Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


Download 1.64 Mb.
bet27/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar

  • Moliyaviy rejalashtirishning mazmunini tushuntirib bering.

  • “Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasining tarkibiga nimalar kiradi?

  • Moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalarini aytib bering.

  • Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlarini tushuntirib bering.

  • Moliyaviy rejalarning qanday turlari (ko‘rinishlari) mavjud?

  • Strategik moliyaviy reja qanday savollarga aniq javob berishi lozim?

  • Joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalarini aytib bering.

  • Moliyaviy tizim alohida bo‘g‘inlarining nisbiy mustaqilligi nimalarni o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi?

  • Moliyaviy rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajalariga nimalar kiradi?

  • Balansda aks ettirilayotgan aholining pul daromadlari o‘zining manbasiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?

139

  • to‘g‘ri (bevosita) umumdavlat soliqlarini undirish yordamida;

  • taraqqiyot byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish jarayonida;

  • byudjet va markazlashtirilgan maxsus fondlarga soliqlar va to‘lovlar stavkalarini oshirilgan yoki kamaytirilgan tarzda qo‘llash yo‘li bilan;

  • davlat xarajatlarining normativlari miqdorini o‘zgartirish orqali;

  • moliyaviy intizomni buzganligi uchun jarimalar, penyalarni undirish natijasida.

Bularning barchasi, o‘z navbatida, takror ishlab chiqarish subyektlari daromadlarining darajasini va bozor konyunkturasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) o‘zgartiradi.
Tartibga solishning egri (bilvosita) shakllari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • davlat tomonidan egri (bilvosita) soliqqa tortish;

  • davlat joriy xarajatlarini amalga oshirish.

Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning aralash shakllari orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • mahalliy soliqlar;

  • byudjetga soliq xarakteriga ega bo‘lmagan to‘lovlar;

  • faoliyatning alohida turlari va tadbirlarni imtiyozli soliqqa tortish va imtiyozli moliyalashtirish;

  • davlat korxonalari va tashkilotlari fondlari hamda markazlashtirilmagan byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanish normativlari.

Davlat daromadlari va davlat xarajatlarining konkret turlari, ularni jalb (mobilizatsiya) qilish va taqdim etish metodlari masalaning tashkiliy tomonlari bilan birgalikda moliyaviy tartibga solishning usullarini o‘zida mujassam etadi. Mablag‘larni undirish (olish) va moliyalashtirishni taqdim etishning konkret prinsiplari bunday ta’sirning xarakterini aniqlab beradi. Va, nihoyat, moliyaviy qonunchilik va hokimiyatning vakolatli organlari moliyaviy tartibga solishni amalga oshirish uchun tashkiliy imkoniyatlarni ta’minlaydi. Moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qiymatni taqsimlash jarayoniga kirib borib, davlat moliyasi markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirishga ham faol ta’sir ko‘rsatadi. Bu narsa, o‘z navbatida, mablag‘larning individual doiraviy aylanishini ta’minlashga sharoit yaratib beradi.
Oxir-oqibatda moliyaviy tartibga solish, davlatning ta’sirini ta’minlashning boshqa shakllari (foizning darajasi, bojxona
138
bazasi va soliq stavkalarining ko‘p bolali oilalar, nogironlar va faxriylar uchun kamaytirilishi), o‘zining mohiyati jihatidan shu maqsadlar uchun davlat xarajatlarining ko‘paytirilishini anglatib, jamiyat tuzumining ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Korxonalarning taqsimlanmagan foydasi va aksiya egalariga to‘lanadigan dividendlarni soliqqa tortishda tabaqalashtirilgan holda yondashish ularning foydasidagi nisbatni o‘zgatiradi. Ularning birinchi qismiga tegishli bo‘lgan stavkalarning kamaytirilishi va bir vaqtning o‘zida ikkinchi qismining yuqoriroq stavkalarda soliqqa tortilishi o‘zini o‘zi moliyalashtirishning imkoniyatlarini oshiradi, uzoq muddatli istiqbolda esa hatto, kompaniya haqiqiy egalari tarkibining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Agar korporatsiya taqsimlanmagan foydasiga nisbatan soliqlar oshirilsa va dividendlarga nisbatan ular kamaytirilsa, teskari vaziyat vujudga kelishi mumkin. Mehnatga mo‘ljallangan xarajatlarning yuqori darajada soliqqa tortilishi ishlab chiqarish kapital sig‘imining oshirilishini foydali qilib qo‘ysa, korxona molmulkiga nisbatan soliqlarning o‘sishi esa xo‘jalik yurituvchi subyektlar kapital texnikaviy tuzilishining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Davlat boji bitimlarning sodir bo‘lishidan manfaatdor bo‘lgan u yoki bu shaxslar uchun yuridik xizmatlarning mumkinligini tartibga solishga imkon beradi. Bojxona bojlari esa milliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ular oshgan paytda tovarlar qimmatlashadi va tashqi savdo aylanmasi qisqaradi. Va aksincha, ularning pasaytirilishi va bekor qilinishi tashqi savdoning kengayishiga, baholar o‘sishining sekinlashuviga, ichki va dunyo bozorlarida raqobatning kuchayishiga olib keladi.
Davlat foydasiga mablag‘larni olish (undirish) va soliq to‘lovchilar xulq-atvorining motivatsiyasi o‘rtasidagi sababiy-oqibat aloqalarini (bog‘liqlikni) tahlil qila turib, shartli-doimiy (qat’iylashtirilgan) va shartli-o‘zgaruvchan soliqlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tmaslikning sira iloji yo‘q. Birinchi guruhga kiruvchi soliqlarning (korxonaning mol-mulkidan olinadigan soliqlar, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslardan olinadigan qat’iy soliq va boshqalar) iqtisodiy tavsifi tannarxning shartli-doimiy xarajatlari bilan bir xildir, ya’ni ularning miqdori ishlab chiqarish va sotuvning darajasiga bog‘liq emas. Yuridik shaxslar zimmasiga yuklangan jami soliq yuklamasidagi ularning salmog‘i faoliyat hajmining o‘sishiga proporsional ravishda pasayadi. Bu, bir tomondan, zararga ishlayotgan ishlab chiqarishlarning vayron bo‘lishini tezlatsa, ikkinchi tomondan, hayotchan sektorga qo‘shimcha erkinlik va afzallik ato etadi, ishbilarmonlik faolligi va kapitallarning kam samarali qo‘llanilayotgan sohalardan yuqori samarali qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sohalarga oqib o‘tishini rag‘batlantiruvchi omilga aylanadi36. Bundan tashqari, qat’iy soliqlarning undirilishi konkret ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy faoliyatining natijalariga bog‘liq bo‘lmaganligi uchun davlat byudjeti daromadlari ma’lum bir qismining to‘ldirilishini kafolatlaydi.
Shakllangan kapital strukturasiga nisbatan pul mablag‘larini shartli-o‘zgaruvchan tartibda umumdavlat fondiga olinishi konservativ bo‘lsa-da, biroq bu narsa soliq to‘lovchilarning ish faolligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langandir. Takror ishlab chiqarish subyektlarining faoliyati qancha samarali bo‘lsa, ulardan undirilishi lozim bo‘lgan shartli-o‘zgaruvchan soliqlarning (masalan, foydadan olinadigan soliqning miqdori) miqdori shuncha yuqori bo‘ladi. Agar bu soliqlarni undirish mexanizmi tadbirkorlik tashabbusining deyarli bir xil yoki proporsional darajadagi yuklamasini ta’minlashga imkon bersa (boshqacha so‘zlar bilan aytganda, davlat oldida soliq to‘lovchilar majburiyatlarining nisbiy tengligiga erishilsa), u holda bu narsa, shak-shubhasiz, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni va bosimni yumshatadi. Shunday qilib, yuqorida bayon qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, davlat daromadlari va davlat xarajatlari moliya mazmunini namoyon etuvchilar sifatida iqtisodiyotda va sotsial sohada sodir bo‘layotgan jarayonlarga juda kuchli ta’sir o‘tkazib, ularning dinamikasi va yo‘nalishini keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Shu yerning o‘zida byudjet yordamida tartibga solish (makro- va mikroko‘rsatkichlarga faqat markaziy byudjet daromadlari va xarajatlarining kompleks siyosatini o‘zgartirish orqali) moliyaviy tartibga solishning barcha sohasini qamrab ololmaydi. Chunki taqsimlash va qayta taqsimlashda moliyaviy tizim har bir fondining ta’siri tartibga soluvchi bo‘lishi kerak. Xususan, hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarda byudjetdan tashqari maxsus fondlar birgalikda markaziy byudjetlar hajmining 1/3 qismidan ½ qismigachasini tashkil etmoqda. Bundan tashqari, bu yerda yana ikkita muhim yo‘nalishlar ham mavjud. Bular byudjet defitsitining tarkibiy tuzilmasini shakllantirish va byudjetlararo munosabatlarni tartibga solishdir37.
Demak, takror ishlab chiqarish parametrlarini o‘zgartirish maqsadida moliyaviy munosabatlarning barcha aspektlaridan (yo‘nalishlaridan) foydalanish bo‘yicha davlat tomonidan tashkil qilinadigan faoliyatga ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish deyiladi. U kishilik jamiyatining tabiiy taraqqiyoti natijasida dunyoga kelgan hamda iqtisodiyot va ijtimoiy soha sog‘lom faoliyat ko‘rsatishining ajralmas qismi (sharti) hisoblanadi. Moliyaviy tartibga solishning subyekti davlat tuzilmalari bo‘lsa, uning obyekti ijtimoiy tizim ishtirokchilarining daromadlari va xarajatlaridir.
Makro- va mikrodarajada jamiyat ehtiyojlarining maksimal qondirilishini ta’minlaydigan jamg‘armalarni taqsimlashning proporsiyalarini o‘rnatish moliyaviy tartibga solish jarayonida hal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy vazifa hisoblanadi. Bu narsa shaxsiy, jamoa va ijtimoiy manfaatlar, qadriyatlar va boyliklarning oqilona inobatga olinishini ko‘zda tutadi va samarali ishlayotgan bozor mexanizmi bilan davlatning ta’siri tizimini qo‘shish muammolarining moliyaviy aspektini (yo‘nalishini) aks ettiradi.
Bozor xo‘jaligining moliyaviy regulyatorlariga (tartibga soluvchilariga) quyidagilar kiradi:

  • byudjetga soliqlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar;

  • moliyaviy imtiyozlar va sanksiyalar;

  • byudjet tashkilotlarining ekspluatatsion xarajatlari;

  • umumiy va maqsadli subsidiyalar, shu jumladan, davlat buyurtmalarini to‘lashga mo‘ljallanganlari;

  • byudjetdan tashqari maxsus fondlarning daromadlari va xarajatlari;

  • davlat korxona va tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari.

Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishni tartibga solishning quyidagi ko‘rinishlari (shakllari) xos:

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita); • egri (bilvosita);

  • aralash.

Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) tartibga solish shakli quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi:
137
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mustaqil va obyektiv organ bo‘lib, mamlakatimiz Prezidenti va Oliy Majlisiga hisob beradi.
Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihalari parametrlarini shakllantirish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor jihatlariga mosligini tizimli tahlil qiladi, qabul qilinayotgan davlat va hududiy dasturlarni moliyalashtirish manbalari auditini ta’minlaydi. Shuningdek, palata byudjet tizimi byudjetlariga mablag‘lar va byudjetdan tashqari boshqa mablag‘lar to‘liq tushishini o‘rganib boradi hamda nazorat qiladi, zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llashni kengaytirish orqali byudjet daromadlarini oshirishni aniqlaydi va zaxiralarini safarbar qiladi. O‘z navbatida byudjeti tizimi byudjetlari va byudjetdan tashqari boshqa mablag‘lar hisobidan xarajatlarning samaradorligi va qonuniyliligini auditdan o‘tkazadi, ularni barcha darajalarda qisqartirish bo‘yicha zaxiralarni aniqlaydi.
O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni38ga asosan pul-kredit va valyuta siyosati, davlat aktivlari va majburiyatlari holati, oltin-valyuta zaxiralarini boshqarishni, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshiriluvchi amaliyotlarni tashqi auditdan o‘tkazish vazifasi ham topshirildi.
Mamlakatimizda iqtisodiyot sohasida, jumladan moliya sohasida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi va ushbu organ asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
birinchi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasi parametrlari shakllantirilishi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligini tizimli tahlil qilish, qabul qilinayotgan davlat va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligining auditini amalga oshirish; ikkinchi, byudjet tizimi byudjetlariga mablag‘lar va boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumining to‘liqligini o‘rganish va nazorat qilish, zamonaviy axborot texnologiyalarini
160
Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari (ko‘rinishlari, turlari) nazoratni amalga oshirish metodlarining o‘xshashligiga qaramasdan, o‘zlarining pirovard maqsadlari bo‘yicha bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bo‘lsa, bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat moliyaviy nazoratning (ayniqsa, firma ichidagi moliyaviy nazoratning) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o‘zida moliyaviy nazoratning har ikki sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi bilan cheklab qo‘yilgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar davrida moliyaviy nazoratning o‘rni quyidagilarni tekshirish jarayonida namoyon bo‘ladi:
birinchidan, davlat va jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolar tomonidan moliyaviy faoliyat jarayonida belgilangan qonuniy tartibga rioya qilinishida; ikkinchidan, qabul qilingan chora-tadbirlarning samaradorligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hamda davlat vazifalariga mos kelishida.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda bo‘lib, quyidagi elementlardan tashkil topadi:

  • bevosita mamlakatning parlamenti yoki Prezidentiga bo‘y-sunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag‘larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni o‘rnatishdir;

  • asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga bo‘ysunuvchi soliq muassasi;

  • quyi tashkilotlarini tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat tashkilotlarining tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar;

  • hisobot hujjatlarining ishonchliligini va moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi nodavlat nazorat xizmatlari;

  • asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bo‘lgan ichki nazorat xizmatlari.

Moliyaviy qonun bilan tartibga solinadigan munosabatlarda moliyaviy nazoratning asosiy yo‘nalishlari (tarkibi) quyidagilar:

  • davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolatlari doirasida moliyaviy resurslarni to‘plash, taqsimlash va ulardan foydalanish funksiyalarini bajarilishini tekshirish;

  • davlat va hokimiyat organlarining fuqarolar va tashkilotlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarilishini tekshirish;

  • tashkilot va fuqarolarning davlat va mahalliy boshqaruv organlari olddidagi majburiyatlar bajarilishini tekshirish;

  • davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlarining moliyaviy mabalag‘lari (byudjet mablag‘lari, o‘z mablag‘lari, bank kreditlari, byudjetdan tashqarida va boshqa mablag‘lari)dan foydalanishning qonuniyligini va maqsadga muvofiqligini (samaradorligini)

tekshirish;

  • korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan moliyaviy bitimlar tuzish, hisob-kitoblarni amalga oshirish va pul mabalg‘larini saqlash qoidalariga rioya etilishini tekshirish;

  • ichki ishlab chiqarish zaxiralarini aniqlash - iqtisodiyotning rentabelligini oshirish, mehnat unumdorligini oshirish, moddiy va pul resurslaridan yanada tejamkor va samarali foydalanish imkoniyati;

  • moliyaviy intizom buzilishining oldini olish va bartraf etish; moliyaviy intizom buzilishi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga va fuqarolarga nisbatan choralar qo‘llaniladi va davlatga, tashkilotlarga va fuqarolarga yetkazilgan moddiy zarar qoplanadi.

Bozor xo‘jaligi asoslarining mustahkamlanib borishi bilan moliyaviy nazoratni tashkil etish masalalari yanada huquqiyroq xaraktyerga ega bo‘lib, sekin-astalik bilan g‘arb modeliga yaqinlashadi. Bu model amaliyotda o‘zining samaradorligini yaqqol ko‘rsatgan39.
Jahon hamjamiyati ko‘p yillik tajriba asosida moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda ularga rioya qilishga dunyoning har bir sivilizatsiyalashgan davlati intiladi. Bu prinsiplar INTOSAI40ning

  • Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga asosan, xususan Davlat byudjeti xarajatlariga, respublika byudjetining xarajatlar yoyilmasiga va Davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlariga o‘zgartirishlar kiritish tartibi nazarda tutilgan hollarda moliya yili mobaynida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasi joriy moliya yili uchun mo‘ljallangan Davlat byudjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori ortgan taqdirda Moliya vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Davlat byudjeti xarajatlarini qisqartirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga davlat va ijroiya hokimiyat boshlig‘i sifatida katta vakolatlar berilgan. Respublika Konstitutsiyasi 93moddasining 8-bandiga muvofiq Prezident ijroiya hokimiyat apparati va jumladan, davlat moliyaviy nazorati funksiyalarini amalga oshiruvchi organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi.
Davlat moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan41 bo‘lib, tashqi audit va moliyaviy nazoratning eng yuqori organi hisoblanadi.
Jahon amaliyotida mamlakatlarning Hisob palatasi mamlakat byudjetini, davlat aktivlari va passivlari holati va harakatini, oltinvalyuta zaxiralarini, davlat qarzlarini nazoratini amalga oshiradi.
159
to‘g‘risidagi yillik hisobotni fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Moliyaviy nazorat bo‘yicha muhim vazifa va funksiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga ham yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidaˮgi 1993-yil 6-maydagi qonunining 12-moddasiga muvofiq u vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. U davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolati va funksiyalari tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga42ga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byudjet sohasida quyidagi vakolatlar berilgan:

  • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek‚ soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;

  • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek‚ soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;

  • byudjetnoma loyihasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

  • byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining palatalariga taqdim etadi;

  • davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;

  • Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib chiqadi;

  • o‘tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tashqi audit o‘tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;

158
Lima deklaratsiyasida o‘z aksini topgan. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • mustaqillik;

  • obyektivlik;

  • kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik);

  • oshkoralik.

Moliyaviy nazoratning mustaqilligi nazorat organining moliyaviy jihatdan mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlarining parlament muddatlaridan uzoqligi, shuningdek ularning konstitutsion xarakteri bilan ta’minlanishi kerak. Ob’ektivlik va kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik) nazoratchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka so‘zsiz itoat etilishini, taftish ishlarini amalga oshirishning belgilangan (o‘rnatilgan) standartlariga (andozalariga) qattiq rioya etish asosida nazoratchilar ishining yuqori kasbiy darajada bo‘lishini taqoza etadi. Oshkoralik davlat nazoratchilarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan doimiy aloqada bo‘lishini ko‘zda tutadi.
Moliyaviy nazoratni tashkil qilish tizimiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi qonunlar qabul qila turib, har bir davlat, odatda, yuqoridagi prinsiplarga tayanadi (asoslanadi). Bir vaqtning o‘zida, har bir davlatda nazorat harakatlarining o‘z reglamenti (tartibi va ketma-ketligi) mavjud bo‘lib, bu narsa pirovardida moliyaviy nazoratning natijalariga o‘z ta’sirini, albatta, ko‘rsatadi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling