Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Pulli kapital daromadlaridan olinadigan soliq


Download 1.64 Mb.
bet246/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

Pulli kapital daromadlaridan olinadigan soliq – dividendlar, aksiya va obligatsiyalarning foizlari, bankdagi omonatlar bo‘yicha foizlar, zayomlar bo‘yicha yutuqlar va boshqa shunga o‘xshash bir necha daromadlardan olinadi. Avstriya, Kanada, Ispaniya, Fransiya kabi mamlakatlarda amal qiladi. Pulli kapitalning egasiga daromad berilayotgan paytda soliq ushlab qolinadi. Soliqning stavkasi 20%dan 40%gacha tebranadi.
Progressiv soliq – soliqqa tortish bazasining oshishi bilan soliq stavkasining ko‘tarilishi xarakterlidir. Progressiv soliqlarning orasida eng ko‘p uchraydigani daromad solig‘idir.
Progressiv soliqqa tortish – soliqqa tortiladigan summaning o‘sishiga mos ravishda soliq stavkasi ham ortadigan soliqqa tortish tizimi. Ular quyidagi shakllarda mavjud bo‘ladi: 1) oddiy progressiya – daromadning barcha summasi uchun soliqning stavkasi daromadning o‘sishiga muvofiq o‘sadi (ortadi); 2) murakkab progressiya – daromad qismlarga bo‘linadi va ularning har biri o‘z stavkasi bo‘yicha soliqqa tortiladi. Daromadning har bir keyingi qismi uchun soliqning stavkasi oldingisiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi.
Proportsional soliq – soliq shaklida olinishi mumkin bo‘lgan summa soliqqa tortish bazasining o‘lchamiga (miqdoriga, hajmiga) proportsionaldir. Bu soliq yagona stavkali soliqlar jumlasiga kiradi.
Proportsional soliqqa tortish – soliqning stavkasi soliq to‘lovchi daromadining hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda uning daromadiga nisbatan foizda o‘rnatiladi.
Preferentsiya – investitsion va innovatsion xarajatlarni moliyalashtirish uchun investitsion soliq krediti va maqsadli soliq imtiyozi ko‘rinishida belgilangan (o‘rnatilgan) imtiyoz, afzallik.
R
Respublika byudjeti – Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
ta’kidlangan byudjetlardan moliyalashtiriladi: fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bo‘yicha); ijtimoiy ta’minot; aholini ijtimoiy himoya qilish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash; iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjet tashkilotlarini saqlash; qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling