Uzum marketning bugungi kundagi faoliyati
Hozirgi kunda Uzum market ilovasi insternetdan 5 mln marta yuklab olingan,bir oyda xarid qiluvchilar soni 900000 ta,1,5 mln faol xaridorlar,6 mln aktiv mahsulotlar,yuqorida aytilgandek top 3talik reyting,2000 dan ortiq faol sotuvchilar,Google tarmog’ida 4,1 ballik baholash me’zoni,hamda oyiga 50000 dan oritq buyurtmalar va shunga o’xshash natijalar bilan yurtimizda o’sishda davom etmoqda.
Uzum market platformasida online savdoni amalga oshirish bo’yicha dastlabki mashg’ulotlar
Zoodmallda sotish uchun avvalo kompaniya bilan merchantlik sharnomasi imzolanishi kerak. Shartnoma imzolangandan so’ng sotuvchi uchun merchant.zoodmall.com saytidan mahsus kabinet shakillantiriladi va har bir sotuvchi uchun kompaniya tomonidan mas’ul xodimlar biriktiriladi.Hamda doimiy ravishda sotuvchi bilan muloqotda bo’lishadi.Bundan maqsad esa biznesni to’g’ri rivojlantirish va iqtisodiy o’sishni ta’minlashdir.
UZUMning asosiy jihatlaridan biri muntazam ravishda turli xil aksiya va yutuqli o’yinlarni amalga oshirishdir. Har doim aksiya boshlanishidan oldin sotuvchi aksiya haqida ogoxlantiriladi va aksiya qilish mumkin bo’lgan mahsulotlar so’raladi,sotuvchi aksiya uchun bergan mahsulotlariga o’zi hohlagan usulda chegirmali narxni belgilab o’z mahsulotlarini cheklanmagan miqdorda sotishi mumkin.
Uzum marketdagi mahsulotlarga narx belgilash
Iqtisodiy o’sish uchun eng avvalo narxni to’g’ri belgilash lozim.Chunki platformada sog’lom raqobat muhiti mavjudligi sabab narx eng muhim omil hisoblanadi. Narx belgilash platformaning sotuvchidan oladigan foiz ulishiga bog’liq.
Bunyodkor qurilish mollarida asosan qurilish uchun ishlatiladigan mahsulotlar bor va ulardan eng yaxshi sotuvga ega bo’lganlari bu elektron asbob uskunalar hisoblanadi.Platformadagi asboblar kategoriyasi bo’yicha elektron asbob uskunalar uchun platforma eng maksimal holatda sotuvdan tushgan puldan 12,65% komissiya oladi.Bundan tashqari bank xizmatlariga 1% hamda daromat solig’iga 4% miqdorda komissiyalar ushlab qolinadi.Shularni hisobga olgan holda har bir mahsulotga to’g’ri narx belgilanishi lozim.
Yuqoridagilarni barchasini hisobga olgan holda asboblar kategoriyasidagi barcha mahsulotlarga 25% ustama narxi bilan platformaga joylanishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |