Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti «tasdiqlayman»


Download 114.5 Kb.
bet1/9
Sana26.01.2023
Hajmi114.5 Kb.
#1127646
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4. Фольклор Намунавий


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


AJINIYOZ NOMIDAGI
NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

«TASDIQLAYMAN»
Nukus davlat pedagogika instituti rektori:
_______ B.P.Otemuratov
«____» ___________ 2022

O‘ZBEK FOLKLORI

fanining
O‘QUV DASTURI




Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000– Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti

Nukus – 2022

.
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti





Faning modul kodi

O‘quv yili

Semestr

ESTS-kreditlar

O‘F106

2022-2023

1

6

Fanning modul turi

Ta’lim tili

Haftada dars soatlari

majburiy

o‘zbek

6

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari

Mustaqil ta’lim

Jami yuklama

O‘zbek folklori

90

90

180


I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga xalq og‘zaki ijodi namunalarining sinkretik san’at sifatida xalq ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutishini, unda o‘zbek xalqining asrlar davomidagi ijtimoiy, maishiy, madaniy hayoti o‘zining badiiy ifodasini topganligi, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari va ularning janrlar tarkibi, o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha ilmiy-nazariy ma’lumot berishdan iborat.
Fanni o‘qitishning vazifasi – talabalarni o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan tanishtirish, ta’lim oluvchilarda qayd etilgan masalalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish vazifalarini bajaradi.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)


1-mavzu. Kirish. Xalq og‘zaki ijodi so‘z san'ati sifatida.
Xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari San’at va badiiyat haqida ma’lumot beriladi. Xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos belgilariga tadrijiy tarzda to‘xtalinadi. Badiiy adabiyot mohiyati ochib beriladi

2-mavzu. Miflarning janr xususiyati
Mif tushunchasi izohlanib, uning xalq og‘zaki ijodi asarlari tarkibiga badiiy estetik holatda o‘tish jarayoni aytiladi. Mifologik tafakkurning badiiy estetik tafakkurga o‘tish bosqichlari epos, ertak, qo‘shiq misolida ochib beriladi.


3-mavzu. Afsona, rivoyatlarning janr xususiyati
Afsona va rivoyat atamalari haqida ma’lumot. Ularning umumiy va o‘ziga xos jihatlari. Afsona va rivoyatlar tasnifi. Afsona va rivoyatlarda ifodalangan badiiy estetik mazmun ochiladi. Osmon yoritgichlari, tog‘, daraxt, suv, olov va hayvonlar bilan bog‘liq afsona va rivoyatlar misolida mavzu tahlil etiladi. To‘maris va Shiroq rivoyatlari asosida Vatan mavzusi yoritiladi.


4-mavzu. Naqllarning janr xususiyati
Naql atamasi haqida ma’lumot. Naqlning o‘ziga xos jihatlari. Naqllar tasnifi. Naqllarda ifodalangan badiiy estetik mazmun ochiladi. Osmon yoritgichlari, tog‘, daraxt, suv, olov va hayvonlar bilan bog‘liq afsona va rivoyatlar misolida mavzu tahlil etiladi. To‘maris va Shiroq rivoyatlari asosida Vatan mavzusi yoritiladi.



Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling