14-variant Davlat byudjetiga ta’rif bering va uning xarajatlari tarkibini sanab o’ting
Download 18.02 Kb.
|
BHN 50 Jumanova F Makro ON
- Bu sahifa navigatsiya:
- Budjet xarajatlari
- Davlat budjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat
- 15,550 trillion so‘m yoki umumiy xarajatlarning 56,6 foizi miqdorida
Makroiqtisodiyot fanidan 1- Oraliq nazorat ishi 14-variant Davlat byudjetiga ta’rif bering va uning xarajatlari tarkibini sanab o’ting. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarida qanday o’zgarishlar ro’y bermoqda? Javoblar Davlat budjeti — davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Davlat budjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat budjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjet (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va xarajatlar yigʻindisi) va mahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, soliqdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mulkini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamomadi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi milliy mahsulotning 3—3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet xarajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat budjetlari va davlat budjetdan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yig’ma byudjetini tashkil etadi. Davlat budjet, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat budjetini hukumat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi. Budjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘laridir. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat budjeti xarajatlari – davlatning markazlashgan pul fondini taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlardir. Davlat budjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat: - ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; - nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; - markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari; - sudlarni saqlab turish xarajatlari; - fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari; - boshqa xarajatlar.
2019 – yilda “2020 yilda davlat byudjeti xarajatlari asosan ijtimoiy sohaga yo‘naltirilishi” rejalashtirilgan edi. Hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 15,550 trillion so‘m yoki umumiy xarajatlarning 56,6 foizi miqdorida mablag‘ sarflandi. Ijtimoiy xarajatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi 18,5 foizni tashkil etdi. Ijtimoiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etgan ta’lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga davlat budjetidan 7,961 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash xarajatlari uchun 1,426 trillion so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 450,5 milliard so‘m yoki qariyb 1,5 baravarga ko‘p), jumladan, oziq-ovqat sotib olish xarajatlariga 162,6 milliard so‘m (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,6 milliard so‘mga yoki 1,5 baravarga ko‘p) mablag‘lar ajratilgan. Xususan, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga amalga oshirgan xarajatlarini qisman qoplash uchun 134,5 milliard so‘mlik subsidiyalar (2019-yil birinchi choragida 6,9 milliard so‘m) ajratilgan. Ilm-fanni rivojlantirishga hisobot davrida 150,0 milliard so‘m yoki ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘larning 1 foizi miqdorida mablag‘ ajratildi (2019-yil birinchi choragida — 0,3 foiz). Download 18.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling