Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet201/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

25.4. Uy xo‘jaliklari xarajatlari
Uy xo‘jaliklari tomonidan iste’molga, majburiy to‘lovlarni amalga oshirishga va jamg‘arishga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari uy xo‘jaliklari byudjetlarining xarajatlar qismini tashkil etib, ularning xarajatlari deyiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda uy xo‘jaliklarining xarajatlari quyidagi omillar bo‘yicha tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi):

  • davriylik nuqtayi nazaridan;

  • xarajatlarning turlari bo‘yicha;

  • xarajatlarning funktsional mo‘ljallanganlikka bog‘liqligiga ko‘ra;

Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra ijtimoiy to‘lanmalarning qanday ko‘rinishlari bor?

  • Ijtimoiy to‘lanmalarni moddiy-buyumlashgan tarkibiga ko‘ra qanday turlarga ajratish mumkin?

  • Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibiga nimalar kiradi?

  • Uy xo‘jaliklarining mulkdan olinadigan daromadlari qanday ko‘rinishlarda amal qiladi?

  • Uy xo‘jaliklari turli guruhlari daromadlarining tabaqalanishi (differensiatsiya qilinishi) qanday obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida sodir bo‘ladi?

  • Uy xo‘jaliklarida ega bo‘lingan real pul daromadlarining o‘sishiga, daromadlarning notengligi muammosini yumshatishga nimalar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi?

  • Uy xo‘jaliklarining xarajatlari nima?

  • Uy xo‘jaliklarining xarajatlari qanday omillar bo‘yicha tasniflanadi?

  • Davriylik nuqtayi nazaridan uy xo‘jaliklarining xarajatlari tarkibini aytib bering.

  • Xarajatlarning turlari bo‘yicha uy xo‘jaliklarining xarajatlari nimalardan tarkib topadi?

  • Funksional mo‘ljallanganligiga ko‘ra uy xo‘jaliklari xarajatlarining tarkibi nimalardan iborat?

  • Avtonomlilik xarakteriga ko‘ra uy xo‘jaliklarining xarajatlari qanday guruhlarga bo‘linadi?

  • Real pul xarajatlarining turlari bo‘yicha uy xo‘jaliklarining xarajatlari qanday ikki guruhdan tashkil topadi?

  • Iste’mol xarajatlarining miqdori nimalarga bog‘liq?

  • Uy xo‘jaliklari byudjetlaridagi iste’mol xarajatlari subyektiv omillarga ham ta’sirchan bo‘lganligi uchun ularning orasidan nimalarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin?

  • Makroiqtisodiy nuqtayi nazardan uy xo‘jaliklari byudjetlarining iste’mol xarajatlari qanday ikki eng muhim xususiyatga ega?

  • Aholi daromadlari va xarajatlari balansining eng umumiy ko‘rinishi qanday bo‘lishi mumkin?

  • Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansining daromadlar qismiga nimalar kiradi?

  • Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansining xarajatlar qismi nimalardan tashkil topadi?

703
Uy xo‘jaliklari natural daromadlari qanday paydo bo‘ladi va uning tarkibi nimalardan tarkib topadi?

  • Uy xo‘jaliklarining natural daromadlari qanday holatlarga muvofiq ravishda o‘zgarib turishi mumkin?

  • Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari nima va ular qanday ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi?

  • Nominal daromadlar nima va bu ko‘rsatkich qanday daromadlarni tavsiflaydi?

  • Uy xo‘jaliklari nominal daromadlarining YaIMdagi salmog‘i nimaning darajasiga bog‘liq?

  • Hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan nominal daromadlar o‘rtasida qanday farq mavjud?

  • Ega bo‘lingan daromadlar deyilganda nimalar nazarda tutiladi? Bu daromadlar qanday maqsadlarga mo‘ljallangan?

  • Real daromadlar nima va bu ko‘rsatkich nimalarni o‘zida aks ettiradi?

  • Real daromadlarning o‘zgarishi nimaga bog‘liq bo‘ladi?

  • Agar baholarning o‘sish sur’ati nominal ega bo‘lingan daromadlarning o‘sish tezligidan past bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadlari o‘sadimi yoki kamayadi?

  • Baholarning yuqori sur’atlarda o‘sishi sharoitida real daromadlar qisqaradimi yoki ko‘payadi?

  • Uy xo‘jaliklari pul daromadlarining eng asosiy turlarini aytib bering.

  • Mehnat haqining (ish haqining) tarkibiga nimalar kiradi?

  • Bozor munosabatlariga o‘tilishi bilan uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibida mehnat haqi salmog‘i biroz pasayganligining sabablari nimada?

  • Hozirgi sharoitda ish haqining yashirin shakllariga nimalar kiradi?

  • Mehnatga haq to‘lashning quyi chegarasi kim tomonidan o‘rnatiladi, u nima deb ataladi va uning tarkibiga nimalar kirmaydi?

  • Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lashda hozirgi paytda qanday muammolar mavjud?

  • Ijtimoiy to‘lanmalarni tasniflash me’zonlarini aytib bering.

  • Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ijtimoiy to‘lanmalarning qanday ko‘rinishlari mavjud?

  • O‘zlarining shakli bo‘yicha ijtimoiy to‘lanmalar qanday ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin?

702
majburiylik darajasi bo‘yicha;

  • to‘lovlarning avtonomlilik xarakteriga ko‘ra;

  • iste’mol va jamg‘arishga yo‘naltirilayotgan real pul xarajatlarining turlari bo‘yicha.

Davriylik nuqtayi nazaridan uy xo‘jaliklarining xarajatlari quyidagilarga bo‘linadi:

Xarajatlarning turlari bo‘yicha uy xo‘jaliklarining xarajatlari quyidagilardan tarkib topadi:

  • joriy xarajatlar;

  • kapital xarajatlar.

Uy xo‘jaliklarining xarajatlari funksional mo‘ljallanganligiga ko‘ra quyidagilardan iborat:

  • shaxsiy iste’mol xarajatlari; • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;

  • pul to‘planmalari va jamg‘armalar.

Avtonomlilik xarakteriga ko‘ra uy xo‘jaliklarining xarajatlari ikkiga bo‘linadi:

  • daromadlarning hajmiga bog‘liq bo‘lmagan va hayotiy minimum darajasiga rasman muvofiq keluvchi avtonom (qat’iy) xarajatlar;

  • daromadlarning dinamikasiga bog‘liq bo‘lgan elastik xarajatlar.

Ayrim hollarda uy xo‘jaliklari xarajatlarining ana shunday tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) doirasida kam elastikli xarajatlar alohida guruhga ajratiladi va uning tarkibiga uy-joy kommunal xizmatlari va transport chiqimlarini to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi.
Real pul xarajatlarining turlari bo‘yicha ham uy xo‘jaliklarining xarajatlari ikki guruhdan tashkil topadi:

  • iste’molga yo‘naltirilgan xarajatlar;

  • jamg‘arishga yo‘naltirilgan xarajatlar

Uy xo‘jaliklarining iste’molga yo‘naltirilgan xarajatlari (iste’mol xarajatlari) ular tomonidan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga sarf qilinadigan ega bo‘lingan daromadning bir qismidan iborat. Iste’mol xarajatlarining miqdori quyidagilarga bog‘liq:

  • ega bo‘lingan daromadga;

  • baholar darajasiga;

iste’molchilarning mol-mulklariga;

  • real foiz stavkalariga;

  • iste’mol bo‘yicha qarzdorlikning miqdoriga; • iste’molchilarning soliqqa tortilish darajasiga.

Uy xo‘jaliklari byudjetlaridagi iste’mol xarajatlari subyektiv omillarga ham ta’sirchan bo‘lib, ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • iste’mol qilishga bo‘lgan intilishning chegarasi;

  • baholarning o‘zgarishiga nisbatan iste’molchilarning

kutuvchanligi;

  • pul daromadlari;

  • soliqlar; • tovarlarning mavjudligi;

  • va boshqalar.

Makroiqtisodiy nuqtayi nazardan uy xo‘jaliklari byudjetlarining iste’mol xarajatlari ikki eng muhim xususiyatga ega:

  • birinchidan, iste’mol xarajatlari yalpi mahsulot doiraviy aylanishi modelida yalpi talab va yalpi xarajatlarni tashkil qilishning eng katta qismi hisoblanadi;

  • ikkinchidan, uy xo‘jaliklari byudjetlarining iste’mol xarajatlari qisqa muddatli davrda bandlik va investitsiyalar darajasini tartibga solish orqali ta’sir etish mumkin bo‘lgan yalpi talabning nisbatan barqaror tarkib toptiruvchisidir.

Uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlari tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va dinamikasini tahlil qilish, odatda, aholining daromadlari va xarajatlari balansi asosida amalga oshiriladi. Bu balansning eng umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib olish va xizmatlarni to‘lash (iste’mol xarajatlari) o‘z ichiga quyidagilarni oladi:


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling