Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet30/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

6.4. Nodavlat moliyaviy nazorati
Bozor iqtisodiyoti asoslarining shakllanishi davlat nazorat organlarining bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladigan moliyaviy nazoratning turlari rolini oshiradi. Yuqorida qayd etilgandek, moliyaviy nazoratning nodavlat turlarini ichki firmaviy (korporativ) nazorat, tijorat banklar tomonidan mijoz-tashkilotlar ustidan nazorat, auditorlik nazoratlari tashkil qiladi.
Ichki xo‘jalik moliyaviy nazorat korxona, muassasa, firma, korporatsiyalarning ichki iqtisodiy xizmatlari, ya’ni buxgalteriya, moliya bo‘limi, moliyaviy menejment xizmatlari va boshqalar tomonidan o‘z korxonasi, filiallari va shu’ba tuzilmalarining moliyaviy faoliyati ustidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat xizmatlari doimiy ravishda pul mablag‘larini (shaxsiy, qarziy, jalb etilgan) ishlatilishining samaradorligi va maqsadga muvofiqligi kuzatadi, rejalashtirgan moliyaviy natijalar bilan haqiqiy moliyaviy
173
bosqichma-bosqich tatbiq qilish bilan pul-kredit siyosati va uning instrumentlarini tubdan takomillashtirish, ushbu usulga o‘rta muddatli istiqbolda to‘liq o‘tish va pul-kredit sohasida amalga oshirilayotgan siyosat va choralarning shaffofligini oshirish; ikkinchidan, inflyatsiya omillarini chuqur o‘rganish va to‘lov balansini hisobini yuritish va tahlil qilish tizimini to‘liq shakllantirish asosida pul-kredit siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish uslublarini takomillashtirish maqsadida statistik, tahliliy va tadqiqot bazasini rivojlantirish; uchinchidan, bank tizimini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini, shu jumladan tijorat banklar faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni dastlabki bosqichlarida aniqlash va ularni bartaraf etuvchi choralar ko‘rish imkonini beruvchi tijorat banklar tavakkalchiligini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish; to‘rtinchidan, o‘rta va uzoq muddat istiqbollarda iqtisodiyotni barqaror o‘sishini ta’minlovchi muhim tarkibiy qism sifatida bank tizimini rivojlantirish, tijorat banklar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro to‘liq sheriklik munosabatlarini shakllantirish, aholining bank tizimiga ishonchli institutsional sherik sifatida ishonchini mustahkamlash uchun raqobat sharoitlarni yaratish; beshinchidan, to‘lov tizimini yanada rivojlantirish, shu jumladan real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni boshqarish va bank operatsiyalarini o‘tkazish imkonini beruvchi masofadan bank xizmatlari ko‘rsatgan holda tijorat banklarining samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish; oltinchidan, nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini kuchaytirish, shuningdek‚ ularning faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; yettinchidan, bank xizmatlari iste’molchilari huquqi va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish.
Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan:

  • banklardan hisobotlar va boshqa hujjatlarni olish va tekshirish, ularning faoliyati, jumladan operatsiyalari to‘g‘risida axborot, ma’lumotlarni so‘rash va olish;

  • olingan axborot, ma’lumotlar bo‘yicha tushuntirishlar talab

qilish;
172
daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar, xususan pensiyalar hamda boshqa tegishli to‘lovlarni tayinlash va o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarning qo‘llanilishini muvofiqlashtirish hamda ularni nazorat qilish;

  • sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini nazorat qilish, buxgalterlik hisobi va hisobotining yagona metodologiyasini shakllantirish va amalga oshirish, auditorlik faoliyatini tartibga solish, mamlakatning moliya bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;

  • davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish, Moliya vazirligi, uning markaziy apparati hamda tarkibiy bo‘linmalarining ish shakllarini va usullarini tubdan takomillashtirish, moliya organlari faoliyatida byurokratizm va sansalorlik hollariga yo‘l qo‘ymaslik, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, zimmaga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun moliya organlari xodimlarining mas’uliyatini oshirish

Moliya organlarining ko‘p qirrali nazorat faoliyati byudjetni rejalashtirish, moliyaviy rejalar va smetalar loyihalarini ko‘rib chiqish, byudjet barcha daromadlarini to‘plash, davlat byudjeti bilan tegishli moliya yili uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish jarayonida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasi mavjud bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24- oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risida Nizom” 870-son Qaroriga asosan faoliyat yuritadi.
Bosh boshqarma moliyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasini, byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari maqsadli sarflanishini, moliyaviy nazorat obyektlari tomonidan byudjet qonunchiligiga, shuningdek‚ byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat moliyaviy nazorat organi hisoblanadi.
Quyidagilar Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalarining vazifalari hisoblanadi:

  • byudjet tashkilotlarida byudjet mablag‘larini boshqarish va byudjet hisobini yuritish bo‘yicha maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotlar vositasida byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring qilish;

  • byudjet qonunchiligiga rioya etish bo‘yicha byudjet

tashkilotlari bilan tizimli asosda profilaktika ishlarini olib borish;

  • byudjet tashkilotlarida aniqlanayotgan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarni talon-toroj qilish, kamomadlarga yo‘l qo‘yish, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tuzish, tasdiqlash hamda ijro etish tartibini buzish va byudjet qonunchiligini boshqacha tarzda buzish holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

  • masofaviy nazoratni keng ko‘lamda qo‘llash, zamonaviy axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida tekshirish obyektlari va maqsadlarini aniqlash yo‘li bilan kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda byudjet tashkilotlarini tekshirish samaradorligini oshirish;

  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanishda byudjet qonunchiligiga hamda byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

  • O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan), shuningdek‚ insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

  • davlat maqsadli va boshqa jamg‘armalari, shuningdek‚ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi boshqa jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘linmalari mavjud.

Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish; soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish, ularga barham berish;

  • fuqarolarning soliq qonunchiligi buzilishlari faktlari to‘g‘risidagi xatlari, shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqish;

  • soliq to‘lovchilar bilan soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha ish olib borish.

Davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, bosh boshqarmaga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Davlat moliyaviy nazorati bo‘yicha funksiyalarni bank tizimi ham bajaradi. O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida» 1995-yil 21- dekabrdagi qonuni48ga muvofiq u bank tizimi barqarorligini qo‘llab-quvvatlash, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoyalanishini ta’minlash maqsadida bank nazoratini va banklar faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi.
Markaziy bank nazorat funksiyalarini bajarish bo‘yicha o‘z vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlarni tuzish uchun banklar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qoidalarni belgilaydi.
Mamlakatimizda bank tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida quyidagilar Markaziy bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi49:
birinchidan, asossiz inflyatsion kutilmalarni oldini olish maqsadida inflyatsion targetlashning prinsip va mexanizmlarini
171

  • davlat soliq siyosatini amalga oshirish;

  • soliq sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;

  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalariga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘liq miqdorda tushishini ta’minlash;

  • soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarning to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash, ularni to‘liq qamrash va hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, Soliq to‘lovchilar

identifikatsiyalash tartib raqamlarining yagona reestrini yuritish;

  • soliq solish bazasini kengaytirish hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish, soliq sohasidagi huquq buzilishlarining oldini olish, aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

  • pul mablag‘larining noqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, naqd pul tushumining aholi bilan pulli hisobkitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan banklar kassalariga o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

  • soliq qonunchiligiga rioya etish uchun zarur shartsharoitlarni ta’minlash, soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam ko‘rsatish, ularga ko‘rsatiladigan axborotmaslahat xizmatlari turlarini kengaytirish;

  • bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan qat’iy nazoratni amalga oshirish;

  • davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali, o‘z ishiga sadoqatli xodimlar bilan ta’minlash, kadrlar tarkibining sifat darajasini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 2000-yil 13-martdagi Vazirlar Mahkamasining 87-sonli qarori bilan Bosh nazorat-taftish boshqarmasi50 tuzilgan bo‘lib, uning
170

  • moliya inspektori lavozimi joriy etilgan tashkilotlarda aksiz solig‘ini to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan nazorat o‘rnatish;

  • paxta tozalash korxonalarida hisobga olish va hisobotning haqqoniyligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirilishini ta’minlash.

Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda soliq organlari muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risidaˮgi 1997-yil 29-avgustdagi qonuni51 soliq nazoratining asoslari, uni amalga oshirish bo‘yicha soliq organlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Soliq nazorati soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek‚ soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iboratdir. U davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi52 da keltirilgan shakllarga asosan amalga oshiriladi.
Soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirishda bir qator muammolarni bartaraf etish maqsadida 2017-yil 18-iyulda O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiningSoliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi va unda davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari belgilandi:

  • soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish;

  • soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazaning o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan ishonchli axborotini o‘z muddatida taqdim etish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish;

  • soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;

  • makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish obyektlarini to‘liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirishni ta’minlash bo‘yicha samarali tadbirlarni amalga oshirish;

  • faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har tomonlama ko‘maklashish, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish, o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish;

  • soliq solish masalalari, shu jumladan respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek‚ mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish;

  • kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq organlarini yuqori ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega malakali xodimlar bilan to‘ldirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek‚ xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish.

Davlat soliq xizmati organlarining moliyaviy nazoratga oid asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • soliq qonunchiligi, soliqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Byudjetdan tashqari Pensiya fondiga majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida hisoblab yozilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat etish;

  • soliq qonunchiligiga rioya etilishining zaruriy shartlarini ta’minlash, soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam ko‘rsatish, soliq bo‘yicha qoidabuzarliklarni aniqlash, ogohlantirish va to‘xtatib qo‘yish.

Davlat soliq xizmati organlari o‘z vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega:

  • soliq to‘lovchilarda (jumladan soliq to‘lovchilar bilan bog‘-langan qarshi subyektlarda) O‘zbekiston Respublikasi nobyudjet Pensiya fondiga majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida hisoblab yozilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy hujjatlarni, shuningdek‚ eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha zarur bo‘lgan tushuntirish, ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish;

  • qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish.

Davlat soliq xizmati organlari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni boshqa davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro birgalikda bajaradilar. Ko‘rsatilgan organlar va tashkilotlar soliq xizmati organlariga soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliq qonunbuzarligiga qarshi kurashda yordam berishlari shart.
Ko‘rsatilgan qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan soliq nazoratini tashkil etish Davlat soliq qo‘mitasi va uning organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida Nizom”53 yangitdan tasdiqlandi. Ushbu nizomga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo‘yicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. Davlat soliq qo‘mitasining moliyaviy nazorat sohasidagi asosiy vazifasi soliq to‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab yozilishi, ularning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga soliq nazorati bo‘yicha bir qator vazifalar yuklatilgan:
169
o‘sishi (ko‘tarilishi) davrida to‘ldirilgan va ishlab chiqarishning iqtisodiy qisqarishi davrlarida esa ulardan foydalanilgan.
Xo‘jalikni rag‘batlantirish va uni tartibga solish uchun davlat byudjetidan faolroq foydalanish borasidagi neokeynschilarning talablari “tizilgan byudjet stabilizatorlari” nazariyasida o‘z aksini yanada yaqqolroq topdi. Bu nazariyaning asosida “soliq stabilizatorlari” to‘g‘risidagi keynscha qarashlar yotar edi. J.M.Keynsning fikricha, “soliq stabilizatorlari” siklik tebranishlarni tartibga solib, ularni biroz yumshatib va ularda ma’lum bir o‘zgaruvchanlikni ta’minlab, avtomatik tarzda amal qilishi kerak edi. Neokeynschilar uni “boshqariluvchan stabilizatorlar” bilan, ya’ni yangi iqtisodiy sharoitlarga muvofiq ravishda davlatning doimo o‘zgarib turadigan soliq tadbirlari bilan to‘ldiradilar.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling