Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet73/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

N = E x (U1 + U2 ) : 2 x B
Bu yerda: N – aylanma mablag‘larning normativi;
E – aylanma mablag‘larga bo‘lgan kunlik
ehtiyoj;
U1+ U2 – navbatdagi ikki mol yetkazib berish- larning kunlardagi uzunligi;
B – aylanma mablag‘ birligining bahosi.
Aylanma mablag‘larning har bir elementlari bo‘yicha normativning alohida hisoblanishi natijasida xususiy normativlar vujudga keladi. O‘z navbatida, barcha xususiy normativlarni qo‘shish natijasida yig‘ma (jamlangan) normativ hosil bo‘ladi. Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha zaxiralarning kunlik (kundagi) normasi quyidagi zaxiralar summalarini inobatga olib o‘rnatiladi
(belgilanadi):

  • transport zaxirasi;

  • tayyorlov zaxirasi;

  • texnologik zaxira;

  • joriy zaxira;

  • sug‘urta zaxirasi.

Transport zaxirasi yukning yo‘ldagi kunlari va shu yuk uchun hujjatlarni to‘lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o‘z ichiga oladi. Tayyorlov zaxirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajratish, ortish-tushirish, komplektatsiya qilish, moddiy resurslarni maxsus qayta tiklash va h.k.lar bog‘liq. Bu zaxira norma yoki haqiqatda sarflangan vaqt asosida o‘lchanadi.
Texnologik zaxira ishlab chiqarish texnologiyasiga bog‘liq va texnologik normalar asosida hisoblanadi.
Asos sifatida joriy maksimal ombor zaxirasi olinadi, chunki u materiallarni navbatdagi ikki yetkazib berish intervali o‘rtasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Maksimal joriy zaxira materiallarga bo‘lgan o‘rtacha kunlik ehtiyoj va navbatdagi ikki mol yetkazib berish intervali o‘rtasidagi uzunlikning (davomiylikning) ko‘paytmasiga teng. Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish hajmining o‘sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab qiladi. Shuningdek, maksimal joriy zaxira ishlab chiqarishning bir maromdaligini (ritmligini) ta’minlash uchun har doim biroz o‘zgartirilishi kerak. Sug‘urta zaxirasi rezerv sifatida, odatda, joriy ombor zaxirasining 50% doirasida qabul qilinadi.
Shunday qilib, zaxiraning kunlardagi normasi transport zaxirasi, tayyorlov zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug‘urta zaxiralarining summasiga teng bo‘lgan summalar yig‘indisidan iborat.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha aylanma mablag‘larni norma (me’yor)lashtirish buyumlarning guruhlari bo‘yicha amalga oshiriladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:





Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling