Aj «O’zlitineftegaz» korxonasi inson resurslarini boshqarish mexanizmi tahlili tarixi


-rasm - «O’ZLITINEFTGAZ» AJ erkak va ayollar nisbati


Download 0.75 Mb.
bet6/9
Sana15.09.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1679093
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Узлити

2.2.2-rasm - «O’ZLITINEFTGAZ» AJ erkak va ayollar nisbati.

Iqtisod va moliya departamentida 56,7 foiz ayollar, 43,4 foiz erkaklardan iboratdir. Ushbu ko’rsatkichlar Tashkilot umumiy soniga emas, balki, departmentdagi umumiy ishchilar soniga nisbatida olingan. Boshqa departamentlarda ayollar soni erkaklarga qaraganda nisbatan kam bo’lib, buning asosiy sababi, ushbu department tarkibiga kiruvchi bo’linmalardagi vazifalar hamda tez-tez xizmat safarlariga borilishiga to’g’ri kelishidadir. Tashkilotning umumiy xodimlar soniga nisbati ayollar 31,32 foizni va 68,68 foizni erkaklar tashkil etadi.

Korxonada rahbarlik lavozimida ishlovchilar 9,4 foiz (42 ta), yetakchi va bosh mutaxassislar 16,3 foiz (73 ta) va mutaxassislar esa 74,3 foiz (332 ta) tashkil etdi. Mutaxassislar ichida oliy tugallanmagan va oliy tugallanganlar ham bor bo’lib, ular asosan yoshlardan iborat ekanligini 2.2.3- rasmdan ko’rishimiz mumkin. 2021 yilda tashkilotda yoshlar soni keskin ko’payib, ilmiy ishlar qilinish darajasi ancha yoshardi. Bunga «2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash» deb nomlanishi ham katta ta’sirini ko’rsatdi. Hozirda tashkilotda o’z ilmiy izlanishini yakunlovchi hamda mustaqil izlanuvchilar ishlari boshlaganlar juda ko’p, shu sabab 6 rasmdagi ko’rsatkichlar nisbati yaqin uch yillikda keskin o’zgarib, ilmiy darajasi bor xodimlar soni katta miqdorda ortishi kuzatilmoqda.




2.2.3-rasm - «O’ZLITINEFTGAZ» AJ xodimlarining yoshi va ilmiy darajasi bo’yicha tarkibi.

O'tkazilgan baholash kompaniyaning yuqori darajadagi kadrlarini ko'rsatadi, bu rejalashtirilgan tashabbuslarni amalga oshirish va kompaniyaning yutuqlari uchun muvaffaqiyatli davlat uchun yaxshi asosdir. Biroq, kompaniyaning barcha departamentlarida kadrlarni boshqarishning ilg'or vositalarini to'liq qo'llamaydilar, ularning ba'zilarida kadrlar boshqaruvi hali ham rekord boshqaruv va qisqa muddatli treninglarda ruxsat etilgan. Xodimlarni rejalashtirish, xodimlarni potentsial baholash, shuningdek xodimlarni rag'batlantirish kabi vazifalarga kelsak, ular hal etilmagan.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling