Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet230/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Muomala xarajatlari – mahsulotlar muomalasi jarayoniga xizmat qiluvchi xarajatlardan iborat. Ular ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 1) oldi767
jarayonida ijtimoiy maqsadlar uchun nobyudjet fondlarga, mehnat haqi fondiga bog‘langan va mahsulot tannarxining tarkibiga kiritiladigan to‘lovlarning tegishli qismi tarkib topadi: pensiya fondiga, majburiy tibbiyot sug‘urtasi fondiga va h.k.
Maqsadli byudjetdan tashqari (nobyudjet) fondlar - qarang:
Byudjetdan tashqari (nobyudjet) fondlar.
Maqsadli xorijiy kredit - loyihalarning maqsadlariga muvofiq ravishda tovarlar, ishlar va xizmatlarning haqini to‘lash yo‘li bilan mablag‘larni xorijiy valyutada qaytarilish va tiklash asosida taqdim etilishini ko‘zda tutgan holda hukumatning tashqi qarz olish Davlat dasturiga kiritilgan loyihalarini moliyalashtirish shakli. Ular xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va firmalarining kreditlariga bog‘langan kreditlarni va xalqaro moliyaviy tashkilotlarning nomoliyaviy kreditlarini o‘ziga qamrab oladi.
Ma’muriy javobgarlik – ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar javobgarligining shakllaridan biri. Moliya – davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni yaratish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi.
Moliya yili - birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr.
Moliyaviy tizim – davlat va korxonalar pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish shakllari va metodlari tizimi.
Moliyaning funksiyalari – moliya mohiyatining amalda namoyon bo‘lishi. Uning taqsimlash va nazorat funktsilari mavjud.
Moliyaviy resurslar – davlat va korxonalar pul mablag‘lari maqsadli fondlarining majmui. Ular o‘sishining asosiy sharti milliy daromadning ko‘payishidir. Mamlakatning moliyaviy resurslari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tuziladigan yig‘ma moliyaviy balansda o‘z ifodasini topadi. U o‘z ichiga davlat byudjet tizimi, hukumatning nobyudjet fondlari va turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning (amortizatsiya va ularning ixtiyoriga qoladigan foyda summasi) resurslarini qamrab oladi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling