Aj «O’zlitineftegaz» korxonasi inson resurslarini boshqarish mexanizmi tahlili tarixi


Inson resurslarini boshqarish startegiyasi va korxonaning korporativ strategiyasi o’rtasidagi bog’liqlik


Download 0.75 Mb.
bet2/9
Sana15.09.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1679093
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Узлити

1.1 Inson resurslarini boshqarish startegiyasi va korxonaning korporativ strategiyasi o’rtasidagi bog’liqlik.
Hozirgi o’zgaruvchan va murakkab konyukturali bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilot har qanday vaziyatlarga tayyor turishi va hamma resurslaridan oqilona foydalanishi eng dolzarb masalaga aylandi. Texnologiya va investitsiya tashkilotga barqarorlikni ta’minlab bergan bo’lsa, hozirda esa bu yetarli emasligini amalda isbotini topdi. Tashkilotning barqaror rivojlanishida asosiy 3 ta omil mavjud:

  1. Inson resurslari;

  2. Investitsiya;

  3. Texnologiya.

Yuqorida keltirib o’tilgan faktorlarning eng birinchisida inson resurslari turishining yagona sababi bu «inson ongi»dir. Inson ongi borliqdagi eng kuchli quroldir. Aynan shu ong yuqoridagi qolgan 2 ta omilni yaratadi. Tashkilotning moddiy aktivlariga ko’pgina narsalar kirib ketishi va nomoddiy aktivlariga esa inson resurslarini kiritishimiz mumkin. Tashkilot inson resurslari orqali uzoq muddat rivojlanishi hamda bozorda o’z o’rnini yo’qotmaslikni ta’minlab beradi. Bu bobimizning asosiy maqsadlaridan biri AJ «O’ZLITINEFTEGAZ» korxonasi inson resurslarini boshqarish jarayonlarini tahlil qilish va birinchi bobimizdagi nazariyalar asosida ko’rib chiqishdan iboratdir.
Neft va gaz sanoati milliy qudrat ramziga allaqachon aylangan. Neft va gaz sanoati iqtisodiy barqarorlik va milliy rivojlanish bilan uzviy bog’liq bo’lganligi sababli O’zbekistonda strategik ahamiyatga ega soha hisoblanadi. «O’ZLITINEFTEGAZ» AJ «O’zbekneftegaz» AJ tarkibiga kiradi. «O’ZLITINEFTGAZ» AJning tashkil etilishi Markaziy Osiyoda neft va gaz sanoatining tarixiy rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. Mehnat jamoasi O'zbekiston Respublikasida neft va gaz konlarini o'zlashtirishga katta hissa qo'shdi. 1965 yilda filial negizida O'rta Osiyo tabiiy gaz ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. 1988 yilda u "O'zgiprogaz" instituti bilan birlashtirilib, "Sredaznigiprogaz" deb o'zgartirildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida - 1992 yilda "Sredazniigiprogaz" "Sredaznipineft" instituti bilan birlashdi va "O'zbekNIPIneftegaz" yangi nomini oldi. 1998 yilda mulk shakli o'zgartirilib, kompaniya "O'ZLITINEFTGAZ" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, 2015 yilda esa "O'ZLITINEFTGAZ" aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. “O'ZLITINEFTGAZ” AJ ISO 9001: 2000 standartiga muvofiq mijozlarning yuqori talablariga javob beradigan xalqaro standartlardan foydalangan holda ilmiy va konstruktorlik ishlarini bajaradi.11
Bugungi kunda "O’ZLITINEFTGAZ" AJ - respublikaning neft va gaz sanoatining ilmiy va konstruktorlik muammolarini hal qilishda yuqori ilmiy-texnik salohiyat va mutaxassislarning boy tajribasini birlashtirgan yirik markaz. Hozirgi kunda tashkilotda 447 ta hodim o’z kasbiy faoliyatini olib bormoqda.
Bugungi kunda «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ – bu respublika neft-gaz tarmog‘ining ilmiy-loyihaviy vazifalarini hal qilish yo‘lida olim va mutaxassislarning yuqori ilmiy-texnik salohiyati va boy tajribasini birlashtiruvchi yirik markazdir. «O‘ZLITINEFTGAZ» AJda 447 nafar muhandis-texnik xodimlar mehnat qiladi, ular qatorida 4 nafar fan doktori, 8 nafar fan nomzodi va 15 nafar ilmiy darajaga da’vogar yosh xodimlarni aytib o‘tish joyiz. 1991-2020 yillarda jamiyat 29 ta patent hamda EHM uchun ishlab chiqilgan dasturlar uchun 22 ta guvohnomani olishga muvaffaq bo‘ldi. 
Jamiyat mutaxassislari har yili ilmiy va texnologik tadqiqotlar natijalari yuzasidan 70 ga yaqin ilmiy maqolalarni nufuzli jurnallarda nashr qilinmoqda va shu bilan birga turli xalqaro va respublika anjumanlarida ma’ruza bilan ishtirok etishmoqda.
Olib borilayotgan ishlar jarayonida zamonaviy matematik modellashtirish vositalari va «Techlog», «Petrel», «Eclipse» hamda «t-Navigator», «PipeSim», «WellPlan», «Ekolog» 4.0 versiyasi, «AutoDesk AutoCad 2020», «Plant 3D», «AutoDesk Revit», «NanoCad», «IndorCAD», «Lira-SAPR», «Fugaz-h», «Start-Prof», «Gidrosistema», «Model Studio «Kabelnoe xozyaystvo»», «Model Studio «EXZ»», «Model Studio «Elektricheskie sxemi»», «Izolyatsiya», «POTOK», «Predklapan», «ABC-UZ» kabi kompaniyalarning dasturiy mahsulotlari keng qo‘llaniladi. 
«O‘ZLITINEFTGAZ» AJ mutaxassislarining yuqori malakasi va professional mahoratlari tufayli Buxoro NQIZ, Sho‘rtan GKM kabi konlar va ishlab chiqarish ob’yektlari, Ustyurt va Muborak gazkimyo komplekslari, sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqarish korxonasi, Buxoro-Ural, Gazli-Nukus, Sho‘rtan-Sherobod, “O‘zbekiston-Xitoy” magistral gaz quvurlarini qurish va jihozlashga qaratilgan yirik neftgaz loyihalari amalga oshirildi. O‘zining 55 yillik faoliyati davomida «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ jamoasi unga yuklatilgan muhim vazifalarni munosib va samarali bajarib kelmoqda.
Tashkilotning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Mavjud aktivlarning eng yuqori samaradorligiga erishish;

  • Kompaniyaning bozor qiymatini oshirish va investitsiyalar bo‘yicha yuqori foizli qaytishni ta’minlash;

  • Ilmiy-tadqiqot va loyihalash-qidiruv ishlarni o‘tkazishdan iqtisodiy manfaatdorlikni ta’minlovchi tizimni yaratish;

  • Kadrlar bilan ishlash usullarini doimo takomillashtirib borish, shu jumladan ilmiy va intellektual salohiyat o‘sishiga ko‘maklashish.

  • Yuqori malakali professional mutaxassislarni jalb qilish va saqlab qolish;

  • Sheriklar bilan ishonch va uzoq muddatli hamkorlik tamoyillari asosida o‘zaro munosabat yuritish;

  • Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish;

«O’ZLITINEFTGAZ" AJning hamkorlari quydagilar:



  1. «O’zbekneftegaz» AJ;

  2. РГУ НЕФТ И ГАЗА ИМЕНИ И.М.ГУБКИНА;

  3. ЛУКОЙИЛ;

  4. UZLITI INGINERING;

  5. SOCAR;

  6. ENTER ENGENERING;

  7. HUDUDGAZTA’MINOT;

  8. UNG TRANSGAZ;

  9. OLTIN YO’L GTL;

  10. CPECC (CHINA PETROLEUM ENGENERING AND CONSTRUCTION CORP);

  11. EPSILON Development company;

  12. ERIELL;

  13. KING (Казахский Институт Нефти и Газа);

  14. KOGAS-Tech;

  15. Uz-Kor Gas Chemical;

  16. Schlumberger;

  17. Worley Parsons;

  18. Зарубежнефть;

  19. Andijanpetro;

  20. BUREAU VERITAS;

  21. SurhanGASChemical operating company.

«O’zbekneftegaz» AJ 102 mingta hodim faoliyat ko’rsatadi, undan 447 tasi «O’ZLITINEFTGAZ" AJ, yani 0,43 foizni tashkil etdi. Korxonada umumiy olganda hodim sonida emas, balki uning ishlab chiqarayotgan nomoddiy maxsulotida tarmoqning boshqa korxona va zavodlari moddiy ishlab chiqarish, rivojlanish, o’sish salmog’iga aynan shu 0,43 foiz katta tasirini o’tkazishi yaqqol ko’zga tashlanadi. Dunyoning rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlar yirik korxonalarida asosiy ko’zga tashlanadigan jixati bu inson resurslari tarkibi intelektual salohiyatining kuchliligi va e’tiborni ularga ko’proq qaratgan xolda ilmiy yangi maxsulotlar ishlab chiqarishidadir. Bu bilan yuqorida aytib o’tganimdek korxonaning asosiy faktori inson resursini boshqarishni takomillashtirish katta ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O’zbekiston Respublikasining YAiMdagi tarmoqning ulushi 2018 yilda 8,9 foizni tashkil etdi, ishlab chiqarilgan mahsulotlar 11,3 foiz, investitsiya va asosiy kapital 4,8 foiz, byudjetga keltirilgan daromadi 18,8 foiz, tashqisavdo aylanmalari 13,2 foiz, eksport 25,2 foiz, import 4,4 foiz, iqtisodiyotda band bo’lgan hodimlar 0,7 foizni tashkil etdi.

Korxona mablag’larini yo’naltirilishi





Ilmiy yangilik (yangi mahsulot ishlab chiqarishga) 60%


Operatsion xarajatlar, davr xarajatlari va boshqa xarajatlar (40%)



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling