Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.64 Mb.
|
moliya (1)
Mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar chorak davomida tannarx bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini tegishli chorakdagi 90 kunga bo‘lib topiladi. Ishlab chiqarish siklining davomiyligi (uzoqligi) quyidagilar bilan belgilanadi: xomashyo va materiallar; sotib olingan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar; yoqilg‘i; texnologik maqsadlar uchun elektroenergiya; - va boshqalar. b) mehnat haqi xarajatlari; tasdiqlangan yagon ijtimoiy soliq stavkasiga muvofiq ravishda ish haqi fondiga hisoblashlar; asosiy vositalarning amortizatsiyasi; boshqa xarajatlar: ijara haqi; majburiy sug‘urta to‘lovlari; - tannarx tarkibiga kiritiladigan soliqlar; - va boshqalar. Iqtisodiy elementlar xarajatlarning bir xil ko‘rinishlari bo‘lib, ular mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda aniq bir rolni o‘ynaydi. Xarajatlarning iqtisodiy elementlarga bo‘linishidan mahsulot barcha hajmini ishlab chiqarish xarajatlarining smetasini tuzishda foydalaniladi. Tannarxning elementli tarkibiy tuzilmasi xarajatlar u yoki bu ko‘rinishi salmog‘iga bog‘liq ravishda sanoatning tarmoqlari bo‘yicha farqlanadi. Agar moddiy (material) sig‘imli tarmoqlarda mahsulot tannarxining tarkibida moddiy xarajatlar hal qiluvchi o‘rinni egallasa, mehnat sig‘imli tarmoqlarda esa asosiy hissa mehnat haqiga to‘g‘ri keladi. Energiya sig‘imli tarmoqlar ham mavjud bo‘lib, ularning tannarxida energetika resurslarining xarajatlari (rangli metallurgiya, ximiya sanoati, yengil metallarni ishlab chiqarish) katta salmoqni egallaydi. O‘z navbatida, fond sig‘imli tarmoqlarda katta salmoq asosiy fondlarning amortizatsiyasi va ularni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga to‘g‘ri keladi. Kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha xarajatlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: xomashyo va materiallar; qaytariluvchi chiqindilar; texnologik maqsadlar uchun yoqilg‘i va energiya; asosiy ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qo‘shimcha ish haqlari; yagona ijtimoiy soliqqa hisoblashlar; 269 ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan; iqtisodiy elementlariga ko‘ra; kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha; mahsulot tannarxiga o‘tkazilish usuliga muvofiq; • davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab; va boshqalar. Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar quyidagi guruhlarga klassifikatsiya qilinadi: doimiy (o‘zgarmaydigan) xarajatlar; o‘zgaruvchan xarajatlar. Doimiy (o‘zgarmaydigan) xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu xarajatlar, hatto XYuS ishlamay turgan hollarda ham yoki uning tashkil qilinish davrida ham mavjud bo‘ladi. Bunday xarajatlarning qatoriga o‘z asosiy fondlarining amortizatsiyasi, binolarning ijarasi, ma’muriyat va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga ish haqi, soliqlarning ayrim ko‘rinishlari va boshqalar kiradi. O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan proportsional ravishda o‘zgaradi. Bunday xarajatlarning tarkibi xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, texnologik ehtiyojlar uchun yoqilg‘i va energiya, asosiy ishchilarning ish haqlari va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan iborat. Bir vaqtning o‘zida XYuS xarajatlarining doimiy (o‘zgarmaydigan) xarajatlar va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linishi shartli xaraktyerga ega. Buning sababi shundaki, uzoq vaqt davomida XYuSning barcha xarajatlari o‘zgaradi. Shuning uchun ham ular ko‘p hollarda shartli-doimiy (shartlio‘zgarmaydigan) va shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar deb yuritiladi. Xarajatlarning bunday bo‘linishidan zarar (ziyon)sizlik tahlil qilinganda, ishlab chiqariladigan mahsulotning tarkibiy tuzilmasini optimallashtirishda va moliyaviy rejalashtirishni amalga oshirish (o‘tkazish)da foydalaniladi. Doimiy (o‘zgarmaydigan) xarajatlar va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisi mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining umumiy summasini tashkil etadi. Iqtisodiy elementlariga ko‘ra xarajatlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: a) moddiy xarajatlar: 268 bevosita ishlov berish jarayoniga tegishli vaqt (texnologik zaxira); ishlov beriluvchi buyumlarning ish joylarida joylashishi (transport zaxirasi); aylanma zaxirasi (ishlov berish operatsiyalari oralig‘idagi vaqtlar); sug‘urta zaxirasi (uzilishlar sodir bo‘ladigan vaziyatlar uchun). Xarajatlarning o‘sib borish (jamlanib borish) koeffitsienti tugallanmagan ishlab chiqarishdagi buyum o‘rtacha tannarxining ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasiga nisbati bilan aniqlanadi. Albatta, zaxiralarni mohirona boshqarish menejment va XYuS ishlab chiarish xodimlaridan inflyatsiyani hisobga olishni, sifat va chiqariladigan tovarning bozorda talabgir ekanligi ustidan uzluksiz nazorat olib borishni, bahosi va iste’mol belgilariga (xususiyatlariga) ko‘ra XYuS tomonidan chiqariladigan mahsulotlarning iste’molchilar talabiga qarab o‘zgarishini qondirishni talab qiladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling