Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.64 Mb.
bet199/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

25.2. Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Uy xo‘jaligi iqtisodiy va moliyaviy qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Bir vaqtning o‘zida, u faoliyati butun uy xo‘jaligining jami va uning har bir ishtirokchisining ijtimoiy namoyon bo‘lishi va rivojlanishiga xizmat qiluvchi mikrosotsium ham hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi uy xo‘jaligining bunday o‘rni uning maqsadga yo‘naltirilganligi faoliyati va u tomonidan qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlarning o‘ziga xosligini belgilab beradi.
Bolalar tarbiyasi, bilim darajasining o‘sishi, sog‘liqni saqlash masalalari, dam olishni tashkil etish, uy xo‘jaligi keksa a’zolari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va boshqa sotsial maqsadlar uy xo‘jaligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Aynan ana shular uy xo‘jaligi ichida ma’lum bir o‘zaro hamkorlikning me’yorlari va qarorlar qabul qilishning ko‘zga ko‘rinmaydigan mexanizmlarini ega bo‘lingan daromadlarining o‘sishi aholining moliyaviy imkoniyatlarini salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning bozor mexanizmlarini faollashtiradi. Rivojlangan mamlakatlarda uy xo‘jaliklari ega bo‘lingan daromadlarining YaIMdagi salmog‘i 70%ni tashkil etayapti.
Baholar darajasiga nisbatan o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) ega bo‘lingan daromad uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu ko‘rsatkich nominal daromadlarning real sotib olish qobiliyatini o‘zida aks ettiradi. Uning o‘zgarishi esa, ma’lum davrdagi ega bo‘lingan daromadlar va iste’mol baholari indeksi (yoki baholar indeksiga teskari bo‘lgan pulning sotib olish qobiliyati indeksi) o‘sish sur’atlarining nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar baholarning o‘sish sur’ati nominal ega bo‘lingan daromadlarning o‘sish tezligidan past bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadlari o‘sadi. Baholarning yuqori sur’atlarda o‘sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu holat, o‘z navbatida, aholi iste’mol talabi va sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bu jarayon iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan shakllanadi va ularning byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng asosiylari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • mehnat haqi;

  • ijtimoiy to‘lanmalar;

  • tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar;

  • mol-mulkdan keluvchi daromadlar.

Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab ish haqlari bo‘yicha ish haqining hisoblangan summalari;

  • rag‘batlantiruvchi ustama va qo‘shimchalar;

  • ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsion to‘lanmalar;

  • mukofotlar va bir martalik rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar;

  • har yillik va qo‘shimcha mehnat ta’tillariga haq to‘lashlar;

  • safar xarajatlari;

  • berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning

qiymati;
685
aholining kambag‘al qatlamlari va qishloq aholisida natural daromadlarning salmog‘i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida uy xo‘jaligining naturallashganligi tashqi muhitning (masalan, urushlar davrida, tizimli transformatsiyalanish jarayonlarida va h.k.) noqulay shartsharoitlariga o‘ziga xos tarzda moslashish mexanizmi ham bo‘lib hisoblanadi.
Turli manbalar hisobidan uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘larining barcha summasi pul daromadlari deyiladi. Bozor munosabatlari taraqqiy etgan sharoitda aynan pul daromadlari uy xo‘jaliklarining hayotiyligini ta’minlash va ular rivojlanishining asosi hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari pul daromadlarini tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari hisoblanadiki, ular quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi:

  • nominal daromadlar;

  • ega bo‘lingan daromadlar;

  • real daromadlar.

Uy xo‘jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy daromadlari majmuining puldagi ifodasi nominal daromadlar deyiladi. Bu ko‘rsatkich soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog‘liq bo‘lmagan holda daromadlarni tavsiflaydi. Uy xo‘jaliklari nominal daromadlarining YaIMdagi salmog‘i har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va ichki xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning darajasi 65-75% atrofida tebranadi. Bir vaqtning o‘zida, hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan nominal daromadlar o‘rtasidagi farqni anglamoq ham lozim. Ular bir-birlaridan shu davrda hisoblangan, lekin to‘lanmagan daromadlar, shuningdek, o‘tgan davrlar uchun qarzlarning qaytarilishi natijasida olingan daromadlar summasiga farq qiladi. Ish haqi bo‘yicha to‘lash muddati o‘tib ketgan qarzdorlikning mavjud bo‘lishi bozor iqtisodiyotiga yaqinda o‘tgan mamlakatlar uchun dolzarb muammolardan biridir.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uy xo‘jaligining ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasi uy xo‘jaligining ega bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu daromad yakuniy iste’mol va jamg‘arish uchun mo‘ljallangan. Yoppasiga hisoblanganda ega bo‘lingan daromad aholining ixtiyoriga borib tushuvchi YaIMning tegishli qismiga mos keladi. Uy xo‘jaliklari
684
(hayotiy tajriba, an’analar, subyektiv ravishda ustuvorlik berish, jamoatchilik fikri va shunga o‘xshashlarni) shakllantiradi. Amalga oshirilishi uning ishtirokchilari hayotiy faoliyatini ta’minlab turish uchun zarur bo‘lgan to‘lanmagan ishlar salmog‘ining ancha kattaligi uy xo‘jaligining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan biridir. To‘langan va to‘lanmagan ishlar ko‘rinishlari o‘rtasidagi nisbat tarixiy jihatdan o‘zgarib boradi va u uy xo‘jaligining ijtimoiy tarkibi hamda butun jamiyatning ijtimoiy rivojlanish darajasiga bog‘liq. Uy xo‘jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan me’yorlar va qoidalar tashqi omillar ta’siri natijasida shakllanadi.
Bunday tashqi omillarga quyidagilar kiradi:

  • ijtimoiy munosabatlarni me’yoriy-huquqiy tartibga solish;

  • umumiy iqtisodiy vaziyat;

  • tarkibiy o‘zgarishlar;

  • inflyatsion kutishlar;

  • investitsion muhit; • davlatning ijtimoiy siyosati;

  • va boshqalar.

Tashqi omillar moliyaviy qaror qabul qilishda institutsional chegaralarni aniqlab beradi. Bir vaqtning o‘zida, iqtisodiy faoliyatning subyekti sifatida uy xo‘jaliklari maqsad va unga erishish vositalarini tanlashda mustaqil hisoblanadilar va qabul qilingan iqtisodiy va moliyaviy qarorlar uchun mas’uldirlar (javobgardirlar).
Uy xo‘jaligining moliyaviy xatti-harakati quriladigan ichki me’yorlar tizimi quyidagilarga bog‘liq:

  • sotsio-madaniy muhit, xususan, sotsial holati, savodxonlik darajasi, uy xo‘jaligidan tashqaridagi va uning ichidagi sotsial aloqalar, dam olish shakllari va boshqalarga;

  • uy xo‘jaligi faoliyatining iqtisodiy va huquqiy tavsifnomasi, shu jumladan, iqtisodiy xatti-harakatning tipiga (o‘z-o‘zini ta’minlash, hayot uchun kurash yoki rivojlanish rejimiga), tadbirkor maqomining yuridik jihatdan rasmiylashtirilganligiga va boshqalarga;

  • axloqiy prinsiplarga, shaxsiy salohiyatiga – bunga fikr yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari, risk tomon qadam tashlashga qodirligi va h.k.lar kiradi.

Uy xo‘jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:

  • dastlabki (boshlang‘ich) manbalar;

  • jamg‘ariladigan manbalar;

  • joriy manbalar.

Resurslar dastlabki (boshlang‘ich) manbalarining tarkibi meros bo‘yicha yoki ko‘chmas mulk, naqd pullar, moliyaviy aktivlarning hadya etilishi natijasida berilgan boyliklarning turli moddiy shakllaridan iborat. Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari va investitsion qo‘yilmalari resurslarning jamg‘ariladigan manbasini tashkil etadi. Resurlarning joriy manbalariga doimiy tushilmalar (mehnat haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, sotsial transfertlar) va bir martalik xarakterga ega bo‘lgan pulli daromadlar (masalan, iste’mol krediti, lotereyadagi yutuqlar) kiradi.
Kerakli fondlarni shakllantirish uchun uy xo‘jaligining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘larining barcha manbalari uy xo‘jaligining moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Funksional mo‘ljallanganligiga ko‘ra uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin:

  • joriy xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari – oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini (poyafzal, ust-bosh) sotib olish xarajatlari, davriy ravishda iste’mol qilinadigan xizmatlarning haqi va h.k.;

  • kapital xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari – uzoq davr foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar (mebel, uy-joy, transport vositalari) uchun xarajatlar, uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan iste’mol qilinadigan xizmatlarning (maorif, tibbiy xizmat ko‘rsatish, sayyohlik yo‘llanmalari) haqini to‘lash;

  • pul jamg‘armalari.

Uy xo‘jaliklari ma’lum davrdagi moliyaviy qarorlarining majmui ularning moliyaviy xatti-harakatini belgilab (aniqlab) beradi. Moliyaviy qarorlarni qabul qilishda subyektiv motivlar, ustuvorliklar va cheklanmalar rolining katta bo‘lganligi uchun bunday xatti-harakat juda xilma-xildir. Buning ustiga, uy xo‘jaliklarining moliyaviy xatti-harakati dinamikali, tez o‘zgaruvchan jarayon hisoblanadi. Shu munosabat bilan uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari miqdoriy va sifat pozitsiyalaridan (shu jumladan, marketingli), iqtisodiyot, sotsiologiya va sotsial psixologiya nuqtayi nazarlaridan tadqiq etiladi. Bu narsa uy xo‘jaligining jamg‘arma va investitsion bo‘layapti. Bu qo‘yilmalar riskini pasaytirish va moliyaviy aktivlar portfelining barqarorligini oshirish maqsadida uy xo‘jaliklari aktivlari portfelini diversifikatsiyalashga asoslangan real jamg‘arish strategiyasining shakllanganligida namoyon bo‘lmoqda.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling