Ajiniyoz nomidagi ndpi maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-v guruh talabasi Niyazimbetova Hilolaning Maktabgacha pedagogika fanidan 1-amaliy topshiriq ishi
Download 180.97 Kb.
|
1-amaliy.m.p
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo’yicha belgilanadi
- 4. Bilish jarayonining rivojlanishi;
- * Kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha)
Ajiniyoz nomidagi NDPI Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-V guruh talabasi Niyazimbetova Hilolaning Maktabgacha pedagogika fanidan 1-amaliy topshiriq ishiMavzu: Maktabga tayyor bolalarga qo’yiladigan davlat talablari. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorgarligi Reja: 1. Maktabga tayyor bolalarga qo’yiladigan davlat talablarining ahamiyati. 2. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash. 3. Bolalarni maktabga tayyorlashda oilaning o’rni.O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari Mazkur O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi IIK-2707-son “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to’g’risidagi nizomi hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha davlat talablarini belgilaydi.Mazkur Davlat talablari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “Oila” Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan kelishilgan.I-ilova Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan talablar. II-ilova. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan talablar. Davlat talablarining maqsadi Mamlakatda o’tkaziladigan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg’or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tadbiq etiladi: * bolaning noyobligi; * “Men” kompetensiyasi va shaxsiy ta’limni yaratishda bolaning faol roli; * bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi; * bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli; * bola rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli har bir bolaga moslashuvchan bo’lib, individual variativlik asosida yondashish.Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo’yicha belgilanadi:1. Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi;2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish;3. Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari;4. Bilish jarayonining rivojlanishi;5. Ijodiy rivojlanish.Davlat talablari asosidagi osh davrlari quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:* Go’daklik (tug’ilganidan 1 yoshgacha)* Erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha)* Kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha)* O’rta maktabgacha yosh (4 yoshdan 5 yoshgacha)* Katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha)* Maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha)E’tiboringiz uchun raxmatDownload 180.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling