Aholining xududiy joylashuvini o`rganish


Download 207 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi207 Kb.
#1511169
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aholining hududiy joylashuvi


Aholining xududiy joylashuvini o`rganish

REJA:



1. Aholining zich joylashuvi to’g’risida tushuncha.
2. Aholining xududiy joylashuviga tasir etuvchi omillar.
3.Dunyo aholisining hududiy joylashuvi.
4.O’zbekiston aholisining hududiy joylashuvi va zichligi

1. Aholining zich joylashuvi to’g’risida tushuncha.
Aholi zichligi birlik maydon yoki hajmdagi aholi miqdoridir. Muhim geografik tushunchalardan biri. Har qanday tirik organizmlar uchun tushunilishi ham mumkin, biroq aholi zichligi deganda asosan faqat odamlar joylashuvi nazarda tutiladi.
Aholi zichligi — muayyan hududda aholining joylashuv darajasi. Mam-lakat yoki biror hudud (viloyat, tu-man) aholi sonini shu joy maydoniga (odatda 1 km² ga) taqsimlash bilan hisoblab chiqariladi. Odam yashaydigan quruqlikda oʻrtacha Aholi zichligi 1 km² ga qariyb 39 kishiga toʻgʻri keladi (1990-yillar boshi), mas, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Belgiyada 300 dan ziyod, Monakoda 15539,5 kishi, Avstraliyada Aholi zichligi juda past — 1 km² ga 2,3 kishi, Mongoliyada — 1,4 kishi (1992). Choʻl va baland togʻlarda 0,01 dan 1 kishigacha. Rossiya Federatsiyasi da A.3.1 km² ga 8,7 kishi (1990). Oʻzbekistonda A. Z. bir km² ga 54,7 kishi toʻgʻri keladi (1998). Umuman olganda dunyoning aholi zich yashaydigan rayonlarda, qariyb 7% maydonini egallagan quruqlikning odam yashaydigan qismi (oykumena)da Yer kurrasidagi jami aholining 70% ga qadar aholisi mujassamlashgan.
Jahon aholisi 7 milliarddan oshiq, Yerning jami maydoni (suv va quruqlik bilan birga) — 510 million kvadrat kilometr. Demak, butunjahon aholi zichligi 7 milliard ÷ 510 million = 13,7 kishi/km2. Agar faqat quruqlik hisobga olinsa (150 million km2), unda butunjahon aholi zichligi — 46,6 kishi/km2 (117.2 per sq. mile). Bunda Antarktida ham hisobga olingan; Antarktidasiz hisoblansa, koʻrsatkich yana oshadi — 50 kishi/km2. Yer yuzining yarmidan ortigʻi (choʻl, togʻ va hk) odamlar yashashi uchun juda noqulay boʻlgani va odamlar asosan suv havzalari yonida yashagani uchun, bu raqamlardan amaliy naf yoʻq.
Aholi demografiyasini oʻrganish uchun, avvalo, bir necha asosiy oʻlchovlar bilan tanishib olamiz. Ulardan biri shunchaki populyatsiyadagi organizmlar miqdori yoki populyatsiya soni – NN. Yana biri populyatsiya zichligi – hududdagi maʼlum bir oʻlchamdagi maydonga yoki hajmga toʻgʻri keladigan organizmlar sonidir.
Son va zichlik populyatsiyaning hozirgi holatini tavsiflashda va, ehtimol, kelajakda qanday oʻzgarishi mumkinligini taxmin qilishda muhimdir:

  • Katta populyatsiyalar kichik populyatsiyalarga qaraganda barqarorroq boʻlishi mumkin, chunki ular koʻproq genetik oʻzgaruvchanlikka ega va shu bois tabiiy tanlanish orqali atrof-muhit oʻzgarishiga moslanish uchun ularda koʻproq imkoniyat mavjud.

  • Organizmlar siyrak tarqalgan hududda yashovchi populyatsiyaning aʼzosi koʻpayish uchun juft topishda organizmlar zichroq tarqalgan populyatsiya aʼzosiga nisbatan koʻproq qiynalishi mumkin.
    Populyatsiya sonini topish uchun undagi barcha organizmlarni shunchaki sanab chiqsak-chi? Zoʻr boʻlardi! Ammo real vaziyatlarda buning doim ham iloji yoʻq. Masalan, polizingizda oʻsayotgan har bir oʻtni bittalab sanab chiqqan boʻlarmidingiz? Yoki Ontario koʻlidagi har bitta losos baligʻini-chi? Populyatsiyadagi barcha organizmlarni sanab chiqish vaqt va pul jihatidan juda qimmatga tushishi yoki shunchaki ilojsiz ham boʻlishi mumkin. Shu sabablarga koʻra, olimlar koʻpincha populyatsiyadan bir yoki bir nechta namunalarni olishadi va ushbu namunalar orqali populyatsiya toʻgʻrisida umumiy xulosa chiqarib, populyatsiya sonini hisoblab chiqishadi. Populyatsiyaning soni va zichligini aniqlash uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Bu yerda biz ikkita eng muhim usulni koʻrib chiqamiz: kvadrat va belgilab qayta tutish usuli.




Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling