Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedogogika instituti


QORAQALPOQ XALQ QO'SHIQLARI


Download 149 Kb.
bet6/7
Sana23.03.2023
Hajmi149 Kb.
#1288317
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs jumisi Eldor TAZA 1111

2.3 QORAQALPOQ XALQ QO'SHIQLARI.
Qoraqalpoq folklorida qoʻshiqlar oʻz ichiga katta bir janrni qamrab oladi.
Qoʻshiqlar tematikasi boʻyicha har xil boʻlib, qoraqalpoq xalqining hayotida katta oʻrin tutgan.
Ular odam bolasining tugʻilgandan boshlab umrining oxirigacha hayoti va hissiyotlari bilan mustahkam bogʻlanib kelgan.
Folklordagi qoʻshiqlar bilan yozma adabiyotdagi qoʻshiqlarning oʻzaro aloqasi boʻlgani bilan ularni bir-biridan ajratib turadigan xususiyatlari bor.
Folklordagi qoʻshiqlarning asosiy xususiyatlari koʻpincha xalq ogʻzaki ijodida avloddan avlodga oʻtib kelgan, xalqning kun koʻrishi, urf-odat va dasturlari bilan uzviy bogʻliq ogʻzaki ijro sanaladi.
Baʼzi bir hollarda yozma kitobiy dostondagi ashulalar, xalq orasiga keng tarqalib, aholi oldida aytilib yurgan ijodkori maʼlum qoʻshiqlar ham xalq ogʻzaki qoʻshiqlariga aylanib ketishi mumkin.
Masalan: „Bozatov“, „Oqsungul“, „ Ayjamol“ kabi ashulalar shunga misol boʻla oladi. Shunday qilib umuman xalq qoʻshiqlari deganda ijodkori unutilib ketgan, muxabbatga, mehnatga aloqador ashulalarni, ayrim tarixiy voqeaga aloqador ashulalarni, pand-nasihat, termalarni, beshik kuyi, bolalar ashulalarini, hawjarni, bet ocharlarni, yoʻqlovlarni tushunamiz.
Xalq qoʻshiqlariga xalqning ogʻzaki va yozma ijodkori nomaʼlum dostonlardagi qoʻshiqlar yaxliti bilan kiradi. Masalan: „Alpomish“ yoki „G'arib oshiq“ va boshqa dostonlardagi ashulalar shular qatoriga kiradi.
Xalq qoʻshiqlari mazmuni va shakli, koʻrkamliligi va oddiyligi bilan ajralib turadi. Xalq qoʻshiqlarining oʻziga xos haqiyqatlikni tasvirlash usuli bor.
Masalan, bu ashuladan shuni aniqlaymiz:
Tong sahardan mol haydadim padaga,
Dasta-dasta gul tashladim dalaga
Aytib boring bizning yorga yangajon
Otin tashlab oʻzi kelsin shaharga
— bunday shakl xalq qoʻshiqlarida koʻplab uchrashadi, shunaqa tasvirlash usullar qoraqolpoqlarga xos.
Qoraqolpoq xalq qoʻshiqlarini yigʻish 30-yillardan boshlab qoʻlga olingan. 1940-yili O.Kojurov tarafidan nashrga tayyorlangan „Qoraqolpoq xalq tvorchestvosi“ nomli toʻplamida qoraqolpoq xalq qoʻshiqlarinan namunalar bosilib chiqdi.
1951-yili N.A.Baskakov I jildida Qoraqolpoq xalq qoʻshiqlarining koʻp namunalariga xalq orasidan 20-30-40-yillarda yigʻgan materiallarini kiritgan.
50-yillarning boshida qoraqolpoq xalq qoʻshiqlarini tadqiqotlash boʻyicha yangi davr boshlandi.
Bu uch tomnan iborat „Qoraqolpoq adabiyoti tarixining ocherklari“ nomli N.Dovqaraevning doktorlik dissertatsiyasi boʻldi. Bu ishning birinchi tomi butunligicha qoraqolpoq xalq ogʻzaki ijodiyotidan olingan edi.
N.Dovqaraevning bu mehnatining 1-2-tomlarining qisqacha varianti 1959-yili qoraqolpoq tilida Toshkentda bosildi.
N.Dovqaraev asarining toʻliq yigʻindili tomida 1977-yili qoraqolpoq xalq ogʻzaki ijodiyotiga bagʻishlangan ishi qoraqolpoq tilida bosilib chiqdi.
1959-yili Fanlar Akademiyasining tarkibida Qoraqolpogʻiston filialining tuzilishi, uning tarkibida tarix, til va adabiyot institutining tashkillashtirilishi, uning ichida qoraqolpoq folklori sektorining paydo boʻlishi 50-yilning oxiri 60-yilning boshinan boshlab qoraqolpoq folklorini yigʻish, nashr qilish, tadqiqotlash, folklor ilmi sohasida yuqori momonlikdagi mutaxassislarni tayyorlashda yangi davr ochib berdi.
Folklorning boshqa janrlar bilan bir qatorda xalq qoʻshiqlarini yigʻish masalasi qattiq qoʻlga olindi.
Q.Maqsetov boshchiligidagi Qoraqolpoq folklori sektorining xizmatkorlari Q.Mambetnazarov, N.Kamalov, M.Nizomatdinov, T.Niyatullaev, Oʻ.Erpoʻlatov, Aʼ.Tadjimuratov v.b. folklor namunalarini Qoraqolpog'iston tumanlarida va unnan boshqa yerlarda 1959-yildan boshlab yigʻishga kirishgan.
Folklor sektorining xizmatkorlariga shu vaqtning oʻzida mashhur mavzular ustida ish olib borish, kelajakda kandidatlik dissertatsiya qilib yoqlash topshirildi.
Qoʻshiqlar mavzusi ustida Aʼ.Tadjimuratov, N.Kamalov, M.Nizomatdinov urishdan keyingi davrdagi poeziyani, Oʻ.Erpoʻlatov urishdan oldingi poeziyani mavzu etib oldi.
Qoraqolpoq xalq qoʻshiqlarini Aʼ.Tadjimuratov dastur qoʻshiqlaridan boʻlib olib quyidagicha turlarga ajratadi:
Mehnat qoʻshiqlari
Muhabbat qoʻshiqlari
Din egalarin ochkoralovchi qoʻshiqlar
Bolalar qoʻshiqlari
Termalar
Toʻlgʻovlar
Tarixiy qoʻshiqlar Aʼ. Tadjimuratov dastur qoʻshiqlarini quyidagicha boʻladi: 1. Toʻy qoʻshiqlari — Toʻy boshlar — Aytislar — Bet ochar 2. Mung-sher qoʻshiqlar — Yoʻqlash — Singsuv — Hawjar 3. Aytimlar 4. Beshik yiri 5. Aytishlar Yuqoridagi turmush dastur qoʻshiqlarining boʻlinishida ham ayirim aniqsizliklar bor ekanini aytish lozim. Masalan aytislar qanday boʻlsa shunday oʻz oldiga bir janr. Hozirgi vaqtda aytisga javob aytis, shoirlar aytisi, chechanlik aytis kiritilgan.


XULOSA:
An’anaviy qoraqalpoq jamiyatida baxshi juda muhim mavqega ega. U avloddan avlodga o‘tib kelayotgan meros sohibidir.
Eng avvalo baxshi xotirani tashuvchidir. Ushbu xotira tarixiy va mifologik manbalardan olingan elementlardan iborat.
Shunday qilib bu xotira milliy o‘zlikni anglashga xizmat etadi. Buning ustiga baxshi mohir san’atkor bo‘lib, ushbu mahoratni o‘rgatgan ustozidan minnatdorligini umrbod ta’kidlab o‘tadi.
Umumiy nazariy ma'lumotlarga tayanadigan bo'lsak,
Qoraqalpoq milliy musiqachilik madaniyati butun mintaqadagi musiqiy markaz va madaniy o'choqlardan farq qilmagan holdabirgalikda, bir butunlikda o'ziga xos tarzda yanada, shakillanib bormoqda
Umumiy qilib aytganda mamlakatimiz hududidagi barcha musiqiy maktablari tom ma'noda o'zining uslubi, nazariyasi, musiqiymadaniyati tizimi bilan ajralib turadi.
Shuni etirof etish kerakki azal-azaldan o'zining terang tarixiy boy ildizlariga ega bo'lgan.
Qoraqalpoq xalqining turli sohalar qatorida milliy mintalitetda tutgan o'rni nafaqat urf-odatlar bilan, balkiy musiqiy madaniyati bilan ham ajralib turishi yuksak ahamiyat kasb etgan.
I - BOB va II - BOB larda asosiy qismi berilgan mavzularida barcha taklif va muloxozalar mujasam bo'lib ommavi janrlar takidlab o'tilgan.
Qoraqalpoq milliy musiqasining ommaviy janlari va jirovchilik san'ati,va boshqa janrlarini kelajak yosh avlodlari o'rganib foydalanishida muhim o'rin tutadi.

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling