Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


Download 1.64 Mb.
bet24/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar

  • Moliyaviy boshqaruv deb nimaga aytiladi?

  • Qanday vazifalarni (muammolarni) bajarish (yechish) moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan?

  • Moliyaviy boshqaruvning obyekti sifatida nimalar maydonga chiqadi?

  • Moliyaviy boshqaruvning subyektlarini aytib bering.

  • Moliyaviy boshqaruvning maqsadi nimalardan iborat?

  • Moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik prinsiplari nimalardan iborat?

  • Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari va shakllari tarkibini aytib bering.

  • Moliyaviy boshqaruv tizimi o‘z ichiga nimalarni oladi?

  • Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi qanday boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin?

  • Moliyaviy boshqaruv organi sifatida mamlakat Prezidenti qanday huquqlarga ega?

  • Moliyaviy boshqaruvga oid Oliy Majlis palatalari qanday vakolatlarga ega?

  • Vazirlar Mahkamasining moliyaviy boshqaruvga tegishli qanday vakolatlari mavjud?

  • Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi moliyaviy boshqaruvga oid qanday vazifalarni bajaradi?

  • Moliyaviy boshqaruvga daxldor Moliya vazirligining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  • Hozirgi paytda Moliya vazirligining Markaziy apparatida qanday departamentlar bo‘lishi mumkin?

hajmining oshganligini ifodalaydi. Shularga muvofiq ravishda, aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi naqd pulli pul aylanmasi, chakana tovar aylanmasi, soliq tushumlari, kredit resurslarini rejalashtirish uchun muhim rol o‘ynaydi. Bu balans Moliya vazirligi, Markaziy bank va moliyaviy tizimning boshqa organlari ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida ikki guruhga bo‘linishi mumkin:

  • uzoq muddatli moliyaviy rejalar; • qisqa muddatli moliyaviy rejalar.

Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat o‘zining qamrab olish gorizonti bo‘yicha, balki rejalashtirish maqsadlariga ko‘ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik nuqtayi nazaridan firma kengayishining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan sur’atlarini aniqlash bo‘lsa, qisqa muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning to‘lovga doimiy qobilligini ta’minlashdan iboratdir.
Alohida olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy rejasi unga tegishli bo‘lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egalik huquqi va korxona faoliyat ko‘rsatishining boshqa yo‘nalishlari qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy reja korxona butun faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlashning vositasi sifatida maydonga chiqadi va bir vaqtning o‘zida, shu faoliyatning moliyaviy natijalarini xarakterlaydi. Biznes rejaning tarkibida moliyaviy reja quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqiladi:

  • bozorlarni va ko‘zda tutilayotgan sotuvlar hajmini

o‘zlashtirishning loyihaviy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;

  • tannarxning turli ko‘rinishlarini (to‘liq, ishlab chiqarish, to‘g‘ri va boshqalar) hisob-kitob qilish. Bu yerda marketing tadqiqotlari, reklama, bozorlarni o‘zlashtirish xarajatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi;

  • pul mablag‘larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliyaviy natijalarni aniqlash. Bu tushumlarning kelib tushishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining o‘zgarishi, moliya to‘lovlarini optimallashtirish va boshqalar bo‘yicha dinamikalarning bashorat qilinishini taqozo etadi. Shu yerning o‘zida foydaga oid hisobkitoblar korxonaning joriy istiqboldagi salohiyati bilan, shuningdek,

125
Bu moliyaviy rejalar (hujjatlar) Moliya vazirligi va moliyaviy tizimning boshqa bo‘linmalari faol ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. Balansda byudjet fondi, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, sug‘urta fondi, kredit fondi, korxona va tashkilotlarning pul fondlari va, nihoyat, fuqarolarning pul mablag‘lari tarkibida rejalashtirilayotgan resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanish aks ettiriladi. Moliyaviy rejalashtirishning balans metodi mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari va mahalliy ma’muriyatlari masshtabida moliyaviy resurslar defitsitini aniqlashga, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida mablag‘larni samarali va asosli qayta taqsimlashga imkon beradi. Davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mavjud barcha moliyaviy rejalarni yagona tizimga birlashtiradi. Uning ko‘rsatkichlari byudjet va kredit rejalarini, shuningdek, boshqa moliyaviy rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi.
Boshqa bir sintetik balans – aholi daromadlari va xarajatlarining balansi – davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) bilan bevosita bog‘langandir. Unda naqd pulli va naqd pulsiz shakllardagi aholi pul resurslarining harakati o‘z ifodasini topadi. Balansda aks ettirilayotgan aholining pul daromadlari o‘zining manbasiga ko‘ra quyidagi uch guruhga bo‘linadi:

  • ish haqi va ish haqiga ustamalar, mukofotlar, safar xarajatlari uchun mo‘ljallangan mablag‘lar, yollanma ishchilarga (xodimlarga) ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy xarakterdagi to‘lanmalar;

  • tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, korxonalarning foydasiga sheriklik, shaxsiy mulk bilan operatsiyalar va moliyakredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;

  • sotsial transfertlar – davlat pensiyalari, nafaqalar, stipendiyalar va shunga o‘xshashlar.

Xuddi shuningdek, balansda aks ettirilayotgan aholining pul xarajatlari ham quyidagi guruhlardan iborat bo‘ladi:

  • iste’mol xarajatlari;

  • soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallar;

  • pul to‘planmalari va jamg‘armalar.

Moliyaviy reja hisoblangan ushbu balans aholining daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi proporsiyani aniqlaydi, mehnat haqi va pensiya ta’minotining o‘sganligi, tovarlar taklifi
124

  • Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bo‘lgan G‘aznachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga nimalar kiradi?

  • Moliyaviy boshqaruvga oid Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari qanday vazifalarni bajaradi?

  • Davlat bojxona qo‘mitasi va uning tegishli organlariga moliyaviy boshqaruvga nisbatan qanday vazifalar yuklatilgan?

  • Moliyaviy oqim deb nimaga aytiladi?

  • Moliyaviy oqimlarning hajmi nimalarga bog‘liq?

  • Moliyaviy oqimlarning qanday shakllari mavjud?

  • Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari nimalardan iborat?

  • Moliyaviy oqimning samaradorligini qanday aniqlash mumkin?

  • Ijobiy va salbiy moliyaviy oqimlarni tushuntirib bering.

  • Sof moliyaviy oqim deganda nima tushuniladi?

  • Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan qanday ko‘rsatkichlar mavjud?

  • Korxonalar uchun to‘lovga qobillik koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?

  • Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) deyilganda nima tushuniladi?

  • Qachon korxona to‘lovga qobil yoki qobil emas hisoblanadi?

  • Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) nimaga asoslanadi?


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling