Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


Download 1.64 Mb.
bet19/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar

  • Moliyaviy tizim deb nimaga aytiladi va unga nisbatan qanday ta’riflarni berish mumkin?

  • Moliyaviy tizim, dastlab, qanday sohalarga bo‘linadi?

  • Davlat moliyasi va mahalliy moliya qanday bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin?

  • Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi qanday bo‘g‘inlardan iborat?

4.2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari
Moliyaviy tizimni umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:

  • Prezident;

  • Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo‘yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tegishli qo‘mitalari;

  • Vazirlar Mahkamasi;

  • Hisob palatasi;

  • Moliya vazirligi va uning quyi, jumladan, G‘aznachilik tizimi organlari;

  • Markaziy bank;

  • Davlat soliq qo‘mitasi;

  • Davlat bojxona qo‘mitasi;

  • Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiya;

  • Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining ijroiya direksiyalari;

  • va boshqalar.

Mamlakat Prezidenti moliyaviy tizimning faoliyatini tartibga soladi, mamlakat byudjetini tasdiqlaydi, Parlament tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga “veto” qo‘yish huquqiga ega.
Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo‘lgan Oliy majlis soliqlar, yig‘imlar, soliq xarakteriga ega bo‘lmagan to‘lovlarni o‘rnatadi, davlat byudjetini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o‘zida davlat ichki va tashqi qarzining chegaralarini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetini ko‘rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi moliyaviy boshqaruvga oid quyidagi vazifalarni bajaradi:
107

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling