Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining


II bob. Moddiy qo‘llab-quvvatlashga da’vogarlarga


Download 146 Kb.
bet2/11
Sana04.02.2023
Hajmi146 Kb.
#1165090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ТТК Низоми ва мезонлари сунгиси 2021

II bob. Moddiy qo‘llab-quvvatlashga da’vogarlarga
qo‘yiladigan talablar.

2.1. Moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etilayotgan da’vogar talabaning oxirgi semestrdagi fanlar bo‘yicha o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatgichi o‘rganilayotgan davrda 71 foiz (4 baxo) va undan yuqori bo‘lishi lozim. Birinchi bosqich talabalari uchun moddiy qo‘llab-quvvatlanish ikkinchi semestrdan boshlab birinchi semestrdagi fanlarni umumiy o‘zlashtirish darajasiga asoslanib belgilanadi.


2.2 Institut miqyosida tuzilgan stipendiya komissiyalari da’vogar talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda da’vogar talabani quyidagi asosiy ko‘rsatgichlarini inobatga oladi:
- da’vogar talabaning sport musobaqalaridagi erishgan natijalari;
- da’vogar talabaning tashkilotchilik qobiliyati va ijtimoiy faolligi;
- da’vogar talabaning ilmiy va ijodiy faoliyatdagi erishgan yutuqlari;
- da’vogar talabaning Respublika miqyosidagi “Yoshlarga oid davlat siyosati”ni amalga oshirish yuzasidan o‘tkazilgan ijtimoiy-siyosiy tanlovlar, loyihalar, konferensiya va festivallardagi ishtiroki;
Da’vogar talabalarning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari Institutning Talabalar Kengashi tomonidan ishlab chiqiladi va Institut rektori tomonidan tasdiqlanadi.
2.3 Moddiy qo‘llab-quvvatlashga da’vogar ijtimoiy himoyaga muxtoj talabalar o‘z hujjatlarini fakultet stipendiya komissiyasiga taqdim etishadi. Ijtimoiy himoyaga muxtoj talabalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar stipendiya komissiyasi tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlashga da’vogar bo‘lgan boshqa talabalar hujjatlaridan alohida o‘rganib chiqilgan holda moddiy qo‘llab-quvvatlanishga tavsiya etiladi.
III bob. Moddiy qo‘llab-quvvatlanadigan da’vogar talabalarni saralash.
3.1. Har yili semestr yakuniga ko‘ra fakultet Talabalar Kengashi negizida – fakultet stipendiya komissiyasi, Institut Talabalar Kengashi negizida – Institut stipendiya komissiyasi tuziladi.
3.2. Institut rahbaryati tomonidan stipendiya komissiyalari tuzilganligi haqidagi ma’lumot e’lon qilingan kundan boshlab, da’vogar talabalar fakultet stipendiya komissiyasiga moddiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilishini so‘rab ariza bilan murojat qilishi hamda tegishli hujjatlar yig‘ma jildini komissiyaga topshirish huquqiga ega.
3.3. Fakultet stipendiya kommisiyasi 3 ish kuni davomida talabalardan arizalarni va tegishli hujjatlar yig‘ma jildini qabul qiladi va shu muddat ichida saralab (Nizom talablariga mos kelmagan holda talabgor arizasini rad etib) Institut stipendiya komissiyasiga taqdim etadi.
3.4. Institut stipendiya komissiyasi 3 ish kunida fakultet stipendiya komissiyalaridan kelgan hujjatlarni o‘rganib chiqqan holda moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etiladigan talabalar ro‘yxatini ishlab chiqadi va komissiya bayonnomasi bilan birgalikda Institut rektoriga taqdim etadi. Institut stipendiya komissiyasi fakultet stipendiya komissiyalaridan kelgan hujjatlarni o‘rganish jarayonida Nizom talablariga javob bermaydi deb baholangan talabgorlarning arizasini rad etish huquqiga ega.
3.5. Institut stipendiya komissiyasi moddiy qo‘llab-quvvatlashga talabgor talabalar haqida mustaqil ma’lumotlar yig‘ish va bu ma’lumotlarni talabgor arizasini ko‘rib chiqish jarayonida inobatga olish huquqiga ega.
3.6. Talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash Institut stipendiya komissiyasining yakuniy bayonnomasi va moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etiladigan talabalar ro‘yxati asosida Institut rektori tomonidan chiqarilgan buyruq asosida amalga oshiriladi.
3.7. Institut stipendiya komissiyasining moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etiladigan talabalar ro‘yxati Institutning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari, OAV larida e’lon qilingandan so‘ng talabgorlar ichidan moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etiladigan talabalar ro‘yxatidan va komissiya(lar) faoliyatidan norozilar shikoyat arizasi 1 ish kunida Institut stipendiya komisiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shikoyat xatining qanotlantirilishi yoki qanotlantirilmasligi shikoyatchi talabgor ishtrokida Institut stipendiya komissiyasi a’zolari tomonidan o‘sha ish kunining o‘zidayoq ko‘rib chiqiladi.
3.8. Jismoniy jihatdan nogironligi va chin yetimligi sababli davlat tomonidan moddiy ko’mak olmaydigan talabalarga moddiy qo’llab-quvvatlanish belgilananishi uchun Fakultet yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari tavsiyanoma berishi mumkin. Ushbu moddiy qo’llab-quvvatlanish Institut stipendiya komissiyasi tomonidan ko’rib chiqiladi va belgilanadi.

Download 146 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling