Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
6-BOB. MOLIYAVIY NAZORAT
6.1. Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, obyekti, predmeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga obyektiv xos bo‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda (aspektda) qaraladi: barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qat’iy tartib asosida tashkil etilgan faoliyati; moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elementi. Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va subyektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi. Barcha iqtisodiy subyektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik yo‘nalishiga (aspektiga) egadir. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo‘lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari 141 Balansda aks ettirilayotgan aholining pul xarajatlari qanday guruhlardan iborat bo‘ladi? Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar qanday guruhlarga bo‘linadi? Biznes-rejaning tarkibida moliyaviy reja qanday yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqiladi? Moliyaviy bashoratlashning ta’rifini ayting. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash nimalarga ajratiladi? Moliyaviy bashoratlash jarayonida qanday metodlardan foydalaniladi? Moliyaviy rejalashtirishning metodi sifati moliyaviy dasturlashtirish nimalarning bo‘lishini ko‘zda tutadi? Ijtiomoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri qanday maqsadlar uchun zarur? Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini (moliyaviy tartibga solishning rolini) to‘liq idrok etish uchun nimalarni atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim? Davlatning transformatsion xarajatlari tarkibini aytib bering. Davlat xarajatlari ijtimoiy munosabatlarning barqarorligini qo‘llab-quvvatlab, ular jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir ko‘rsatadi va bu narsa nimalarda namoyon bo‘ladi? Umumiy tarzda, davlat daromadlarining olinishini nimalarga ta’sir etishi mumkin, deb ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi? Bozor xo‘jaligining moliyaviy regulyatorlari (tartibga soluvchilari) tarkibini ayting. Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishni tartibga solishning qanday ko‘rinishlari (shakllari) xos? Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) tartibga solish shakli nimalar orqali namoyon bo‘ladi? Tartibga solishning egri (bilvosita) shakllari o‘z ichiga nimalarni oladi? Moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning aralash shakllarini tushuntirib bering. 140 ko‘rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi jarayonida ham, xususan, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalariga subsidiya va kredit berishda, infratuzilma obyektlarini yaratish va ularni takomillashtirishda, harbiy qurilish uchun qurol-aslahalarni sotib olishda, davlat qarzlarini va ular bo‘yicha foizlarni qaytarishda ham bozor konyunkturasi keskin o‘zgaradi. Yuqorida bayon etilgan xarajatlar hajmining o‘zgartirilishi investitsiyalarning o‘lchamiga, jami talabning hajmiga va taklifning tarkibiy tuzilmasiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shunday qilib, davlat xarajatlari jami talab shakllanishining unumli yo‘naltirilishida ijobiy tarkibiy qism (element) bo‘lib hisoblanishi mumkin. Teskari holatlarda esa, ya’ni harbiy, boshqaruv, mafkuraviy xarajatlar salmog‘ining yuqoriligida, shuningdek, davlat qarzlariga xizmat qilish xarajatlari hajmining kattaligida davlat xarajatlari faqat qalbaki ijtimoiy talabning o‘sishiga olib keladiki, ular oxir-oqibatda, qutulib bo‘lmaydigan buzuvchan (vayronagarchilik) kuchlarni vujudga keltiradi (jahon amaliyotida bunday misollar juda ko‘p, masalan, o‘tgan asrning 70-80-yillarida dunyoning katta qismini qamrab olgan inflyatsiya, 1998-yilning avgustida Rossiyada sodir bo‘lgan moliyaviy tanazzul, 2008-2010-yillarda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi, 2014-yilgi Rossiya moliyaviy inqirozi va boshqalar). Umumdavlat pul fondi mablag‘larining sarf etilishi, shubhasiz, davlatning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini moddiy jihatdan ta’minlaydigan resurslarni to‘plashni taqozo etadi. Qo‘shilgan qiymatni moliyaviy qayta taqsimlashning dastlabki bosqichida davlat daromadlari – YaIM va MDning bir qismini qaytarilmaslik sharti bilan davlatning ixtiyoriga olish bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar - xizmat qiladi. Davlat daromadlarining hajmi va tarkibini o‘zgartirish yordamida umumishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining tartibga solish imkoniyatini quyidagi obyektiv shart-sharoitlar bilan tushuntirish mumkin. Jismoniy va yuridik shaxslar ega bo‘lgan va o‘zlarining joriy xarajatlari hamda investitsiyalarini to‘lash uchun foydalaniladigan resurslar bir qismining davlat ixtiyoriga o‘tkazilishi yuqoridagi ijtimoiy tizim subyektlarining daromadlilik darajasini kamaytiradi va jami iste’molning tarkibiy tuzilmasini o‘zgartiradi. Resurslarning ma’lum qismini davlat ixtiyoriga olish sotsial tabaqalanishning darajasini o‘zgartirishga va ishlab chiqarish samaradorligining quyi yoki yuqori chegaralarini cheklab turishga imkon beradi. Bu narsaga, birinchidan, aholining kam ta’minlangan tabaqalariga, shuningdek, zararga ishlayotgan yoki past rentabelli korxonalarga ma’lum bir imtiyozlarni taqdim etish orqali erishiladi. Ikkinchidan, ustama daromadlarning bir qismini qarama-qarshi yo‘nalishda yo‘naltirish yordamida (masalan, mehnatni rag‘batlantirish yoki meros sifatida o‘tadigan mol-mulk, yoki mahsulotlar bahosi sog‘lom faoliyat uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlardan yuqori bo‘lgan daromadlarning shakllanishiga olib kelsa) qo‘lga kiritish mumkin. Umumiy tarzda, daromadlarning davlat ixtiyoriga olinishi quyidagi holatlarga ta’sir etishi mumkin: baholarni shakllantirishga (bu, asosan, egri (bilvosita) soliqlar); ishlab chiqarish xarajatlariga (mol-mulkning qiymatidan, iste’mol fondidan olinadigan soliqlar, ijtimoiy xarakterdagi byudjetdan tashqari maxsus fondlarga ajratmalar); jamg‘armalar hajmiga (investitsion imtiyozlar); bandlik va shaxsiy iste’molga (mehnat haqi fondidan olinadigan soliqlar, aholi bandlik fondiga ajratmalar va h.k.lar)35. Yuqoridagilardan tashqari, davlat daromadlari ko‘ri-nishlari va ularni undirish mexanizmlarining xilma-xilligi davlatga ma’lum bir tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabni maqsadli yo‘nalishda tartibga solish, eng samarali texnologiyalar, import mahsulotlari va h.k.larni tanlashga imkoniyat beradi. Ma’lumki, zamonaviy davlatlarning ko‘pchiligida markazlashtirilgan pul oqimlarining katta qismi soliqlar yordamida shakllantiriladi. Ular umumiy darajasining global pasaytirilishi sof daromadlar, talab, bandlikning oshishiga olib kelsa, tadbirkorlik tashabbusini faollashtirsa, ularning oshirilishi esa bozor konyunkturasini “muzlatish”ning ishonchli vositasidir. Soliqlarning har bir konkret turi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning tabaqalashtirilgan yo‘nalishiga ega. Masalan, sotsial-madaniy soha xo‘jalik hisobidagi muassasalarining soliqlardan ozod qilinishi yoki ularga ko‘pgina soliq imtiyozlarining taqdim etilishi jamiyatning madaniy-ma’rifiy salohiyatini oshirishga, uning axloqiy sog‘lig‘ining mustahkamlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Aholi daromadlari va mol-mulkini soliqqa tortishda ijtimoiy yo‘naltirilganlikning kuchaytirilishi (soliq bojlarining darajasi, davlat korxonalari mahsulotining bahosi, valyuta kursi, pul massasining hajmi va tarkibiy tuzilmasi, ma’muriy-qonunchilik faoliyati va boshqalarga ta’sir ko‘rsatish) bilan birgalikda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini ta’minlashi mumkin. Biroq, amaliyotda bu narsaning sodir bo‘lishi ancha murakkab bo‘lib, u chuqur va har tomonlamali nazariy ishlanmalar va murakkab matematik hisob-kitoblarga asoslanishni talab qiladi. Bu sohada bunday kompleks tadqiqotlarning mavjud emasligi, albatta, muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Bu yerda masala o‘z-o‘zidan hal bo‘lib ketishi mutlaqo mumkin emas. Shuningdek, “metod” sifatida moliyaviy tartibga solishning cheklangan ekanligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. YaIMning hajmi va o‘sish sur’atlari; davlat undirmalarining iqtisodiy jihatdan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan maksimal darajasi; boshqa “aralash” regulyatorlarning ta’siri; ijobiy samaraning majburiy sharti sifatida siyosiy barqarorlik va puxta o‘ylangan umumiy iqtisodiy strategiyaning (joriy va uzoq muddatli) mavjudligi kabilarni, bu o‘rinda, ana shunday obyektiv cheklanmalar (cheklovchilar) qatoriga kiritish mumkin. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling