Ajdodlar merosiga extirom
Download 0.56 Mb.
|
9bay
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruh rahbari: X. Pardayeva Guruh sardori Obidova Sitora
AJDODLAR MEROSIGA EXTIROM ”A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya va uni o’qitish metodikasi kafedrasi B A Y O N N O M A S I Pardayeva X. guruh rahbari 2020-yil 4-noyabr kuni Tabiiy fanlar fakulteti 2-bosqich 222-19 guruhida 9-hafta Axborot va murabbiylik soatida “Ajdodlar merosiga ehtirom” mavzusida ZOOM platformasi orqali masofaviy onlayn dars mashg‘uloti tashkil etildi. Dastavval talabalarga “Ajdodlar merosiga ehtirom” nomli videoroligi namoyish etildi. Guruh talabalari buyuk ota-bobolarimiz, dunyo tamaddunida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Muxammad ibn Ismoil Al Buxoriy, Muso Al-Xorazmiy, Ibn Sino kabi bobokalonlarimizning boy meroslari to‘g‘risida yana bir bor tushunchalarga ega bo‘ldilar. Guruh murabbiyi X. Pardayeva tomonidan talabalarga “Ota-onaga itoat qilish fazilatlari” to‘g‘risida mulohazalar yetkazildi. U o‘z so‘zida odatda otani “Padari buzrukvor”, onani esa “Mehribon volida” deyilishining bir qator asoslarini tushuntirdi. Chunki, har bir inson uchun otadan ulug` qadrdon, onadan mehribon va yaqin kishi yo`q. Ular farzandlarni dunyoga keltirib, ko’z qorachig`idek asrab- avaylab, voyaga yetkazibgina qolmasdanbalki, hamma vaqt quyosh yanglig` hayotimizga nur ato etadilar, tunimizni yorug`, yo`llarimizni oydin qiladilar. Shu boisdan ham, eng go`zal dostonlar, eng yaxshi qo`shiqlar, eng yoqimli kuylar ana shu ulug` zotlarga bag`ishlangani bejiz emas.Xalqimiz ijodidagi eng mazmunli sahifalar ham ota-onalarga bag`ishlagandirlar. Axborot va murabbiyli soatida Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekani o‘rinbosari Akmal Saparov ishtirok etib, talabalarga "COVID-19" pandemiyasi davrida karantin qoidalariga talabalarni to‘liq rioya etishlari, o‘zlari va oila a’zolarini salomatliklarini asrashlari to‘g‘risida tavsiyadar berib o‘tdi. Shundan so‘ng karantin paytida talabalarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish maqsadida uzbekistan360.uz saytidan talabalarning foydalanishlari va mamlakatimizning diqqatga sazovor qadamjolari va mezeylariga onlayn tashrif buyurib, o‘zlari uchun zavq olishlari to‘g‘risida tavsiyalar berdi. Guruh rahbari: X. Pardayeva Guruh sardori Obidova Sitora Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling