Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy mexanizm
- Moddiy xarajatlar
- Mehnat haqi xarajatlari
- Meros
Moliyaviy nazorat - moliyaviy boshqaruv tizimining elementlaridan biri, barcha iqtisodiy subyektlarning (davlat, hududiy-ma’muriy bo‘linmalar, korxona va tashkilotlar) moliyaviy faoliyati moliyaviy-xo‘jalik qonunchiligiga rioya etilishi, amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqli, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining iqtisodiy samaradorligi ustidan amalga oshiriladigan qiymatiy nazoratning alohida sohasi.
Moliyaviy mexanizm – moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning davlat tomonidan o‘rnatilgan shakllari, turlari va metodlari tizimi. Davlat tomonidan tartibga solishning darajasiga bog‘liq ravishda ikkiga bo‘linadi: direktiv moliyaviy mexanizm va tartibga soluvchi moliyaviy mexanizm. Direktiv moliyaviy mexanizm davlat bevosita ishtirok etadigan munosabatlar (soliqlar, davlat krediti, byudjet jarayoni va boshqalar) bilan bog‘langan. Tartibga soluvchi moliyaviy mexanizm esa, davlatning manfaatlariga to‘g‘rida-to‘g‘ri ta’sir etmaydigan moliyaviy munosabatlardan (masalan, korxona ichki-xo‘jalik faoliyatini tashkil etish) foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab (aniqlab) beradi. Moddiy xarajatlar – xom-ashyo va asosiy materiallar, yordamchi materiallar, yoqilg‘i, energiya va boshqa xarajatlardan iborat. Moddiy resurslarning qiymati ularni sotib olish bahosi (qo‘shilgan qiymat solig‘isiz), ta’minot va tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to‘lanadigan ustamalar, komission mukofotlar boj to‘lovlari, tovarlar birjasining xizmat qiymatlari, tashish, saqlash va etkazib berish haqlarining yig‘indisidan tashkil topadi. Mehnat haqi xarajatlari – asosiy ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi mukofotlari, rag‘batlantiruvchi va tiklovchi (qoplovchi) to‘lanmalar, natural haq sifatida beriladigan mahsulotlarning qiymati, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha xodimlarga beriladigan mehnat haqi va boshqa to‘lanmalarni o‘z ichiga oladi. Meros – qonun yoki vasiyatga muvofiq merosxo‘rlik asosida qabul qilinadigan mulk. Merosxo‘rlar – qonunga muvofiq ikki toifaga bo‘linadi: 1) birincha darajali (navbatdagi) merosxo‘rlar – vafot etgan shaxsning bolalari, xotini (eri), ota-onasi, vafot etgandan so‘ng tug‘ilgan farzand; 2) ikkinchi darajali (navbatdagi) merosxo‘rlar – vafot etgan shaxsning aka-ukalari, opasingillari, ota yoki ona tomonidan bobosi va momosi. Ikkinchi darajali (navbatdagi) merosxo‘rlar qonun bo‘yicha birinchi darajali (navbatdagi) merosxo‘rlar bo‘lmaganda, ular tomonidan meros qabul qilinmaganda yoki vasiyatchi tomonidan ular meros qabul qilish huquqidan mahrum etilganda merosni qabul qilishga chaqiriladilar. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling