Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi
Daromadlar Xarajatlar va jamg‘armalar 1. Mehnatga haq to‘lash 1. Tovarlarni sotib olish va 2. Mehnat haqidan boshqa korxona xizmatlarni to‘lash va tashkilotlardan olinadi- 2. Majburiy to‘lovlar va gan yollanma ishchilarning ixtiyoriy badallar: daromadlari a) soliqlar va yig‘imlar; Uy xo‘jaligi resurslarining jamg‘ariladigan manbasini nimalar tashkil etadi? Uy xo‘jaligi resurlarining joriy manbalarini aytib bering. Uy xo‘jaligining moliyaviy resurslarini nimalar tashkil etadi? Funktsional mo‘ljallanganligiga ko‘ra uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari qanday tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin? Uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langan qanday bloklarni qamrab oladi? Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklarining daromadlarini shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida (negizida) nima yotadi? Uy xo‘jaliklari darajasida daromadlarni shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar nimalarga bog‘liq bo‘ladi? Uy xo‘jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol byudjetlari yoki yanada detallashtirilgan tarzda qanday tasniflanishi mumkin? Hayotiy minimum byudjeti qanday aniqlanadi? Minimal iste’mol byudjetining mazmuni nimada? Optimal iste’mol byudjeti nimaga imkoniyat yaratadi? Optimal iste’mol byudjetini qanday ikki darajadagi byudjetlarga bo‘lish mumkin? Moliyaviy qarorlarda “asosiy psixologik qonun” nima sifatida namoyon bo‘ladi? Jamg‘ariladigan fondlarni shakllantirish bo‘yicha uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari ishlab chiqilib, qabul qilinayotgan paytda qanday omillar hisobga olinishi kerak? Uy xo‘jaligining iste’mol va moliyaviy xatti-harakatida, jamg‘ariladigan fondlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydigan ijtimoiy va psixologik jihatlarga nimalar kiradi? Uy xo‘jaligining har qanday jamg‘ariladigan strategiyasi mustaqil bo‘lgan qanday uch qismdan tarkib topadi? Uy xo‘jaligi jamg‘arish strategiyasining qanday turlari bo‘lishi mumkin? Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadliligida qanday tendensiya paydo bo‘layapti va u nimada namoyon bo‘lmoqda? Uy xo‘jaliklari daromadlarining ta’rifini aytib bering. Eng umumiy ko‘rinishda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarini qanday ikki guruhga ajratish mumkin? 701 Korxonalar va tashkilotlar moliyasi bilan uy xo‘jaliklarining o‘zaro bog‘langanligi nimalarda ko‘rinadi? Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning mazmuni nimada? Davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromad va yakuniy (oxirgi) iste’molning miqdoriga qanday ta’sir qilishi mumkin? Ular qanday shakllarda amalga oshiriladi? Uy xo‘jaliklarining o‘zlari o‘rtasidagi (uy xo‘jaliklariaro) moliyaviy munosabatlar qanday hollarda vujudga keladi va moliyaning bu sohasiga nimalarni kiritish mumkin? Uy xo‘jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o‘zaro aloqalarini tushuntirib bering. Uy xo‘jaliklari moliyasi qanday funksiyalarni bajaradi? Uy xo‘jaliklari moliyasi taqsimlash funksiyasining mazmunini tushuntirib bering. Uy xo‘jaliklari moliyasining takror ishlab chiqarish funksiyasining mazmuni nimada? Qay hollarda uy xo‘jaliklari moliyasi nazorat funksiyasini bajaradi? Uy xo‘jaliklari moliyasi tartibga solish funksiyasining namoyon bo‘lishini qanday nuqtayi nazardan qarash maqsadga muvofiq? Uy xo‘jaliklari moliyasini tartibga solaverib, davlat, eng avvalo, qanday ishlarni amalga oshiradi? Uy xo‘jaliklari moliyasining rag‘batlantiruvchi funksiyasi nimalar orqali namoyon bo‘lishi mumkin? Uy xo‘jaliklari moliyasi ijtimoiy funksiyasining mazmunini tushuntirib bering. Uy xo‘jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko‘rsatishi nimalarga bog‘liq? Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering. Uy xo‘jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan normalar va qoidalarning tashqi omillarini bilasizmi? Uy xo‘jaligining moliyaviy xatti-harakatini tashkil etadigan ichki me’yorlar tizimi nimalarga bog‘liq? Uy xo‘jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash qanday manbalar hisobidan amalga oshiriladi? Uy xo‘jaligi resurslari dastlabki (boshlang‘ich) manbalarining tarkibini aytib bering. 700
dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yo‘llanmalar xarajatlari va tibbiy xizmatlarni to‘lash; kino, teatr va boshqa tomoshalar xarajatlari; passajir transportining barcha turlarini to‘lash xarajatlari; aloqa xizmatlarini to‘lash; qolgan boshqa xizmatlarni to‘lash. Majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallar uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlarining muhim elementi hisoblanadi. Bu xarajatlar, hozirgi sharoitda, o‘sish tendentsiyasiga ega bo‘lib, ular quyidagi omillar bilan bog‘langan: birinchidan, aholi tadbirkorlik tashabbusining kengayishi yakka tartibdagi tadbirkorlarning xo‘jalik va savdo faoliyatidan olinadigan (undiriladigan) soliq, boshqa majburiy to‘lovlar va yig‘imlarning ham ko‘payishi bilan kuzatilmoqda; ikkinchidan, sug‘urta tizimining rivojlanishi, notijorat sektorning o‘sishi (masalan, turli jamoatchilik tashkilotlari, birlashmalari va ittifoqlari), bir tomondan, sug‘urta bo‘yicha badallarni oshirsa, ikkinchi tomondan, notijorat tashkilotlarga ajratmalarni ko‘paytiradi; uchinchidan, iste’mol va ipoteka kreditining rivojlanishi uy xo‘jaliklari byudjetlarining xarajatlarida “ssudalarni qaytarish” va “tovar krediti bo‘yicha foizlar” moddalarining oshirilishiga olib keladi. Sug‘urta bozorining intensiv rivojlanishi, bank xizmatlari amaliyotida iste’mol krediti va u bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarning kengayishi natijasida kelajakda uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlarining bu yo‘nalishlari faqat o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy bozorning rivojlanishi va pensiya tizimining isloh qilinishi uy xo‘jaliklari byudjetlarida “pensiya fondiga sug‘urta badallari” xarajatlar moddasining ham o‘sishiga olib keladi. Uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlar qismining majburiy to‘lovlarida soliqlar va yig‘imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy xo‘jaliklari daromadlarining soliqqa tortilishi ular real daromadlarini qisqartiradi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, davlat moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning daromadlari va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni yechishga xizmat qiladi. Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining turli byudjetlari darajalarida daromadlarning yetarli tushishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqlar daromadlardan ratsional foydalanishni rag‘batlantirish va ularni shakllantirish yo‘llari bilan uy xo‘jaliklari byudjetlarining tarkibiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Uchinchidan, soliqlar vositasida daromadlarning bir qismi jamiyat va uy xo‘jaliklarining sotsial muammolarini yechish uchun qayta taqsimlanadi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq mamlakat fuqarolari daromadlaridan, mol-mulkidan (shu jumladan, yer solig‘i va yer uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va yig‘imlar (masalan, ma’muriy jarimalar, jismoniy shaxslardan olinadigan xilma-xil mahalliy yig‘imlar) va davlat bojlarini to‘laydi. Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari va xarajatlarining balansida majburiy to‘lovlar sifatida hisobga olinmaydigan egri (bilvosita) soliqlar ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki bu soliqlar (aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona bojlari va boshqalar) tovar bahosining tarkibida bo‘lib, ular tovar sotib olinayotganda to‘lanadi. Tovarlar bahosining darajasini faqat egri (bilvosita) soliqlar oshirib qolmasdan, balki bog‘langan (tashkil qilingan) shakllari rolini ko‘tarish va moliyaviy oborotga (aylanmaga) “aholi qo‘lidagi pullarning o‘sishi” moddasi bo‘yicha mablag‘larni kiritish; jamg‘armalarni investitsion resurslarga aylantiradigan (transformatsiya qiladigan) institutlar va instrumentlarni rivojlantirish. Buning uchun bank va moliya xizmatlarini diversifikatsiya qilish va kengaytirish, eng avvalo, badalli investitsion fondlar va sug‘urta kompaniyalari singari jamoa investorlari institutlari rivojlanishini yangi sifat darajaga o‘tkazish, korporativ obligatsiyalar bozorini shakllantirish kerak va h.k.; yaxlit olgan holda investitsion iqlimni va jamg‘armalar bozorining investitsion muhitini yaxshilash. Bu yo‘nalish bo‘yicha investitsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirishning roli yuqori bo‘lmog‘i lozim. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling