Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti «tasdiqlayman»


Download 114.5 Kb.
bet7/9
Sana26.01.2023
Hajmi114.5 Kb.
#1127646
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4. Фольклор Намунавий

(shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
– folklor janrlari, xalq og‘zaki ijodi genezisi va tarixiy taraqqiyoti, janrlar va ularning xususiyatlarini aniqlash, janrlararo munosabat mezonlarini belgilash, adabiyot va folklor munosabati haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
– xalq og‘zaki ijodining sinkretik san’at ekanligini, boshqa san’at turlaridan farqli jihatlarini ko‘rsatib berish, o‘zbek folklorining tarixiy taraqqiyot bosqichlarini, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng xalq og‘zaki ijodi davlat maqomiga erishganligi, shuningdek, folklor namunalarini tahlil qilish, ularni xalq orasidan yig‘ish va tasniflash malakasini egallashi;
– talabalar o‘zbek folklorining jahon folklori merosida munosib o‘rnini anglashi va ularni baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
– hozirgi o‘zbek tili sathlari va ularning birliklarini farqlash tamoyillarini, lisoniy munosabat hamda uning turlarining ilmiy asoslarini, lisoniy birliklar substansial imkoniyatlarini aniqlash usullarini, fonetik, leksik, grammatik imkoniyatlarini aniqlash asoslarini, substansial imkoniyatlarining nutqiy voqelanishida lisoniy, shaxsiy va pragmatik omillar roli va hamkorligining ilmiy asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi malakasini egallashi;
– hozirgi o‘zbek tilida lison, nutq hamda ular birliklarini farqlash asoslarini sharhlay olish, lisoniy va nutqiy birliklarini ajratish mezonlarini tushuntira olish, birliklar orasidagi lisoniy munosabatlarni tavsiflay olish, lisoniy imkoniyatlarini nutqiy vaziyat va sharoitga bog‘liq ravishda samarali ishga solish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • ma’ruzalar;

  • interfaol keys-stadilar;

  • seminarlar (aqliy hujum, tezkor savol-javoblar);

  • guruhlarda ishlash;

  • taqdimotlar qilish;

  • individual loyihalar;

  • jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.

VIII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.

Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling