Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Sirtqi ta'lim yo'nalishi Tarixni o'qitishning dolzarb masalalari fanidan 2-v kurs talabasi Matchonova
Download 19.2 Kb.
|
dolzarb masalalar(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISHI Tarix fanini o‘qitishni dolzarb maslalari fanining predmeti maqsadi va vazifalari
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Sirtqi ta'lim yo'nalishi Tarixni o'qitishning dolzarb masalalari fanidan 2-v kurs talabasi Matchonova Shahnozaning "Tarix fani o'qitishning dolzarb masalalari fanining predmeti maqsadi va vazifalari" mavzusida yozgan MUSTAQIL ISHI Tarix fanini o‘qitishni dolzarb maslalari fanining predmeti maqsadi va vazifalari Reja: 1. Tarix fani haqida tushuncha. 2. Tarix fanining oʻqitishni maqsadi. 3. Tarix fanini o'qitishning predmeti. 4. Tarix fani óqitishning dolzarb masalalari. Tarix fani — insoniyatning butun oʻtmishi davomida jamiyat hayotida sodir boʻlgan voqea-hodisalar, jarayonlarni (jamiyat rivojini) yaxlit bir tarzda oʻrganadi. Tarix fani ijtimoiy-gumanitar fanlar (falsafa, sotsiologiya, iqtisod, psixologiya, sanʼatshunoslik va boshqalar) tizimining tarkibiy qismi. Tarix fanining bu guruhdagi oʻrni uning tadqiqot predmeti va usullari bilan belgilanadi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar jamiyat hayotining alohida jihatlarini oʻrgansa, tarix fanining tadqiqot obʼyekti — aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining oʻtmishi va hoziri haqidagi faktlarni yigʻish, taxlil qilish, toʻplangan bilimlarni maʼlum bir tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. Tarix fani oʻtmishda sodir boʻlgan jarayon va hodisalar orasidagi oʻzaro bogʻliqlik, ularning ildizi, tarixni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantigʻi va maʼnosini koʻrish imkonini beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tarix tadqiqotlari natijalariga tayanadi. Fanlararo yondashuv jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni shakllantirib, oʻtmishni va hozirni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini koʻra bilishdek muhim vazifani xal qiladi. Tarix fanida, boshqa fanlarda boʻlganidek, muqarrar ixtisoslashuv amalga oshmoqda. Hozirgi zamon tarix fani alohida boʻlimlar va sohalardan tashkil topgan bilimlar majmuidir. Tarix fanining tarixini tarixshunoslik fani oʻrganadi. Tarix- bo'lib o'tgan hodisa va voqealarni tahlil etib va tafsir qilib, o'xshash nuqtalarni bir-biriga bog'lab, voqelikka va kelajak kunlar uchun ibratli foyda olish, imkoni bo'lgan darslarni chiqarib olish uchun to'xtalib o'tish, demakdir. Tarix mashhur voqea-hodisalar, davlatlar, oldingi avlodlar va asrlar aks etilgan xabarlardir. Masalan, bir davlatning paydo bo'lishi yoki bir podshohning taxtga kelishi y obir olimning olamdan o'tishi yo shunga o'xshash narsalardir. Tarix ummatning xotirasi, deydilar. Jahonda o'z mavqesi, o'z sha'ni va obro'siga ega har qanday ummat o'z tarixiga ega. Hech bir ummat xotirasiz yashayolmaydi, tarixni o'qib-o'rganib, tarixdan har xil saboqlar va ibratlar olmasekan, hech bir xalq, hech bir ummat kuchli bo'laolmaydi. Ko'pchilik tarix qanchalik muhim va foydali ekanligini bilmaydi. Juda bo'lsa, tarix qiziqarli, ovutuvchi hodisalar majmuasi, u orqali turli ajoyibotlar va kamyob hodisalar bilan tanishish mumkin, boshqa foydasi yo'q, deb o'ylaydilar. Haqiqatda qaraganda tarixda juda katta foydalar bor, biz agar bu foydalar to’g'risida fikr yuritadigan bo'lsak, o'ylab ko'radigan bo'lsak, unda bizni tariximiz bilan bo'lgan aloqamiz, tariximiz bilan bog'lanishimiz, tariximizdan xabardor bo'lishimiz, tariximizni o'qib undan har xil foydalar chiqarishimiz hozirgidan juda boshqacha bo'lar edi. Bizning soxta qahramonlar, soxta yulduzlarga, bo'layotgan voqealarga munosabatlari boshqacha bo'lar edi. Tarix ilmida avvalgilarni siyratini dars qilib o'rganish, ularni siyratlari borasida tafakkur qilish va ulardan har xil ibratlarni olish muhimligiga ko'p ishoralar bor. Tarix fanining maqsadi: bilamizki marhum prezidenti islom Karimov "O'z tarixini bilmaydigan millatning kelajagi yo'q", deb aytib o'tganlar. Shu so'zlardan ham ma'lumki fanning maqsadi xalqni ongini oshirish o'tmishni órgatish orqali kelajakni qurishdan iboratdir. Tarixni o'qitish tushunchasi Tarix o'qitish deganda tarixiy material vositasida o'quvchilarga bilim berish, ularni huquqiy demokratik va ma'naviyati yukori ruxda tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan jarayon, ya'ni o'qituvchi va o'quvchilarning aqliy hamda o'quv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi. Tarix kursining mazmuni deganda birinchi galda tarix kursida belgilab berilgan tarixiy bilimlar ko’lami, o'quv materiali: uning asl mazmuni, tarixiy faktlarni dialektik-materialistik nuqtai-nazardan tahlil qilish asosida kelib chiqadigan xulosalar va umumlashtirishlar, o'quvchilarning tarixiy materiallarni o'zlashtirish va olgan bilimlaridan foydalana bilish sohasidagi o'quv usullari, ko'nikma va malakalari tizimi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining eng oddiy formalarini egallashlari ko’zda tutiladi. Tarix o'qitishning tashkil qilinishi deganda tarixni o'qitish va o'quvchilarning uni o'rganishini tashkil etish, ularning o'rganish faoliyatini o'qituvchining boshqarishiga yordam beradigan metod va metodik usullar, o'quvchilardagi mavjud bilimlami ishga solish va ulami ijodiy bilishga yo'naltiradigan topshiriklar tizimi hamda ta'limning turli xil formalari (dars,seminar,va boshqalat) tushuniladi. Ta'limni muayyan pedagogik maqsadga safarbar qilish uchun o'qituvchi maktabda tarix o'qitishning maqsadini, uning zaminini tashkil qilgan ta'lim - tarbiya vazifalarini aniq belgilab olishi zarur. Sababi har bitta tarix rishtasining butun tarix stulding umumiy darslar tizimida tutgan o'rni bor. Bu darsda maktabda tarix o'qitish oldiga qo'yilgan umumiy vazifaning qandaydir unsuri yoki bo'lagi xal etiladi. Tarix o'qitishding samarodor bo'lishinida o'quvchilarning bilishlik faoliyatin aktivlashtirish zaruriy omillardan biridir. Ozbekiston tarixi fanining predmeti xalqimizning uzoq o'tmishdan shu kunlargacha bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy- manaviy taraqqiyoti jarayonidir. Ozbekiston tarixi fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqining bir necha ming yillik tarixiy va manaviy taraqqiyotini o'rganuvchi va o'rgatuvchi fandir. Markaziy Osiyoda, jumladan, Ozbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga munosib hissa qo'shib kelmoqdalar. Ozbek xalqi Markaziy Osiyodagi barcha xalqlar qatorida doimo erkinlik, hurlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu jihatdan u o'zining chuqur ildiz otgan ananalariga egadir. Ozbekiston tarixi fanining manbalari quyidagilardan iborat: Arxeologik yodgorliklar. Yozma yodgorliklar. Etnografik materiallar. Xalq og'zaki ijodi. Texnik vositalar. O'zbekistonning eng yangi tarixi to’g’risidagi bilimlar talabalarda mamlakatimizni mustaqillik davrida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar mohiyatini chuqur singdirish, mazkur jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari, sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularni ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ma'naviy-ma'rifiy tafakkurini yuksaltirish, ajdodlar an'analariga sadoqat, milliy o'zlikni anglash asosiy maqsad qilib belgilanadi. Fanning predmetini- O’zbekistonda mustaqillikdan keyingi davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda siyosiy sohalarda amalga oshirilgan islohotlar va ularning mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati tashkil etadi. Fanining ob’ekti esa aniq tarixiy davr, makon, zamon va minraqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog’liq bo’lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o’z ichiga oladi. Tarix fanini o'qitish uslubiyati masalalariga to'xtaydigan bo'lsak, Tarix o'qitish uslubiyoti ilmiy pedagogik fan bo'lib, u o'quvchilarga tarixdan puxta bilim berish, ularni xuquqiy demokratik mamlakat ko'rishlikda maktabda o'qitiladigan. Tarix kursining maqsadi, ta'lim -tarbiya vazifalari, mazmuni, usul va usullarini hamda tarix o'qitishning eng zarurli vositalarini belgilab beradi. Tarix o'qitish uslubiyatining asosiy fan sifatida o'rganishdan ko’zda tutilgan maqsad maktab kegusida o'qituvchi bo'lib chiqadigan o’quvchilarni maktabda tarix o'qitishning ilmiy tomonlari bilan qurollantirishdan iborat. Tarix o'qitish uslubiyati o'zining mustaqil tekshirish predmetiga ega. Maktabda tarix fanining o'qitilishi va o'qitish jarayonining o'rganilishi tarix o'qitish uslubiyatining predmetini tashkil etadi. 0'qitish jarayonining o'rganilishi tarix o'qitish uslubiyati fanini tashkil etadi. O'qitish jarayonining ob'ektiv sur'atda rioya etadigan o'zining qonuniyatlari bor. Ularni bilib olish va ta'lim tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga rioya qilish, ulardan oqilona foydalanish maktabda tarix o'qitishni ilmiy asosda olib borishning zarurli shartidir. Maktabda tarix kursining maqsadi, ta'lim -tarbiyalik vazifalarining muvaffaqqiyatli ro'yobga oshirilishi o'qitisning mazmuniga, uning g'oyaviy -siyosiy va nazariylik jihatdan pishiq bo'lishiga aloqador bo'lgani kabi, o'quvchilarning tarix kursini o'zlashtirish saviyasi hanuz navbatida o'qitishning ilmiy asosda, maqsadga yarasha tashkil qilinishiga, o'qituvchining o'rganadigan mavzuning maqsadi ta'lim -tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta'lim shakllari, o'qitish usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga yarasha foydalana bilishiga bog'liqdir. Tarix o'qitish uslubiyati o'qitish jarayonining tuzilmaviy bo'limlari o'rtasidagi qat'iy takrorlanadigan o'zaro aloqa va bog'lanishlarda ko'rinadigan bo'lg'usi qonuniyatlarni ochib beradi va tarix o'qitish jarayonini takomillashtirishda ulardan foydalanish yo’l-yo'riqlarini ham namoyish qiladi. Tarix o'qitish jarayoni 2 turda o'rganiladi. Birinchisi-nazorat qilish usulidir. Bu usuldan foydalanganda, har xildagi o'qish -uslubiy adabiyotlar, o'quvchilarning yozma ishlari, ma'ruzalari, ularning javoblari, yozilgan test javoblari, o'qitishga berilgan baho va chiqarilgan yakunlar bilan tanishib chiqiladi, darslar kuzatiladi, o'quvchilarning bilimi va malakalari o'rganiladi. Ikkinchisi-eksperiment usul. O'qituvchi o'qitish jarayonin o'zi xoxlaganicha uyushtiradi. Unga ba'zi o'zgarishlar kiritadi, samarasini tekshirib ko'radi. Ko'proq test savolnomasi, kompyuterda ishlash, reyting ballari bo'yicha xotimalar asosida o'quvchilar bilimi sinab ko'riladi. Xullas, o'qituvchi ijodiy yumush etadi va uning bu ishi ilmiy eksperimentga o'xshab ketadi. Biroq o'qituvchi etgan ijodiy izlanishlarding ilmiy eksperimentdan farqi avvalo shunda, o'qituvchi Darsda taqriziy vazifani xal etadi. Uning yakunlari bo'lsa o'z faoliyatning xotimasi bo'ladi. Tarix o'qitish uslubiyotining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Tarix o'qitish uslubiyoti tarix fanlari bilan uzviy bog'langandir. Tarix o'qitish o'quvchilarga tarixiy haqiqatlikni bildirishdan iboratdir. O'sha jihatdan o'quvchilarning tarixiy voqealiktı bilishlik yo'llari tarixiy izlanishga o'xshab ketadi. Tarix fani va tarix o'qitish uslubiyoti o'zining bo'lak o'rganish ob'ekti, vazifasi hamda izlanish usuliga ega. Tarix fani insoniyat jamiyatining rivoji jarayonini o'rganadi. Insoniyat jamiyatinig taraqqiyot qonunlarini bilish o'tmish va hozirgi zamonni yaxshilash fahmlab olishga, kelajakni avvaldan ko'rishga imkoniyat beradi. Tarix o'qitishda o'quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyati va umumiy ruhiy faoliyatini e'tiborga olmasdan turib, ularning o'qish faoliyatiga samarador ta'sir etib bo'lmaydi. Shuning sababidan uslubiyat psixologiya fani bilan chambarchas bog'langan. Tarix o'qitish uslubiyoti o'qitishda yaxshi natijalarga erishi, o'quvchilarning tarixiy materialini puxta o'zlashtirish bilan ruhiy faoliyati o'rtasidagi qonuniyatlarni bog'lanishlarni ham o'rganadi. O'quvchilarga ta'lim -tarbiya berishda ruxiyat (psixologiya ) faniga suyanadi, o'quvchilarning ruhiy faoliyatin o'rganishda psixologik tekshirish uslularidan foydalanish yo'llardan foydalanish yo'llarini ham yoritib beradi. Tarix o'qitish uslubiyoti o'rganadigan eng zarurli qonuniyatlardan biri o'qitish jarayonining rivojlanish qonuniyati dir. Bu rivojlanish ta'lim jarayonida o'quvchilarning qiziqishliki, bilimi, ko'nikma va malakalari hamda tafakkóming yuksalib borishinida ko'rinadigan bo'ladi, ayni bitta vaqtda o'quvchilarning atroflicha yanada yetilishishin ta'minlaydi. Tarix o'qitish uslubiyoti ham boshqa fanlar satri fan texnika va madaniyatningimiz rivoji, ilg'or o'qituvchilarning tajribalari asosida yuksalib va rivojlanishlashib brogan tomonga ta'lim jarayonining qonuniyatlari o'qitish va o'raginshni tashkil etishding yangi uslubiy usullari va vositalari haqida o'qituvchilarning bilimlarida teranlashib boradi, ularning pedagogic maxoratini egallashlari uchun yanada qulayroq sharoit yaratib beradi. Tarix darsiga qo'yiladigan zamonaviy taqozolar, darsturlari, unituzilishi, tarix bo'yicha sinfdan tashqari yumushlar, ularni tashkil etishding shakl va metodlari, tarix o'qitish samaradorligin oshirishlik kabi zarurli muammolar jaritiladi. O'zbeksdan tarixini o'rganish o'quvchilarni ajdodlarimizding ko'p mingyillik madaniy va ma'naviy meroslari, ularni jahon ilmiy o'ylashi va madaniyatningi rivojlanishiga qo'shgan katta hissasi bilan tanishtirish, madaniyatningimizning Benazir allomalari nomlarini hurmat bilan tilga olish, ular bilan maqtanishga, milliy iftixor ruhini singdirishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: Internet materiallari Www.arxiv.uz Www.ziyo.com. Download 19.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling