Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet155/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

21.2. Pensiya jamg‘armasi


Umumdavlat moliyasi tarkibidagi bo‘g‘inlar ichida davlat byudjetidan keyin hajmi va iste’molchilarni qamrab olish ko‘lami hamda ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan markazlashgan jamg‘armalardan biri bu byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respub-likasi ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Pensiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 459-sonli qaroriga muvofiq asos solingan. Har bir yangi tashkil etilgan markazlashgan jamg‘arma oldiga muayyan maqsad qo‘yilgani bois, ushbu jamg‘arma oldiga ham zarur maqsad qo‘yildi. Jumladan, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bosh maqsadi – davlat tomonidan kafolatlangan pensiya ta’minoti tizimida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, daromadlarga mo‘ljallangan majburiy badal, yig‘im va ajratmalarni to‘liq yig‘ilishini ta’minlash, shuningdek, aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish uchun moliyalashtirish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida va to‘liqligicha ta’minlashga erishish hisoblanadi.
2019-yil 1-yanvar holatiga binoan, O‘zbekiston Respublikasida pensionerlar soni – 3485869 nafarni tashkil etdi. Shundan: 2618503 nafar yoshga doir pensionerlar; nogiron pensionerlar 370626 nafar va boquvchisini yo‘qotgan pensionerlar 173922 nafarni tashkil etmoqda. Ushbularni ijtimoiy himoya qilish va manzilli yordam berish, o‘z navbatida, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini tashkil etishga asos bo‘ladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining asosiy vazifalaridan biri O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3- sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunini hayotga tatbiq etishga qaratilgan. Qayd etilgan qonunning 2-moddasida quyidagi ko‘rinishdagi davlat pensiyalari zikr etilgan:

  • yoshga doir;

  • nogironligi bo‘yicha;

  • boquvchisini yo‘qotganligiga ko‘ra.

1995-yil 20-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1289–sonli Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonda 1996-yil 1- yanvardan boshlab, ishlayotgan, xizmat ko‘rsatayotgan va ish bajarayotgan pensionerlar uchun mo‘ljallangan, belgilangan pensiyaning 50% to‘lanishi nazarda tutilgan. Shuni alohida qayd etish joizki, ushbu tartib 2019 moliya yilidan boshlab bekor qilindi. Endilikda, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yoxud shularga tenglashtirilganlar, I va II-guruh nogironlari, Chernobil halokatini bartaraf etishda ishtirok etgan, shuningdek hukumat qarorlariga ko‘ra alohida kasb egalari bo‘lgan (masalan, shifokorpensionerlar, mudofaa, ichki ishlar, favquloddagi vaziyatlar, milliy gvardiya, milliy xavfsizlik, bojxona tizimidagi pensionerlar, umumta’lim muassasalari va maktabgacha tarbiya muassasalarida faoliyat olib borayotgan pensionerlar, mahalla oqsoqoli va boshqalar) ishlayotgan pensionerlar kabi ishlayotgan barcha pensionerlar to‘liq 100% miqdorda olinishi belgilandi96.
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 14-yanvardagi 9-son qaroriga asosan Pensiya jamg‘armasining O‘zbekiston jumhuriyat bo‘limi tashkil etilgan. Ijtimoiy ta’minot tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish hamda ijtimoiy sug‘urta mablag‘larining to‘g‘ri va samarali sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining 1993-yil 4-avgustdagi 391-son qaroriga muvofiq, sobiq SSSR Pensiya jamg‘armasining O‘zbekiston Respublika bo‘limi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilgan. Unga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tizimidan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha, farzand tug‘ilganda, dafn etishga beriladigan nafaqalarni to‘lashga yo‘naltiriladigan davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari berilgan. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti uchun majburiy badallarning to‘liq kelib tushishi hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha pensiya va nafaqalarni to‘lashga xarajatlarni o‘z vaqtida moliyaviy ta’minlash uchun ijtimoiy ta’minot organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 31-dekabrda qabul qilindi. Ushbu Qaror jamg‘arma daromadlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanishini muvofiqlashtirib turuvchi me’yoriy hujjat bo‘lib hisoblandi. Davr o‘tishi bilan va bozor iqtisodiyoti prinsiplari va qonunlari milliy iqtisodiyotga bosqichma-bosqich joriy etishi jadallashishi bilan birga, bandlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga ham mos ravishda ijobiy o‘zgarishlar hamda qo‘shimchalar kiritilib borildi.
1998-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunni qabul qilinishi va hayotga tatbiq etilishi Bandlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mavqeini yanada kuchaytirishga turtki bo‘ldi. Chunki qonunning 6-moddasida mehnat qilish huquqi kafolati deb nomlanishining o‘ziyoq jamg‘armani yanada takomillashtirishga, resurslarini maqsadli ishlatilishiga zamin yaratdi.
2003-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikni qo‘llabquvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash bo‘yicha 173sonli Qarori e’lon qilindi. Mazkur Qaror bevosita “Aholi bandligi to‘g‘risida” va “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi (hozirgi kunda ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”ning qabul qilinishi munosabati bilan bekor qilingan) qonunlar negizida ishlab chiqildi.
2016-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 117-sonli Qarori qabul qilinib, unga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilindi hamda unga muvofiq jamg‘armaning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari belgilanib olindi.
2017-yil 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 3001sonli Qarori qabul qilindi va unda O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari va mablag‘larini sarflashning asosiy yo‘nalishlari qayd etildi.
509

  • o‘z vakolatlari doirasida ijro etuvchi direktorning o‘rinbosarlari hamda hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari Jamg‘arma o‘rtasida lavozim vazifalarini taqsimlaydi;

  • o‘z vakolatlari doirasida hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari Jamg‘arma tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, yo‘riqnomalar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

  • belgilangan mehnatga haq to‘lash fondi va xodimlarning soni doirasida ijro etuvchi apparatning shtatlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritadi va uni tasdiqlaydi, Jamg‘armaning tarkibiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;

  • Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati xodimlarini, Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalarining boshliqlari o‘rinbosarlarini, Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

  • pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi yuritilishini, statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini va belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;

  • Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga va boshqa moliyaviy vositalarga

joylashtiradi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar va vakolatlarni amalga oshiradi.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling