Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet251/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Soliq asosi, negizi (bazasi) – umumiy holda belgilangan soliqqa tortish davri mobaynida ma’lum hududdagi soliq to‘lovchilar va soliqqa tortish obyektlarining yig‘indisi.
Soliq og‘irligi (yuki, “zulmi”) - davlat va jamiyat hayotida soliqlarning rolini xarakterlab (ko‘rsatib) beradigan eng umumlashgan ko‘rsatkich. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi va daromadlarda soliq ajratmalarining salmog‘ini (hissasini) ko‘rsatuvchi, bozor iqtisodiyotining amalga oshirilayotgan modelidan kelib chiqadigan o‘lcham. Soliq yig‘imlarining jami milliy mahsulotga (yalpi ichki mahsulotga) nisbati bilan aniqlanadi.
Soliq imtiyozi - soliq to‘lovchi soliq majburiyatlari hajmining to‘liq yoki qisman qisqarishi, to‘lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga surilishi. Soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyozlari tizimi orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa tortish obyektining o‘zgarishida, Uning summasi mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining tarkibiga kiritiladi.
To‘g‘ri (bevosita) soliqlar – daromad solig‘i, foyda solig‘i, resurs to‘lovlari, mol-mulk solig‘i va boshqalardan iborat bo‘lib, ularga egalik qilish va ulardan foydalanish soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. To‘g‘ri (bevosita) soliqqa tortish – shaxsan yoki ish beruvchi orqali soliqlarni soliq xizmatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lash orqali amalga oshiriladigan jamiyat a’zolarini bevosita soliqqa tortishdan iborat. Aniq bir shaxsning ahvoliga bog‘liq bo‘lmasdan, balki uning qanday mahsulotlarni sotib olishiga bog‘liq bo‘lgan egri (bilvosita) soliqqa tortishdan farq qiladi. To‘lov balansi - ma’lum bir davr (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida mamlakat tomonidan xorijga to‘langan to‘lanmalar va xorijdan olingan to‘lovlar o‘rtasida nisbat. O‘z ichiga tegishli davrda mamlakat tovarlari eksporti va importi qiymatlarini ifodalovchi savdo balansini, xizmatlar balansini va notijoriy to‘lovni oladi. Bularning barchasi joriy operatsiyalar bo‘yicha to‘lov balansini shakllantiradi. Mamlakatning umumiy to‘lov balansi esa joriy operatsiyalar bo‘yicha to‘lov balansi, kapitallar va kreditorlar harakati balansi, shuningdek, oltin va valyuta rezervlari harakati balansidan tashkil topadi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling