Aiqi 2-kurs talabasi Maxammatov Hasnaboy Jaloliddin o’g’lining davlat korxona-tashkilotlarida “Ishlab chiqarish amaliyoti”ni o’taganligi natijalari bo’yicha hisoboti


Download 0.52 Mb.
bet1/6
Sana07.08.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1665609
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliyot xisobot


AIQI 2-kurs talabasi Maxammatov Hasnaboy Jaloliddin o’g’lining davlat korxona-tashkilotlarida “Ishlab chiqarish amaliyoti”ni o’taganligi natijalari bo’yicha
HISOBOTI
Men Xamraqulov Samandar “BUNYODKOR BEXRUZ BIZNES 777” MCHJ da 2023-yilning 12-iyunidan 22-iyuligacha “Ishlab chiqarish amaliyoti”ni o’tab quyidagi ishlarni bajardim.
Tanishuv amaliyotini o’tash jarayonining dastlabki kunida Bunyodkor qurilish mollari markazi do’koni rahbarlari tomonidan muassasaning Online savdo bo’limida ISHLAB CHIQARISH amaliyotini olib borishim haqida ma’lumot berildi va ISHLAB CHIQARISH amaliyotini olib borishim haqida buyruq chiqarildi.
Amaliyot rahbarim sifatida muassasa Bosh hisobchisi A.Yangiboyev tayinlandi.
So’ngra muassasa tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbarim tomonidan amaliyot davrida olib boriladigan ishlar haqida qisqacha ma’lumot berildi.
Tanishuv amaliyotining birinchi kuni tashkiliy ishlar bilan yakunlandi.
Shu bilan 13-iyundan Tanishuv amaliyotini jadval asosida boshladik. Bajarilgan ishlarimni,olgan yangi bilim va ko’nikmalarimni yaxshi o’zlashtirib,ular ustida ishlab kundalik daftarimga yozdim.

TANISHUV AMALIYOTI HISOBOTI



Amaliyot ob’ekti-Savdo do’koni

KIRISH
1.Amaliyot ob’ekti haqida umumiy ma’lumot.
2.Amaliyot ob’ektining boshqaruv strukturasi.
3.Amaliyot ob’ektining iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili.

XULOSA
ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH
Online savdo-Onlayn savdo deganda, internet tarmog‘i orqali mahsulotlarni sotish yoki xizmat ko‘rsatish tushuniladi. Bugungi kungacha, onlayn savdoning eng ommabop ko‘rinishi internet-do‘konlar hisoblanardi. Hozirda esa messenjerlardagi botlar ham bu yo‘nalishdan muhim o‘rin egallamoqda.
Deylik, tadbirkorning offlayn — odatiy, ko‘cha yoki bozorlardagi do‘koni mavjud. Agar u, ishini internetda ham boshlasa, nimalar bo‘ladi:
• Katta bino yoki savdo majmuasini qurish, ijaraga olish kerak bo‘lmaydi;
• Yaxshi loyiha va mavjud mahsulot bilan qisqa fursatda qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘ladi;
Ayni paytda, onlayn savdoda raqobat juda sust. Yaxshi servis bilan TOP kompaniyaga aylanib olish mumkin;
• Hududiy chegaralar yo‘q: Nafaqat tuman, balki viloyat, qo‘shni viloyatlar hamda butun Respublika bo‘ylab mijozlarni topish mumkin;
• Kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun ishlay olish;
• Onlayn savdo orqali xaridorlar vaqtining tejalishi va katta assortimentni ko‘ra olish muhim rol o‘ynaydi;
• Bunda ko‘p xodimlar ishga yollanmaydi;
• Internetdagi mahsulotlar soniga hech qanday chegara yo‘q;
• Maxsus onlayn xizmatlar yordamida ma'lum hudud uchun savdoni yo‘naltirish mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilganlar — onlayn savdoning asosiy xislatlari. Shuningdek, agar oflaynda do‘kon bo‘lmasa, uni onlaynda ochish tavakkal qilish darajasini ancha kamaytiradi. Chunki internetda do‘kon ochish va yuritishda kam mablag‘ sarflanadi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling