‘ladi. Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo‘ljallanganligi bilan bevosita bog‘liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham turlichadir. O‘zining sifat mazmuniga ko‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq: byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar – barcha darajalardagi byudjetlarning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi; tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xo‘jalik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi; nobyudjet moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilotlarining fondlarini shakllantiradi. Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat: qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida; nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qo‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi; boshqaruvchanlik – korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, G‘aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisobkitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida; nazorat-kuzatuv – korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi. 112 aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar va omonatlar bo‘yicha olinadigan daromadlar; notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashkilotlarining yordami asosida tuzilgan xo‘jalik jamiyatlarining faoliyatidan olinadigan daromadlar; tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning homiylik yordamlari; ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o‘zida tushib turishi mumkin bo‘lgan tushumlar; qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masalan, ko‘ngillilarning mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar (lotereyalar, auksionlar, ko‘ngilxushlik, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan kelgan tushumlar. Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilmasi turlichadir. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda xususiy xayriyalarning miqdori keyingi yillarda 1%dan (Yaponiyada) 20%gacha (AQShda) oraliqda bo‘lgan va o‘rtacha 11%ni tashkil etgan. Hukumat ajratmalarining salmog‘i esa 26%dan (Germaniya) 71%gacha bo‘lib, uning o‘rtacha darajasi 48%ga teng bo‘lgan. Notijorat tashkilotlarining o‘zlari tomonidan ishlab topilgan mablag‘larning salmog‘i 23%dan (Vengriya) 71%gacha tebranib, uning o‘rtacha darajasi 41% atrofida edi. Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tegishli qonunlari yordamida amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bevosita va bilvosita shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Notijorat sektorni davlat tomonidan bevosita qo‘llabquvvatlashning uch asosiy shakli mavjud: to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) byudjet investitsiyalari; • hamkorlikda moliyalashtirish; davlat ijtimoiy buyurtmasi. Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirish shaklidan ham, ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to‘lovlari va boshqa shunga o‘xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi. Bilvosita moliyalashtirishning asosiy ko‘rinishlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: soliq xarakteriga ega bo‘lmagan imtiyozlar; soliqlardan imtiyozlar; boshqa imtiyozlar. Soliq to‘lashda imtiyoz berish quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: xayriya qiluvchilar uchun imtiyozlar; homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar. Boshqa imtiyozlar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, yer maydonlarini ajratish; litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish; aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to‘lashda imtiyozli tariflardan foydalanish; va boshqalar. Davlat organlari notijorat tashkilotlarining faoliyatiga aralashish, agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kelayotgan bo‘lsa, xarajatlarning yo‘nalishiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling