Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.64 Mb.
bet81/270
Sana17.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1209086
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   270
Bog'liq
moliya (1)

YaF к = T р - T т
Bu yerda: YaF к XYuSning yalpi foydasi;
T р – tovarlar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum;
T тsotilgan tovarlar, mahsulotlar va xizmatlarning tannarxi.
SOF к = YaF к - TX – BX
Bu yerda: SOF к – XYuSning sotuvdan olgan foydasi;
YaF к – XYuSning yalpi foydasi;
TX tijoriy xarajatlar;
BX – boshqaruv xarajatlari.
STF к = SOF к + BD – BX
Bu yerda: STF к - soliqqa tortilgunga qadar XYuSning foydasi;
SOF к - XYuSning sotuvdan olgan foydasi;
BD - boshqa daromadlar; BX - boshqa xarajatlar.
SF к = STF к - FOS
Bu yerda: SF к - XYuSning sof foydasi;
STF к - soliqqa tortilgunga qadar XYuSning foydasi; FOS - foydadan olingan soliq.
Foydadan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uning qolgan qismi XYuS tomonidan mustaqil ravishda taqsimlanadi va foydalaniladi. Foydaning bu qismi investitsion, ishlab chiqarish va sotsial xarakterdagi ehtiyojlarga sarflanishi mumkin. Uni taqsimlash jarayonida, albatta, XYuSning investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoji hisobga olinmog‘i lozim. Shuning uchun ham bozor konyunkturasini hisobga olgan holda foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish fondiga ajratmalarning miqdori aniqlanadi va ular kapital qo‘yilmalar, aylanma mablag‘larni ko‘paytirish, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlarini ta’minlash, yangi texnologiyalarni joriy etish uchun foydalaniladi. Foyda hisobidan rezerv fondi ham shakllantiriladi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik tavakkalchiliklarining darajasi keskin oshadi. Bu fond har yillik ajratmalar hisobidan tashkil qilinadi. Ajratmalarning miqdori esa XYuSning ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling