Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Aylanma mablag‘larni me’yor (norma)lashtirish


Download 1.64 Mb.
bet71/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

11.3. Aylanma mablag‘larni me’yor (norma)lashtirish
Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foydalanishni tashkil qilish uchun unga nisbatan bo‘lgan ehtiyojni aniqlash usullari va rejalashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ular zaxiralarining harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish xususida o‘ylamoq, aylanma kapital va uni shakllantirish manbalaridan samarali foydalanish, materiallarning sarflanishi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak.
Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma mablag‘lar quyidagi ikki ikki guruhga bo‘linadi:

  • me’yor (norma)lashtiriladigan aylanma mablag‘lar;

  • me’yor (norma)lashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar.

Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag‘larga aylanma ishlab chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari kiradi. Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar esa ombordagi tayyor mahsulot zaxiralaridan tashqari muomala fondlarining barcha elementlarini o‘z tarkibiga oladi. Aylanma kapitalning o‘lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma mablag‘larning rejalashtirilishi amalga oshiriladi.
Moddiy aylanma mablag‘larni rejalashtirishning asosini normativ usul tashkil etadi. Unga ko‘ra aylanma mablag‘larning normativi belgilanadi, transport, sug‘urta, tayyorgarlik, texnologik, joriy zaxiralarni ham qo‘shgan holda zaxiralar normalashtiriladi, moddiy resurslarning barcha ko‘rinishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar normasi o‘rnatiladi.
Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. Dastlab, aylanma mablag‘larning har bir elementi bo‘yicha ishlab chiqarish zaxiralarining normasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish zaxiralarining me’yori ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy asoslangan rejali hajmidan iborat bo‘lib, u eng avvalo, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi XYuS ish sharoitiga bog‘liq:

  • ishlab chiqarish siklining uzoq-yaqinligi;

  • ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri;

  • mol yetkazib beruvchilarning uzoqligi;

  • mol yetkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi;

  • materiallar sifati;

  • hisob-kitoblar tizimi;

  • va boshqalar.

Norma (me’yor) normalashtiriladigan moddiy resurslarga (ularning har bir turi bo‘yicha) bo‘lgan o‘rtacha kunlik ehtiyojlarning hajmi va mol yetkazib berishlar o‘rtacha intervali (oraliq)ning uzunligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda o‘rnatiladi (belgilanadi). Demak, agar ana shu oraliq, masalan, 24 kunga teng bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu kunlar oralig‘ida ishlab chiqarish siklining normal (sog‘lom) rivojlanishini ta’minlashga yetarli bo‘lmog‘i lozim.
Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko‘rinishdagi tovar-moddiy boyliklar xarajatlarining normasi (me’yori) asosida normalashtiriladigan zaxiralarni yaratish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larning hajmi aniqlanadi. Agar me’yor kunlarda aniqlansa (belgilansa), u holda aylanma mablag‘larning normativi XYuSning sog‘lom (normal) faoliyat ko‘rsatishi uchun minimal darajada zarur bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarning pulda ifodalangan rejalashtirilgan zaxiralaridan iboratdir.
Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslashtiriladigan aylanma mablag‘lar normativining formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling