Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Real soliq – soliq to‘lovchining ayrim mulklarini soliqqa tortadigan to‘g‘ri soliqlardan iborat. Regressiv soliq


Download 1.64 Mb.
bet250/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Real soliq – soliq to‘lovchining ayrim mulklarini soliqqa tortadigan to‘g‘ri soliqlardan iborat.
Regressiv soliq – soliqqa tortiladigan daromadning oshishi bilan soliq stavkasining pasayishi xarakterlidir. Bunday soliqlar toifasiga, xususan, egri (bilvosita) soliqlarni kiritish mumkin. Regressiv soliqlarning yuki (og‘irligi) boylarga nisbatan kambag‘al qatlamlar uchun og‘irroq deb sanaladi. Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash uchun kambag‘allar boylarga nisbatan o‘z daromadlarining ko‘proq qismini (hissasini) sarflaydilar. Proportsional soliq ham regressiv bo‘lishi mumkin.
Regressiv soliqqa tortish – soliq asosi (bazasi)ning o‘sib borishi bilan soliq stavkasining pasayishini taqoza etadi. Soliq undirish og‘irligi daromadga teskari prorportsionaldir: daromad qancha kam bo‘lsa, soliq to‘lovchi uchun soliqning og‘irligi shuncha og‘irdir. Hozirgi paytda qo‘shilgan qiymat solig‘ining joriy etilishi bilan egri (bilvosita) soliqlarning regressivligi kuchayib bormoqda.
Rezidentlar – kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam bo‘lmagan muddatda yashagan, O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va bo‘lmagan soliq to‘lovchilardan iborat. Shu mamlakatning rezidentlarining daromadlari (shu mamlakat hududida va undan tashqarida olinganlari ham) shu mamlakatda soliqqa tortilishi shart.
S
Soliqlar – qonunda belgilangan tartibdagi stavka bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlardan va fuqarolardan davlat tomonidan davlat yoki mahalliy byudjetga olinadigan majburiy to‘lovlar. Soliq, yig‘im, boj va boshqa to‘lovlar deyilganda qonuniy aktlar asosida belgilangan tartibda va shartlarda to‘lovchilar tomonidan tegishli darajadagi byudjetlarga yoki byudjetdan tashqari fondlarga majburiy badallarning to‘lanishi tushuniladi. Belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi.
Soliq to‘lovchilarni hisobga olish (qayddan o‘tkazish) - ularni xo‘jalik yurituvchi subyektning identifikatsiyalashuvini ta’minlaydigan soliq to‘lovchining Davlat reestriga kiritish orqali amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchilar majburiy ravishda soliq organlarida hisobdan (qayddan) o‘tishi shart. Bunda bank va boshqa kredit tashkilotlari soliq to‘lovchilar tomonidan ularning soliq organlarida hisobdan (qayddan) o‘tganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim etganlaridan so‘nggina ularga hisob-kitob va boshqa hisob varaqlarini ochishi hamda belgilangan muddat ichida ularga (soliq to‘lovchilarga) xabar berishi kerak. Ko‘rsatilgan talablar bajarilmagan holda bank va boshqa kredit tashkilotlarining rahbarlari belgilangan tartibda ma’muriy jazoga tortiladilar.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling