Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


-BOB. DAVLATNING BYUDJETDAN TASHQARI


Download 1.64 Mb.
bet151/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

21-BOB. DAVLATNING BYUDJETDAN TASHQARI
JAMG‘ARMALARI
21.1. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarining ijtimoiy iqtisodiy
mohiyati va ahamiyati
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar yig‘indisidir. Ular alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi. Bu jamg‘armalarni moliyaviy mablag‘larining shakllanishi, taqsimlanishi va resurslardan maqsadli foydalanishi bevosita moliyaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtiriladi va tartibga solinadi.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatiga ko‘ra, muayyan bir aholi qatlami yoki investitsion dastur ehtiyojlarini nazarda tutib, mamlakatda yaratilayotgan milliy daromadni qayta taqsimlash orqali tashkil etiladi. Davlat umumjamiyat ahamiyatiga molik bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy choratadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarda shakllanayotgan moliyaviy resurslarning bir qismini byudjetdan tashqari jamg‘armalari ixtiyoriga moliyaning taqsimlash funksiyasi orqali jalb qiladi.
Tarixiy ma’lumotlarning darak berishicha, davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarining dastlabki shakllari hozirgi davlatchilikning yagona markazlashgan fondi hisoblangan davlat byudjetidan avval maxsus jamg‘arma ko‘rinishida shakllangan. Ma’lumki, davlatning jamiyatni boshqarish sifatida faoliyat ko‘lami kengaygan sari uning xarajatlarga bo‘lgan talabi ham oshib boravergan. Ushbu xarajatlarni moliyalashtirish uchun davlat yoxud uning vakolatiga ega bo‘lgan muayyan organ moliyaviy mablag‘larni maxsus jamg‘armalarda markazlashtirgan va maqsadli obyektlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirgan. Shuni alohida qayd etish joizki, o‘sha paytlar markazlashgan Davlat fondlari davr taqozosiga muvofiq, vaqtinchalik xarakteriga ega bo‘lgan. Ya’ni davlat zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib, moliyalashtirishni tugatgandan keyin ushbu jamg‘armalar
491

  • Respublika (Qoraqalpog‘iston), viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarning moliya organlari shahar, tuman byudjetining hisobot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni kimlarga taqdim etishi kerak?

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya organlari tegishli byudjetlarning hisobot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni kimlarga va qaysi organ belgilagan muddatlarda taqdim etmog‘i lozim?

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarning davlat byudjetiga hisobot davridagi tushumlari to‘g‘risidagi hisobotni qanday muddatda va kimga taqdim etishlari shart?

  • Byudjetdan tashqari davlat maxsus jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar hisobot davrida davlat maqsadli jamg‘armalariga mablag‘lar tushumi va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni kimga va qanday organ belgilagan muddatlarda taqdim etishi lozim?

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qachondan kechiktirmay taqdim etishi kerak?

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaysi muddatgacha taqdim etishi mumkin?

  • Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot kim (qanday organ) tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi?

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar kimlar tomonidan (qanday organ) ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi?

490
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek‚ tumanlar va shaharlar
Kengashlariga taqdim etadi.
Tegishli byudjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish muddatlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek‚ tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan belgilanadi. Tegishli byudjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek‚ tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar guruhlari va qo‘mitalarida muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi.
Tegishli hisobot davri uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar guruhlari va qo‘mitalarida ko‘rib chiqilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng hisobot yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy vebsaytiga joylashtiriladi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling