O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan yagona ijtimoiy to‘lovlardan ajratmalar;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat huquq mehnat inspektorlari va davlat texnik inspektorlari, shuningdek, mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni buzganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan ma’muriy undiruvlar summasi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy tuzilmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va imoratlarni sotishdan tushgan mablag‘lar, mulkni baholash va sotish bo‘yicha aniq xarajatlardan tashqari, to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan nodavlat tashkilotlari xorijga ishga yuborilgan har bir fuqaro uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavka bo‘yicha Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga mablag‘lar o‘tkazadilar;
ta’sischi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda barcha soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar to‘langanidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi davlat unitar korxonalarida qoladigan sof foydaning bir qismi;
qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda mehnat daftarchalari blanklarini sotishdan olingan daromadlar;
Bandlik jamg‘armasining bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida va boshqa moliya tuzilmalarida joylashtirishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya yordamlari; • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
510
etiladi. Davlat maqsadli jamg‘armalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamg‘armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |