Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet179/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

23.3. Davlat kreditini boshqarish
Davlat kreditini boshqarishni keng va tor ma’nolarda ko‘rib chiqish mumkin. Keng ma’noda davlat kreditini boshqarish deyilganda qarzdor, kreditor va garant (kafil) sifatida davlatning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan uning moliyaviy siyosati yo‘nalishlaridan birini shakllantirish tushuniladi.
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishlaridan biri sifatidagi davlat kreditini boshqarish davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari qo‘lidadir. Faqat ular byudjet defitsitining umumiy hajmini va demak, uni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan qarzlarning hajmini, pul muomalasi, kredit, ishlab chiqarish, aholi bandligiga ta’sir qilishning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlarini hamda kichik biznes va mamlakat ayrim mintaqalarini qo‘llab-quvvatlash
574
Agar oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad miqdori joriy davrda belgilangan eng kam ish haqining 1,5 barobaridan kam bo‘lsa, maxsus komissiya oilaning moddiy va mulkiy holatini tekshirish sanasini belgilaydi.
Ikkinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan boshlab o‘n kun muddatda oilaning moddiy va mulkiy holatini o‘rganib chiqadi, shundan keyin tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi xulosani fuqarolar yig‘iniga yoki Komissiyaga kiritadi.
Uchinchi bosqichda ariza berilgan oyning oxirgi kunidan kechikmay, maxsus komissiyaning xulosasi inobatga olingan holda, ariza tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash va to‘lash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun fuqarolar yig‘ini yoki Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi.
Agar oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadlari to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlarda daromad summasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki eng kam oylik ish haqining 2,5 baravaridan kam summa ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda oilaning o‘rtacha oylik jami daromadini hisoblash uchun daromadni normativdan past ko‘rsatgan yoki daromadi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmagan oila a’zolarining har biriga nafaqa yoki moddiy yordamga murojaat qilingan oyda belgilangan eng kam oylik ish haqining 2,5 baravariga teng bo‘lgan normativ daromad miqdori qabul qilinadi. Ushbu qoida bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bilan band bo‘lgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga), ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga (mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni amalga oshirish hollari bundan mustasno), ishlamaydigan pensionerlarga, amalda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zosiga, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarida ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam fuqarolar yig‘ini yoki Komissiyaning qarori bayonnomasi asosida to‘lanadi. Tegishli nafaqalar va moddiy yordamni to‘lash Xalq bankining bo‘linmalarida (filiallarida) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maxsus bank hisob raqamlariga o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining tegishli iqtisodiy tasnifi bo‘yicha aks ettirilgan holda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling