Aholining xududiy joylashuvini o`rganish
O’zbekiston aholisining hududiy joylashuvi va zichligi
Download 207 Kb.
|
Aholining hududiy joylashuvi
O’zbekiston aholisining hududiy joylashuvi va zichligi
Aholining tabiiy va mexanik harakatidagi o„zgarishlar uning milliy, jinsiy va yosh tarkibiga ham ta‟sir ko„rsatadi. O„zbekiston ko„p millatli mamlakat, bu erda 100 dan ortiq millat va elat vakillari teng huquqli bo„lib yashaydilar. 1989 yilgi aholi ro„yxatiga muvofiq o„zbeklar jami aholining 71,4 foizini tashkil etgan. Hozirgi kunga kelib tashqi migratsiya natijasida O’zbeklarning ulushi yanada ko„payib 2013-yilga kelib 82,9 foizga etdi. O„zbekistonda Qoraqalpoqlar ikkinchi tub aholi hisoblanadi. Ularning umumiy soni 562,8 ming kishi bo„lib, mamlakat aholisining 2,5 foizini tashkil qiladi. Qoraqalpoqlarning asosiy qismi (95 foiz) Qoraqalpog„iston Respublikasida yashaydi. Respublikada qadimdan tojiklar ham juda ko„p, ular mamlakatimiz aholisining 4,8 foizini tashkil etadi. Tojiklar asosan Samarqand, Buxoro, Namangan viloyatlarida joylashgan. Tojiklar shuningdek, qisman Surxondaryo, Farg„ona, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlarida ham yashaydi. Qozoqlar-4,0 foiz ko„proq Qoraqalpogistonda, Toshkent va Navoiy viloyatlarida.Sobiq Ittifoq davrida mamlakatimizda ruslarning soni ancha ko„p edi. 1989-yilgi aholi ro„yxatiga ko„ra ruslar O„zbekiston aholisining 8,2 foizini tashkil etgan bo„lsa, 2013-yilga kelib bu raqam 2,7 foizgacha kamaydi. Respublikamizdan tashqariga ko„chib ketishi davom etmoqda. Bundan tashqari,mamlakatimizda qirg„iz, turkman, ukrain, tatar, boshqird, arman, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham bor. Ularning ko„pchiligi shahar joylarida istiqomat qiladi.Aholining jinsiy va yosh tarkibi muhim demografik ko„rsatkich hisoblanadi. Bunda mehnat resursining, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning, nafaqaxo„rlarning hozirgi va kelajakdagi soni ayniqsa, ahamiyatlidir.Aholining jinsiy va yosh tarkibi istiqbolni belgilash, aholini takror barpo qilish uchun ham zarur ko„rsatkich. Mamlakatda aholining jinsiy va yosh tarkibi ham ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ob‟ektiv sabablarga ko„ra o„zgarib turdi. 19 89 yilda o„tkazilgan aholi ro„yxati ma‟lumotlari bo„yicha O’zbekistonda aholining 51,6 foizini erkaklar va 48,4 foizini ayollar tashkil qilgan edi. Biroq, bu nisbat ikkinchi jahon urushi yillarida buzildi, ya‟ni erkaklar soni ob‟ektiv sabablarga ko„ra ancha kamaydi.2 jahon urushiga erkaklarni safarbar qilish natijasida aholining mutlaq miqdori bir million kishiga kamaydi va 1959 yilda o„tkazilgan aholi ro„yxati bo„yicha erkaklar soni 48 foizga tushib qoldi, ayni paytda ayollar umumiy 1-rasm. 01.01.2021-yil holati aholining 52 foizini tashkil qildi. BMT ma„lumotlariga ko„ra O„zbekiston aholisining yosh tarkibi dunyo aholisi yosh tarkibiga taqqoslansa, bolalar salmog„ining ancha yuqoriligi kuzatiladi O„zbekiston qarish shkalasi bo„yicha jahondagi aholisi «yosh» davlatlar qatoriga kiradi.O„zbekistonda mehnat yoshi erkaklar uchun 16-59 yosh, ayollar uchun 16-54 yosh qilib belgilangan. Mehnat yoshidan yuqori, ya„ni 55 va undan kata ayollar, 60 va undan katta erkaklar soni 19912004 y.larda 18,7 % ga oshdi. O„zbekistonning tub aholisi o„zbeklar. So„nggi yillarda aholining milliy tarkibida o„zbeklarning hissasi oshdi va hoz. Respublika aholisining 80,0 %ni tashkil etmoqda. Respublikada qoraqalpoqlar ikkinchi tub millat hisoblanadi. Ularning umumiy soni 549,2 ming kishiga yoki mamlakat aholisining 2,2 %ga teng. O„zbekiston Respublikasida O„rta Osiyo mahalliy xalqlaridan tojiklar (1237,4 ming yoki 4,9 %), qozoqlar (977,8 ming 3,6 %), qirg„izlar (227,4 ming 0,9 %), turkmanlar (152,3 ming 0,6 %) ham istiqomat etadi. O„zbekiston Respublikasi aholisining 51,2 foizi shahar joylariga istiqomat qiladi. Mutloq raqamda u 15370,1 ming kishi (2013 y). Shahar aholisining o„sish sur‟ati ayniqsa 1970-1980 yillarda yuqori bo„lgan. Bunga sabab 1972-yilda aholi manzilgohlarining shahar maqomiga o„tkazish uchun talab etiladigan eng kam aholi miqdorini 10 mingdan 7 minggacha tushirilishi va buning oqibatida shaharlar sonining nihoyatda tez ko„payishidir (agar 1970 yilda Respublikada 42 shahar mavjud bo„lgan bo„lsa, 1979 yilda ularning soni 90 taga etgan). 1989-2006 yillar davomida shaharliklar sonining o„sishi ancha susaygan. Natijada umumiy urbanizatsiya ko„rsatkichi 40,7 foizdan 36,1 foizga tushib qoldi. Viloyatlar darajasida mazkur jarayon ayniqsa Toshkent, Farg„ona, Buxoro, Xorazmda sezilarli bo„lgan va u faqat Qoraqalpog„iston Respublikasi, Jizzax va Namangan viloyatlarida birmuncha ko„tarilgan. Hozirgi kunda shahar joylarda yashovchilarning nisbiy miqdori bo„yicha Qoraqalpog„iston hamda Toshkent va Navoiy viloyatlari oldinda turadi, uning eng past darajasi esa Surxondaryo viloyatida kuzatiladi. Ayni paytda Respublikada 119 shahar va 1065 shaharcha mavjud bo„lib, ularning barchasida 15,3 mln. atrofida aholi yashaydi. SHaharlar soni bo„yicha Qoraqalpog„iston Respublikasi (12), Qashqadaryo (12) va Toshkent (16) viloyatlari ajralib turadi. Ularning to„ri Jizzax, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida yaxshi rivojlanmagan.O„rta Osiyo xususan, O„zbekiston urbanizatsiyasining o„ziga xos xususiyati shaharlar to„„rida kichik shaharlar (shaharchalar) sonining ko„pligidir. Kichik shaharlar toifasiga 1065 ta shahar manzilgohlari mansub bo„lib, ularning hissasiga Ammo bularning demografik salohiyati past b o„lganligi bois, jami shaharliklarni taxminan 14,6 foizi aholisi 20 minggacha bo„lgan shaharlarda mujassamlangan. ,,Yarim O„rta" shaharlar (L.L.Trube iborasi) 69 ta (20-50 ming.) bo„lsa, aholisi 50-100 ming bo„lgan-O„rta shaharlar soni (50-100 ming ) 19 ta . O„rta shaharlarda mamlakat shahar aholisining 11,1 foizi istiqomat qiladi. Ushbu toifa asosan viloyatlarning 2-markazlaridan, ta‟bir joiz bo„lsa, okrug markazlaridan tashkil topgan. Masalan, Shahrisabz, Kattaqo„rg„on, Denov, Chust, Shahrixon, Zarafshon, To„rtko„l, Bekobod. Bular orasida faqat Gulistonviloyat markazidir. O„rta shaharlar orasidan eng yiriklari Shahrisabz (91,5 ming) va Bekobod (85,2 ming) shaharlaridir. O„zbekistonda hammasi bo„lib 17 ta kata shaharlar (aholisi 100 mingdan ortiq) mavjud bo„lib, ularda jami shahar aholisining 39.9 foizi to„g„ri keladi. Aholi soniga ko„ra Toshkentdan (2309 ming k.) keyingi o„rinda Namangan (461 ming), Samarqand (363 ming), Andijon (394 ming), Buxoro, Nukus va Qarshi shaharlari turadi. Ayni vaqtda Sirdaryo viloyatining mamuriy markazi –Gulistonda 63.2 ming kishi yashaydi. Adabiyotlar ro’yхati 1. Karimоv I.A. “Yuksak ma‟naviyat – еngilmas kuch” T.: O„zbеkistоn, 2008 y. 2. Karimоv I.A. Jahоn mоliyaviy - iqtisоdiy inqirоzi, O„zbеkistоn sharоitida uni bartaraf etishning yo„llari va chоralari.-T.: O„zbеkistоn, 2009. 56 b. 3. B. Mirtursunоv.“Sanоat va q/х, transpоrti va o„lkashunоslik kursi” (ma‟ruzalar matni). Tоshkеnt, 2001 y. 4. Nazarоv A. ‘Ijtimоiy gеоgrafiya’. T. , Univеrsitеt, 2000 y. 5. A. Sоliеv. “Shaharlar gеоgrafiyasi”. T. 2000 y. 6. M.R. Bo„riеva. “Dеmоgrafiya asоslari” (ma‟ruzalar matni). T. 2001 y. 7. G. Asanоv, M. Nabiхоnоv, I. Safarоv. “O„zbеkistоn iqt. va ijt. gеоgrafiyasi” T. O„qituvchi, 1994 y . 8. H. Vahоbоv, M. Tillabоеva. “Iqtisоdiy gеоgrafiya asоslari”. T. O„qituvchi, 2001 y. 9. Abirqulоv Q. “Jahоn mamlakatlari iqt. va ijt gеоgrafiyasi” .T. 2006 y. 10. O„zbеkistоn Milliy Entsiklоpеdiyasi Tоshkеnt 2004 y “O„zbеkistоn Milliy entsiklоpеdiyasi” nashriyoti 11. V. P. Maksakоvskiy “Jahоnning iqtisоdiy ijtimоiy gеоgrafiyasi” 10-sinf darsligi. T. “O„qituvchi” 1995 y. 12. Asanоv G. Ahоli gеоgrafiyasi. Tоshkеnt, “O„qituvchi” 1978 y. 13. Asanоv G. Sоtsial iqtisоdiy gеоgrafik lug‟at. Tоshkеnt, “O„qituvchi” 1990 y. 14. P. Musaеv. J. Musaеv ‘O„zbеkistоn iqtisоdiy ijtimоiy gеоgrafiyasi’ 8-sinf darsligi. T. “O’qituvchi” 2008 y. Download 207 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling