Aiqi 2-kurs talabasi Maxammatov Hasnaboy Jaloliddin o’g’lining davlat korxona-tashkilotlarida “Ishlab chiqarish amaliyoti”ni o’taganligi natijalari bo’yicha hisoboti
Narxni savdo misolida tushuntirish
Download 0.52 Mb.
|
Amaliyot xisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.250.000 + 28.750
- UZUM NASIYA
Narxni savdo misolida tushuntirish
Faraz qilaylik 1.000.000 so’m qiymatga ega bo’lgan mahsulotni platformaga qo’shmoqchimiz va biz uning 1.000.000 so’mlik qiymatiga 25% ustama narxi bilan qo’shamiz, shunda uning asl sotuvdagi narxi 1.250.000 so’mni tashkil etadi. Agar mahsulot sotiladigan bo’lsa 1.250.000 so’m qiymatga yetkazib berish narxi ham qo’shiladi va platforma komissiyalari ayriladi, maksimal holatda hisoblanganda 12,65% ayriladi. Bunda yetkazib berish narxini hayolan 28.750 so’m deb olsak, mahsulotning umumiy sotilgan narxi 1.278.250 so’mni tashkil qiladi va miqdordan 12.65% komissiya olinib 1.116.000 so’mni tashqil qiladi va bu miqdor sotuvchining bank hisob raqamiga o’tkaziladi.Bank hisob raqamiga o’tkazilgandan so’ng yetkazib berish narxiga 15% QQS bilan kuriyer logistik kompaniya xisobiga o’tkaziladi ya’ni 28.750 so’m pulga 15% QQS bilan 33.062,5 so’m o’tkaziladi. Bundan tashqari 1.116.000 so’m miqdordan bank xizmatlari hamda daromat soliqlari bilan birgalikda umumiy 5% komissiya ushlanadi,shunda o’tkazilgan pul summasidan 99.800 so’m ushlab qolinadi. Umumiy tushuncha: ((sotilish narxi 1.250.000 + 28.750 yetkazib berish narxi) - 12.65%zoodmall komissiya) = (1.116.000 so’m - 33.062,5 yetkazib berish narxi QQS bilan) - (99.800 so’m bank xizmatlari,daromat solig’i) = 1.027.137,5 so’m sof daromad xisoblanadi. UZUM MARKETDA MAVJUD TO’LOV TURLARI ODDIY-To’lov har qanday UZCARD va HUMO karta orqali amalga oshiriladi (qo’shimcha komissiyasiz) UZUM NASIYA- 3 oy 6 oy hamda 12 oygacha bo’lgan muddatda bo’lib to’lash usuli. YETKAZIB BERILGANDAN SO’NG TO’LASH- Buyurtma tarqatish punktiga yetkazib berilgandan so’ng to’lash usuli Online savdoda xatolarga yo’l qo’ymaslik. Online savdo-bu tushunchani avvalo nima ekanligiga to’xtalsak! Bu tushuncha online ya’ni ma’lum bir mahsulot sotiladigan bozor,do’kon yoki biror joyga bormasdan xarid qilish deganidir. Online savdoni sotuvchilar tomonidan amalga oshirish esa iqtisodiy yuksalish deganidir. Chunki bugungi zamonaviy dunyoda online savdoni amalga oshirmaydigan tijorat yaxshi rivojlana olmaydi. Online savdoni yo’lga qo’yish,amalga oshirish ham albatta oson ish emas. Savdo platformasini yaratish,yo’lga qo’yish,yurgazish va eng asosiysi tezkor yetkazib berishni ta’minlash ancha mushkul ishlardan biri hisoblanadi. Savdoni yo’lga qo’yishda xatoliklarga uchramaslik uchun kelajagi bor platformaga sarmoya kiritish kerak yoki ishonchi va savdo darajasi yuqori bo’lgan platformalar bilan hamkorlik qilish kerak. Yuqoridagilarni barchasiga amal qilgan holda oqilona yo’l tutish zarur.Shundagina tijoratda va savdoda iqtisodiy o’sish kuzatiladi. Uzum market savdo shartlari bo’yicha komissiya miqdorlari:
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling